Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Qorinning to‟g„ri muskuli 
(m. rectus abdominis) qorin devorining old qismida 
joylashgan. Pastki, V, XI va VII qovurg‗alarning tog‗ay qismi ichki Yuzasidan va 
to‘sh suyagining xanjarsimon o‘sig‗idan boshlanib, qov suyagining simfizi va 
tuberculum pubicum ga kelib yopishadi. Muskul tolalarining uch-to‘rt yerida pay 
belbog‗lari (intersectiones tendineae) uchraydi. Pay belbog‗lari muskul tolalarining 
mustahkam bo‘lishini ta‘minlaydi. 
I n n e r v a t s i y a s i: nn. intercostales (ThVII–XII), n. iliohypogastricus 
(ThXII–L)dan. 
Q o n t o m i r l a r i: aa. epigastricae superior et inferior, a. intercostales 
posteriores. 
Piramidasimon muskul 
(m. pyramidalis) uchburchak shaklli kichik hajmdagi 
muskul; qov birlashmasidan boshlanib, qorinning oq chizig‗iga yopishadi. 


282 
1
-lamina profunda fasciae pectoralis; 2-m. deltoideus; 3-m. pectoralis major; 4-
m. serratus anterior; 5-mm. intercostales interni; 6-m. rectus abdominis; 7-inter-
sections tendineae; 8-m. transversus abdominis; 9-m. obliquus internus abdominis; 
10-m. pyramidalis; 11-lig. inguinale; 12-aponeurosis m.obliqui interni abdominis; 13-
m. obliquus internus abdominis; 14-linea alba (abdominis); 15-m.biceps brachii; 16-
m. pectoralis minor; 17-m. pectoralis minor. 
Belning kvadratsimon muskuli 
(m. quadratus lumborum) qorin bo‘shlig‗ining 
orqa sohasida joylashgan bo‘lib, Yonbosh suyagi qirrasi (lig. iliolumbale) dan, pastki 
bel umurtqasining ko‘ndalang o‘sig‗idan boshlanadi va I–IV bel umurtqalarining 
ko‘ndalang o‘siqlariga, XII qovurg‗aga yopishadi.
 
Qorin devori fassiyalari. 
Odam organizmining boshqa sohalari singari Yuza, 
xususiy va chuqur joylashgan fassiyalar tafovut qilinadi. Yuza yoki teri osti fassiyasi 
teri osti yog‗ qavatida joylashgan. Qorin devorining xususiy fassiyasi (fascia propria) 
uch varaqdan iborat bo‘lib, qorinning tashqi qiyshiq muskuli, ichki qiyshiq muskuli 
va ko‘ndalang muskulini tashqi tomondan o‘rab turadi. Ichki tomondan fassiya bilan 
o‘ralgan (fascia endoabdominalis) sohaga qarab qorin devori turlicha ataladi. 
Jumladan diafragmani o‘rab turgan qorin fassiyasi (fascia diaphragmatica) diafragma 
fassiyasi, qorinning ko‘ndalang muskulini o‘ragan qismi qorinning ko‘ndalang 
fassiyasi (fascia transversalis), Yonbosh muskulini o‘ragan qismi Yonbosh fassiyasi 
deb ataladi. 
Q o r i n m u s k u l l a r i n i n g f u n k s i y a s i. Qorin muskullari qisqarganda 
qorin bo‘shlig‗i torayib, bosimi oshadi, bu hol ayollarda tug‗ish, defekatsiya (hojat) 
va qusish jaraYonlarini osonlashtiradi, ya‘ni kuchanish Yuzaga keladi. Bundan 
tashqari, qorin muskullari bir tomonlama qisqarganda gavda oldinga buqiladi, 
qovurg‗alarni pastga tortib, Ko‗krak qafasini toraytiradi, nafas chiqarishga 
yordamlashadi. Oyoqlar bo‘sh turganda ularni tepaga ko‘taradi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin