Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг


Yonbosh-qovurg„a muskulining bo‟yin qismi



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

Yonbosh-qovurg„a muskulining bo‟yin qismi 
(m. iliocostalis cervicis) III, IV 
va VI qovurg‗alarning medial qismidan (Yonbosh qovurg‗a muskulining Ko‗krak 
qismi yopishgan joyidan ichkariroqda) boshlanib, IV–VI bo‘yin umurtqalarining 
ko‘ndalang o‘siqlari orqa do‘mbog‗iga yopishadi.
Uzun muskul 
(m. longissimus) medial holatda joylashgan bo‘lib, Ko‗krak, 
bo‘yin va bosh qismlariga bo‘linadi. 
Uzun muskulning Ko„krak qismi
(m. 
longissimus thoracis) dumg‗aza suyagining orqa Yuzasidan, bel umurtqalari va pastki 
Ko‗krak umurtqalari ko‘ndalang o‘siqlaridan boshlanib, pastki 9 ta qovurg‗a 
burchagidan ichki qismlariga, Ko‗krak umurtqalarining ko‘ndalang o‘siq uchlariga 
yopishadi.
Uzun muskulning bo‟yin qismi 
(m. longissimus cervicis) I–V Ko‗krak 
umurtqalarining ko‘ndalang o‘siqlari uchidan boshlanib, II–VI bo‘yin umurtqasining 
ko‘ndalang o‘siqlari orqa do‘mboqlariga yopishadi.
Uzun muskulning bosh qismi 
(m. longissimus capitis) I–III Ko‗krak va III–VII 
bo‘yin 
umurtqalarining 
ko‘ndalang 
o‘siqlaridan 
boshlanib, 
to‘sh-o‗mrov-
so‘rg‗ichsimon va boshning tasma
muskullari ostidan ko‘tarilib, so‘rg‗ichsimon o‘siqning orqa Yuzasiga yopishadi. 
Qirrali muskul 
(m. spinalis) Ko‗krak va bo‘yin umurtqalarining qirrali o‘siqlari 
ustida medial holatda joylashgan, uning Ko‗krak, bo‘yin va bosh qismlari tafovut 
etiladi. 
Qirrali muskulning Ko„krak qismi 
(m. spinalis thoracis) I–II bel umurtqalari 
va XI–XII Ko‗krak umurtqalarining o‘tkir qirrali o‘siqlaridan boshlanib, I–VIII 
Ko‗krak umurtqalari o‘siqlariga yopishadi. 
Qirrali muskulning bo‟yin qismi 
(m. spinalis cervicis) I–II Ko‗krak va VII 
bo‘yin umurtqalarining o‘tkir qirrali o‘siqlaridan va lig.nuchae ning pastki qismidan 
boshlanib, III–IV bo‘yin umurtqalari o‘siqlariga yopishadi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin