elektron hisoblash mashinalariga nisbatan katta afzallikka ega. Nerv sistemasi va sezgi aʼzolarini oʻrganish “oʻylovchi” mashinalar, yorugʻlik, harorat va elektr maydonini sezuvchi ixcham va oʻta sezgir datchiklar hamda harakatdagi jismni kuzatib boradigan asboblar yaratishda katta ahamiyatga ega. Hid bilish aʼzosini oʻrganish esa havodagi yoki suvdagi
hidli moddalarning eng kam miqdorini bilishga imkon beradigan qurilmalarni yaratishga yordam beradi. Hayvonlarda uchraydigan infrakizil nurlar, ultratovush va haroratni sezuvchi reseptorlar asosida matn va sxemalarni oʻqiydigan va taniydigan, osselogrammalar va rentgenogrammalarni tahlil eta oladigan kurilmalar ishlab chikilgan. Kushlar, baliklar va boshqa hayvonlarning navigatsiya qobiliyatini oʻrganish navigatsiyada foydalaniladigan uskunalarni takomillashtirishga imkon beradi. Hayvonlarning morfologik tuzilishini oʻrganish esa texnik konstruksiyalarni barpo etishda yangi gʻoyalar manbai hisoblanadi. Suvda tez suzadigan hayvonlarning terisini oʻrganish tez suzar kemalar, suyaklarning tuzilishini oʻrganishdan olingan maʼlumotlar yengil va mustahkam konstruksiyalar yaratishga imkon berdi. Modellashtirish uchun radioelektron, elektrolitik, pnevmatik va boshqa fizik-kimyoviy asoslar ishlab chiqilgan. Bionik modellashtirish boshqa fanlarda olib boriladigan modellashtirishdan farq qiladi. Qoidaga ko’ra, bionik modellar qiyoslab bo’lmaydigan darajada murakkabroq dinamik tuzilmalardir. Ularni yaratish nafaqat tirik organizm bo’yicha maxsus aniqlovchi tadqiqotlarni, balki bunday murakkab modellarni amalga oshirish va o’rganish uchun maxsus usullar va vositalarni ishlab chiqishni