204
Kurak suyagi (scapula). Orqa Yuzasi.1 – angulus inferior; 2 – margo lateralis; 3 –
fossa infraspinata; 4 – angulus lateralis; 5 – acromion; 6 – processus coracoideus; 7 –
incisura scapulae; 8 – margo superior; 9 – spina scapulae; 10 – fossa supraspinata; 11
– angulus superior; 12 – margo medialis
scapulae) ko‘rinib turadi. Kurak suyagining uchchala chekkasi o‘zaro uchta burchak
hosil qilib qo‘shiladi: shulardan biri pastga qaragan burchak (angulus inferior),
ikkinchisi Yuqori tomondagi burchak (angulus superior) va uchinchisi lateral burchak
(angulus lateralis).
Lateral burchak yo‘g‗onroq bo‘lib, undagi chuqurroq Bo‗g‗im Yuzasi (cavitas
glenoidalis) orqali yelka suyagi bilan Bo‗g‗im hosil qilib birlashadi. Bo‗g‗im
Yuzasining tepasidagi do‘mboq – tuberculum supraglenoidale, pastidagi do‘mboq –
tuberculum infraglenoidale ko‘rinib turadi. Bo‗g‗im Yuzasi orqa tomonga ingichka
bo‘yin (collum scapulae) orqali tanaga o‘tadi.
Kurak suyagining Bo‗g‗im Yuzasi ustida tumshuqsimon o‘siq (processus
coracoideus) bo‘rtib turadi. Kurakning oldingi, qovurg‗alarga qaragan Yuzasi (facies
costalis) botiqroq bo‘lib, kurak osti chuquri (fossa subscapularis)ni hosil qiladi, ana
shu Yuzadagi bir necha g‗adir-budur chiziqdan kurak osti muskuli boshlanadi.
Kurakning orqa Yuzasi baland qirra (spina scapulae) bilan ikkita teng bo‘lmagan
qismga bo‘lingan bo‘ladi.
Qirraning tepasidagi qirra usti chuqurchasi fossa supraspinata, pastki chuqurcha fossa
infraspinata deyiladi. Bu chuqurchalarga shu nomdagi muskullar yopishib turadi.
Kurakning baland qirrasi lateral tomonga davom etib, baquvvat yelka o‘sig‗i –
akromion (acromion) bo‘lib tugaydi. Ana shu o‘siq uchidagi Bo‗g‗im Yuzasi faeies
articularis acromialis orqali o‗mrov bilan Bo‗g‗im hosil qilib qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: