Umurtqalarning ko‟ndalang o‟siqlaridan boshlangan tanani aylantiruvchi
muskul
(mm. rotatores) bitta umurtqa tepaga ko‘tarilib, uning o‘tkir o‘sig‗iga
yopishadi.
F u n k s i y a s i. Muskullar qisqarganda tana o‘z o‘qi atrofida aylanadi.
I n n e r v a t s i y a s i. CIII–SI nervlarning orqa tolalaridan.
Q o n t o m i r l a r i: aa. lumbales, aa. intercostales posteriores, a. cervicalis
profunda.
I–II bo‘yin umurtqalari bilan ensa suyagi orasida kalta muskullar chuqur
joylashgan.
Boshning orqa katta to‟g„ri muskuli
(m. rectus capitis posterior major) II
bo‘yin umurtqasining qirralari o‘sig‗idan boshlanib, ensa suyagining pastki g‗adir-
budur chizig‗iga yopishadi.
Boshning orqa kichik to‟g„ri muskuli
(m. rectus capitis posterior minor) I
bo‘yin umurtqasining o‘sig‗idan boshlanib, ensa suyagining pastki g‗adir-budur
chizig‗iga yopishadi.
Boshning Yuqori qiyshiq muskuli
(m. obliquus capitis superior) II bo‘yin
umurtqasining o‘tkir qirrasidan boshlanadi va I bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang
o‘sig‗iga yopishadi. Boshning pastki qiyshiq muskuli (m. obliquus capitis inferior) II
294
bo‘yin umurtqasining qirrali o‘sig‗idan boshlanib, atlantning ko‘ndalang o‘sig‗iga
yopishadi.
F u n k s i y a s i. Muskullar ikki tomondan qisqarganda kalla orqaga tortiladi.
Bir tomonlama qisqarganda kallani o‘sha tomonga bukadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. suboccipitalis (C1)dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. cervicalis profunda.
Qirralararo muskul
(m. interspinalis). Bo‘yin va bel sohasida ikkita Yonma-
Yon joylashgan umurtqalarning qirrali o‘siqlari orasida joylashgan.
F u n k s i y a s i. Gavdani tik saqlashda va orqaga bukishda qatnashadi.
Orqa
fassiyasi.
Orqada
Yuza
va
Ko‗krak-bel fassiyalari (fascia
thoracolumbalis) tafovut etiladi. Teri ostida joylashgan orqaning Yuza fassiyalari
trapetsiyasimon va orqaning serbar muskullarini ustidan o‘raydi. Ko‗krak-bel
fassiyasi xiyla qalin bo‘lib, ikki varaqqa bo‘linadi. Yuza varag‗i umurtqa pog‗onasini
tiklovchi muskulning ustki tomonidan o‘tib, bel umurtqalarining o‘tkir qirrali
o‘siqlariga, Yonbosh suyagi qirrasining oraliq qirrasiga yopishadi. Chuqur varag‗i esa
shu muskulni ostki tomonidan o‘rab orqaning chuqur muskuliga qin hosil qiladi va
umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqlariga, bel, qovurg‗a boylamiga, XII qovurg‗a hamda
Yonbosh suyagining qirrasiga yopishadi.
Fassiyaning chuqur va Yuza varaqlari muskullar tashqi chetida o‘zaro qo‘shilib,
bitta fassiyani hosil qiladi.
Ko‗krak-bel fassiyasi Yupqalashib Yuqoriga – Ko‗krak qafasiga o‘tib ketadi.
|