KO„KRAK LIMFA YO‟LI K o‘ k r a k l i m f a y o‘ l i
(ductus thoracicus 203) odam gavdasidagi
limfaning taxminan 3–4 qismini yig‗ib, venaga uzatadi.
Ko‘rak limfa yo‘li I–II bel va XII Ko‗krak umurtqalari ro‘parasida o‘ng va chap
oyoqdan, beldan (truncus lumbalis dexter et truncus lumbalis sinister) hosil bo‘lgan
tomirlarning ichak limfa yo‘li (truncus intestinales)bilan qo‘shilishidan hosil bo‘lgan
limfa xaltacha (cisterna chyli)dan boshlanadi.
Ko‗krak limfa yo‘li, qo‘ltiq osti, bel va Yonbosh sohalaridagi limfa tomirlari va tugunlari.
1 – V.jugularis interna; 2 – Trachea; 3 – Truncus jugularis; 4 – O‘ng tomondagi vena burchagi
(venalarning qo‘shilgan joyi); 5 – Truncus subclavius; 6 – A.subclavia; 7 – V.subclavia dextra; 8 –
V.cephalica; 9 – A.axillaris; 10 – A.brachialis; 11 – V.brachicephalica dextra; 12 – V.cava superior;
13 – V.azygos; 14 – Ductus thoracicus; 15 – Nodi lympatici intercostales; 16 – Cisterna chyli; 17 –
Truncus lumbalis dexter; 18 – V.cava inferior; 19 – Nodi lymphatici lumbales; 20 – Nodi
lymphatici iliaci interni; 21 – Nodi lyphatici sacrales; 22 – A.iliaca externa; 23 – V.iliaca externa;
24 – A.iliaca interna; 25 – Rectum; 26 – Nodi lumphatici iliaci externi; 27 – Aorta; 28 – Truncus
lymbalis sinister; 29 – Truncus intestinalis; 30 – Diaphragma; 31 – M.subcostalis; 32 –
M.intercostalis internus; 33 – V.hemizygos; 34 – V.hemiazygos accessoria; 35 – Vv.intercostales
posteriores; 36 – Nodi lyphatici axillares; 37 – V.axillaris; 38 – V.brachiocephalica sinistra; 39 –
V.subclavia; 40 – Truncus subclavius; 41 – Chap tomondagi vena burchagi (venalarning qo‘shilgan
joyi); 42 – Ductus thoracicus; 43 – Truncus jugularis; 44 – Glandula thyroidea.
Ko‗krak limfa yo‘lining uzunligi o‘rtacha 35–45 sm bo‘lib, Ko‗krak qafasida
umurtqa pog‗onasi bilan qizilo‘ngach oralig‗ida aortadan o‘ng tomonda Yuqoriga
ko‘tariladi. Limfa yo‘li aorta yoyining ro‘parasiga kelganda chap tomonga qarab
buriladi va VII bo‘yin umurtqasining oldiga kelganda bir oz kengayib, so‘ngra chap
o‗mrov osti venasi bilan chap bo‘yinturuq venasining tutashgan yeriga quyiladi.
Ko‘rkak limfa yo‘li tananing bosh va bo‘yinning chap yarmi bilan chap qo‘ldan,
qorin va Chanoq bo‘shliqlari, oyoqlardan limfani yig‗adi. Ko‗krak limfa yo‘li devori
ham uch qavatdan: ichki (tunica intima) va o‘rta muskul qavati (tunica media) hamda
tashqi qavat (tunica externa) dan iborat. Ko‗krak limfa yo‘lining boshidan oxirigacha
o‘rtacha 7–9 ta klapan uchraydi.
O‘ng limfa yo‘li – ductus lymphaticus dexter bosh va bo‘yinning o‘ng yarmi,
Ko‗krak qafasining o‘ng yarmi bilan o‘ng qo‘l limfa tomirlarining yig‗ilishidan hosil
bo‘ladi. Bu yo‘lning uzunligi 10–12 sm bo‘lib, o‘ng bo‘yinturuq venasiga yoki o‘ng
bo‘yinturuq venasining o‘ng o‗mrov osti venasiga qo‘shilish joyiga quyiladi. O‘ng va
478
chap bo‘yinturuq limfa poyasi (truncus jugularis dexter et sinister) o‘ng va chap
tomondan chuqur joylashgan bo‘yinturuq limfa tugunlaridan chiqqan limfa tomirlari
yig‗indisidan paydo bo‘lgan. O‘ng bo‘yinturuq limfa yo‘li bo‘yinturuq venasining
o‘ng o‗mrov osti venasi quyilgan joyga mustaqil quyilib, o‘ng limfa yo‘lini hosil
qilishda qatnashadi.
Chap bo‘yinturuq limfa poyasi ko‘pincha Ko‗krak limfa yo‘lining bo‘yin
qismiga, ba‘zan chap bo‘yinturuq venasining chap o‗mrov osti venasiga qo‘shilish
joyiga quyiladi.
Bo‘yin va ko‘ks oralig‗i limfa tugunlari.
1 – V.jugularis interna; 2 – Nodi lymphatici cervicales profundi; 3 – Nodi lymphatici
tracheales; 4 – Trachea; 5 – A.subclavia; 6 – Ductus lymphaticus dexter (ductus thoracicus dexter);
7 – Nodi lymphatici mediastenales anteriores; 8 – Bronchus principalis dexter; 9 – V.cava superior;
10 – V.cava inferior; 11 – Diaphragma; 12 – Nodi lymphatici phrenici; 13 – Esophagus; 14 – Aorta
thoracica; 15 – Nodi lymphatici mediastenalis posteriores; 16 – Nodi lymphatici pulmonales; 17 –
Nodi lymphatici bronchopulmonales; 18 – Bronchus principalis sinister; 19 – Nodi lymphatici
trancheobroncheales; 20 – Arcus aortae; 21 – Nodi lymphatici axillares; 22 – V.subclavia; 23 –
Ductus thortacicus; 24 – A.carotis communis; 25 – Nodi lymphatici trancheles.
O‘ng va chap o‗mrov osti limfa poyasi (truncus subclavius dexter et sinister)
qo‘ltiq osti limfa tugunlaridan boshlangan limfa tomirlari yig‗indisidan paydo
bo‘ladi, o‘ng tomondagi limfa poyasi o‘ng bo‘yinturuq venasining o‘ng o‗mrov osti
venasiga qo‘shilgan joyiga quyiladi yoki o‘ng bo‘yinturuq limfa yo‘li bilan qo‘shilib,
o‘ng limfa yo‘lini hosil qilishda qatnashadi.
479
Chap tomondagi o‗mrov osti limfa poyasi ko‘pincha chap tomondagi
bo‘yinturuq venasining o‗mrov osti venasiga qo‘shilish joyiga yoki Ko‗krak limfa
yo‘lining oxirgi qismiga quyiladi.