268
Tizza Bo‗g‗imi g‗altaksimon Bo‗g‗imlarga kiradi. Unda bukilish va yozilish
(frontal o‘q atrofida) hamda ichkari va tashqariga buralish (tikka o‘q atrofida)
harakatlari sodir bo‘ladi. Lekin bu so‘nggi harakat ancha chegaralangan. Bo‗g‗im
ichidagi kesishma boylamlar va menisklar shunday joylashganki, ular Bo‗g‗imning
bukilishiga mutlaqo xalaqit bermaydi. Tizza Bo‗g‗imi yozilganda menisklar son
suyagi ostida ezilib, prujina holiga keladi, kesishgan boylamlar tarang tortiladi-da,
tizza Bo‗g‗imining yozilishini chegaralab qo‘yadi. Bo‗g‗imning ana shunday
taranglashgan holatida boldir bilan son suyagi bir butun to‘g‗ri oyoqni hosil qiladi va
uzoq vaqt shunday qola oladi.
Dostları ilə paylaş: