435
qismida aa. lumbales dan tarmoqlar oladi. Bu tarmoqlar umurtqa arteriyasining
hamma tarmoqlari bilan tutashadi. Natijada orqa miyada tarqalgan arteriya tomirlari
anastomozlari o‗mrov osti arteriyasini aorta descendens bilan qo‘shadi.
e) M i y a ch a n i n g o r q a d a g i p a s t k i a r t e r i y a s i (a. cerebelli inferior
posterior) umurtqa arteriyasining eng yirik tarmog‗i bo‘lib, miya ko‘prigi oldidan
chiqadi, uzunchoq miyani aylanib o‘tadi va miyacha pastki Yuzasining orqa bo‘limini
qon bilan ta‘minlaydi.
f) A s o s i y a r t e r i y a (a. basilaris) o‘ng va chap tomondagi umurtqa
arteriyalarining nishab (clivus)da o‘zaro birlashuvidan paydo bo‘ladi. Bu arteriya
miya ko‘prigining old chegarasida bosh miyaning ikkita orqa arteriyasi (aa. cerebri
posteriores) ga ajraladi. Ana shu ikkala arteriya orqa tomonga yo‘nalib, miyacha
oyoqchasini pastki va tashqi tomondan aylanib o‘tadi, bosh miya yarim sharlarining
ensa, Chakka bo‘laklariga tarqalib, uchinchi va Yonbosh qorinchadagi qon tomir
chigallariga mayda tolalar beradi.
Aa. cerebri posteriores a. carotis interna ning tarmoqlari aa. communicantes
posterior bilan anastomozlashib, Villizi arteriya halqasini hosil qilishda qatnashadi.
A.basilaris bosh miya orqa arteriyasidan tashqari quyidagi tarmoqlarni ham beradi:
a) miyachaning oldingi pastki arteriyasi (a. cerebelli inferior anterior) miyachaga
tarmoqlar beradi;
b) labirint (ichki quloq) arteriyasi (a. labyrinthi) bir juft bo‘lib, ichki quloqqa
borib tarqaladi;
d) miya ko‘prigida tarqaladigan mayda tolalar;
e) miyachaning ustki arteriyasi (a. cerebelli superior) asosiy arteriyaning oxirgi
tarmog‗i, miyachaning Yuqori Yuzasida tarqaladi. A. vertebralis bo‘yin sohasida
umumiy uyqu arteriyasi bilan parallel ravishda yo‘nalib, kalla bo‘shlig‗ida o‘ng va
chap arteriya qo‘shilib a. basilaris ga aylanadi va aa. spinales anteriores bilan yagona
arteriya halqasini hosil qiladi. Bu arteriya halqasi bo‘yin va kallaning qo‘shimcha
(kollateral) arterial yo‘li bo‘lib, tibbiyotda katta ahamiyatga ega.
II.
Dostları ilə paylaş: