Тошкент тиббиёт академияси ҳузуридаги педагог кадрларни қайта тайёрлаш ва уларнинг



Yüklə 5,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə188/285
tarix24.12.2023
ölçüsü5,52 Mb.
#191523
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   285
ANATOMIYA-MAJMUA

AMALIY MASHG„ULOT №21 
Qorin bo„shlig„idagi a‟zolarning umumiy ko„rinishi. Me‟da. Ingichka va Yug„on 
ichak. 
Me‘da: tuzilishi, topografiyasi, vazifasi va boylamlari. Devori: seroz, muskul 
(bo‗ylama va aylanma), shilliq osti va shilliq qavtlari. Yoshga qarab o‗zgarishi. 
Ingichka ichak. O‗n ikki barmoqli, och va Yonbosh ichak qismlari . Yo‗g‗on ichakni 
faoliyati, farqli belgilari: lentalar, gaustralar, yog‗ o‗simtalari. Qismlari: ko‗r ichak 
(chuvalchaksimon o‗simta), chambar ichak (ko‗tariluvchi, ko‗ndalang, tushuvchi va 
sigmasimon), to‗g‗ri ichak. Yonbosh ichak bilan ko‗r ichak o‗rtasidagi Baugin 
qopqog‗i. Ichak devorining tuzilish hususiyatlari. 
Me‟da 
(ventriculus, gaster) hazm kanalining eng kengaygan qismi bo‘lib, qorin 
bo‘shlig‗ining Yuqori sohasida joylashgan. Uning ko‘p qismi chap tomondagi 
qovurg‗a osti sohasida, oz qismi esa qorin bo‘shlig‗i tepa bo‘lagining o‘rta qismida 
joylashgan. 
Me‘daning shakli nokka yoki laboratoriyadagi retorta (idish)ga o‘xshaydi. O‘rta 
Yoshdagi odamlarda hajmi taxminan 1–3 litr (ba‘zida undan ko‘proq) bo‘ladi. 
Me‘daning old – paries anterior va orqa devorlari – paries posterior, Yuqorida kichik 
curvatura ventriculi minor, pastda katta egriliklar – curvatura ventriculi major ni 
hosil qiladi. 


355 
Me‘daning kirish va chiqish qismlari tafovut qilinadi. Uning kirish – kardiya 
(pars cardiaca) qismidagi teshik – ostrum cardiacum (cardia – Yurak) XI Ko‗krak 
umurtqasi qarshisida bo‘lib, Yurakka yaqin joylashgan. Me‘daning chiqish (pars 
pylorica) qismi I bel umurtqasining ro‘parasida, o‘ng tomonda o‘n ikki barmoq 
iChakka qo‘shilib ketadi. Me‘daning chiqish qismi ikkiga ajralgan: kengaygan qismi 
(antrium pyloricum) g‗orcha deyilsa, uning teshigi (ostrum pyloricum), torayib 
davom etgan joyi kanal – canalis pyloricus bo‘lagi deyiladi.
Ovqat bilan o‘rtacha to‘lgan me‘da Yuqoridan jigar chap bo‘lagining pastki 
Yuzasiga va diafragmaning chap gumbaziga, pastki tomondan ko‘ndalang chambar 
ichak va uning tutqichiga tegib turadi. Me‘daning oldingi devori qorinning oldingi 
devoriga, orqa devori me‘da osti bezi, chap buyrak va uning ustki beziga hamda 
taloqqa tegib turadi. Me‘da atrofdan qorin parda bilan o‘ralgan. 
Me‘da devori quyidagi 3 pardadan iborat:
1) tunica mucosa – shilliq parda bo‘lib, uning shilliq osti qavati – tela 
submucosa juda yaxshi rivojlangan; 
2) tunica muscularis – muskul parda;
3) tunica serosa – seroz parda. 
Tunica mucosa ning asosiy vazifasi ovqatni kislotali muhitda parchalashga 
moslashgan bo‘lib, bir qavatli prizmatik shilliq ishlab chiqaruvchi epiteliy bilan 
qoplangan. Shilliq pardada juda ko‘p katta-kichik burmalar – plicae gastricae 
mavjud, ularning yo‘nalishi va miqdori katta amaliy ahamiyatga ega. Ushbu 
burmalardan ikkitasi kichik egrilikka parallel holda joylashib, turli tomonga 
yo‘nalgan bo‘ladi, qolgan burmalar me‘daning qolgan qismlarida o‘ziga xos shaklni 
tashkil qiladi. Odatda, me‘dada uzoq saqlanmaydigan moddalar (suv, choy, mineral 
suv) mana shu kichik egrilik bo‘ylab joylashgan burmalardan to‘g‗ridan-to‘g‗ri o‘n 
ikki barmoq iChakka o‘tadi (―me‘da yo‘li‖). Shilliq pardada burmalardan tashqari 
me‘da maydonchalari – areae gastricae mavjud. Tepachalar orasida me‘da 
chuqurchalari – foveolae gastricae bo‘lib, ularga me‘da bezlari ochiladi. 

Yüklə 5,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin