Toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizik


Filtr menyusining  Vichitanie buyrug‘i



Yüklə 104,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix22.12.2023
ölçüsü104,8 Kb.
#190406
1   2   3   4
MT№3NabiyevX dav1

Filtr
menyusining 
Vichitanie buyrug‘i
yordamida 
ajratish bajariladi. 
XULOSA 
Respublikamiz maktablari, o‘quv yurtlari va muassasalarini kompyuterlashtirish 
keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Biroq davlat tilida yozilgan va informatika asoslariga doir 
adabiyotlar yetarli emas. Kam nusxadagi ayrim qo‘llanmalarni hisobga olmaganda, 
bu sohaga oid kitoblar deyarli yo‘q. Bu muammo, tabiiy, mavjud kompyuterlardan 
samarali foydalanishda, informatikaga va kompyuter grafikasiga oid bilimlarni keng 
omma orasida yoyishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Ayni paytda shuni tan olish 
lozimki, programmalashtirishga oid universal – maktab o‘quvchisidan 
aspirantgacha, muhandisdan hisobchigacha ma’qul bo‘ladigan kitob yaratish 
mushkul. Shuni nazarda tutib, kompyuter grafikasi bilan ish boshlovchilar uchun 
yetarli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ushbu o‘quv qo‘llanma yuqorida aytilgan 
ehtiyojni ma’lum darajada qondiradi. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, kompyuter 
grafikasi bilan ishlashni o‘rganishni boshlagan foydalanuvchilar ShEHM 
qurilmalarining tuzilishi bilan tanishmasdan turib o‘z bilimlarini mustaqil 
chuqurlashtira olmaydilar. Kompyuter grafikasi geometrik jismlar, shakl va 
tamoyillarning matematik modellari hamda ularni namoyish etish usullari 
to‘g‘risidagi fan sifatida qaralishi mumkin. Kompyuter tasvirlariga bo‘lgan qiziqish 
ularda juda katta hajmdagi ma’lumotlar saqlanishi bilan izohlanadi: tasvirlarni 
yaqqol namoyish etish imkoniyati mavjud bo‘lib, ularni tahlil etish uchun axborot 
texnologiyalari sohasida maxsus bilimlar talab qilinmaydi. Kompyuter grafikasi 
mustaqil yo‘nalish sifatida XX asrning 60-yillarida paydo bo‘ldi va maxsus amaliy 
dasturlar paketi ishlab chiqildi. O‘sha paytda kesmalar yordamida chizish, ko‘rinmas 


13
chiziqlarni o‘chirish, murakkab sirtlarni akslantirish usullari, soyalarni 
shakllantirish, yoritilganlikni hisobga olish tamoyillari ishlab chiqilgan edi. Bu 
yo‘nalishdagi ilk ishlar vektorli grafikani rivojlantirishga, ya’ni chiziqlarni kesmalar 
orqali chizishga yo‘naltirilgan edi. 70-yillardan boshlab nazariy va amaliy ishlarning 
aksariyati fazoviy shakl va obyektlarni o‘rganishga qaratildi. Bu yo‘nalish uch 
o‘lchovli grafika (3D) nomi bilan ataladi. Uch o‘lchovli tasvirlarni modellashtirish 
fazoning va jismlarinnig uch o‘lchovliligini, kuzatuvchi va yoritish manbalarining 
joylashishini hisobga olishni talab etadi. Murakkab sirtlarni akslantirish, relyeflar va 
ularning yoritilganligini modellashtirish bilan bog‘liq masalalarning paydo bo‘lishi 
uch o‘lchovli grafikaga bo‘lgan ehtiyojni yana-da oshirdi. 90-yillarda kompyuter 
grafikasining qo‘llanish sohalari ancha kengaydi, ya’ni uni keng tatbiq qilish 
imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Natijada kompyuter grafikasi faoliyati dasturlash va 
kompyuter texnikasi bilan bog‘liq bo‘lmagan mutaxassislarning ish vositasiga 
aylandi. Kompyuter grafikasining yangi yo‘nalishlaridan biri haqiqiy tasvirlarni 
shakllantirishning uslub va tamoyillarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Bu 
tamoyillarga ko‘ra tasvirlarni bevosita kuzatish yoki optik qurilmalar yordamida 
ro‘yxatga olish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak. Shunday tasvirlarga ehtiyoj 
dizayn, arxitektura, reklama va boshqa sohalarda paydo bo‘ldi. EHMlar funksional 
imkoniyatlarining kengayishi kompyuter grafikasining rivojlanishiga asos yaratdi va 
tasvirlar animatsiyasini ta’minlovchi tizimlar yaratilishiga olib keldi. Bunday 
tizimlarning quyidagi uchta guruhini ajratish mumkin: – kimyo, tibbiyot, 
astronomiya va boshqa sohalardagi jarayonlarni ko‘rgazmali namoyish etish; – 
harakatdagi holatlar tasawurini (imitatsiya) paydo etuvchi tizimlar (kompyuter 
o‘yinlari va boshqalar); – kino va televideniye uchun tasvirlar tayyorlovchi tizimlar. 
Aynan shu yo‘nalishlarda kompyuter grafikasini rivojlantirishda asosiy 
qiyinchiliklarga duch kelindi. Ular uchun modellarning yuqori aniqligidan tashqari 
EHM imkoniyatlariga ham yuqori talablar qo‘yiladi. Xulosa qilib shuni aytish
mumkinki, bu dastur eng qulay va ahamiyatli. Chunki xozirgi fotosuratchilar 


14
ham bu dasturdan keng foydalanishmoqda. Ayniqsa to‘y rasmlari,videoroliklar,
mashhur xonandalarning suratlarini rangli va ancha chiroyliroq qilibishlashda
foydalanishmoqda. Men ham bu mavzudan o‘z rasmlarimni rangli
tasvirlardaishlashni o‘rganyapman. To‘g‘ri bu dastur boshqa dasturlarga qaraganda 
ancha murakkablekin uning juda ko‘p qulay tomonlari bor. Bu dasturda siz
ranglar bilan ishlashni,tasvirlar bilan ishlashni va rasmlarga turli xil bezak
berishni, qora tasvirdagi rasmlargarang berib undagi yuz chehralarni chiroyli 
holatga keltirishingiz mumkin. Bu dastur engqulay va foydalanuvchilar uchun 
keraklidir. 

Yüklə 104,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin