Rentgenologik tekshiruv.
Avj olish davrida aniqlanadi:
Suyaklarning intensiv o’sish sohalarida (ayniqsa, naysimon suyaklar) osteoporoz paydo bo’ladi. Kal’sifikatsiya zonasi bo’rtgan holatdan gorizontal, notekis holatga o’tadi, metafiz kengayadi, epifiz va diafiz o’rtasidagi bo’shliq kattalashadi. Epifiz idish shaklini egallaydi, periostal suyaklanish enxondraldan kam shikastlanadi. Kal’sifikatsiya oldi zonasi noaniq bo’lib qoladi.
Bilakning kichik suyaklarining suyaklanish nuqtalari, naysimon suyaklar boshchalarining ossifikatsiyasi yadrolari o’z vaqtida paydo bo’ladi, ammo osteoporoz tufayli rengenogrammada aniq ko’rinmaydi. ІІ va ІІІ darajali raxit kasalligida"yashil novda" tipida suyak usti pardasi osti qismidan sinishlari, qiyshaygan suyakning bo’rtgan tomonida kortikal qatlamning katta bo’lmagan bo’ylama siljishi bilan Loozer qayta qurilish zonalari – bir necha millimetr kenglikdagi yorug’lik zonasi paydo bo’ladi (sohtasinishlar).
6-rasm. Rentgen tekshiruvi
Suyak o’sishi zonasida rentgenogrammada qayta tiklash davrida ossifikatsiyaning chiziqlari paydo bo’ladi, ularning soni qo’zg’alishlar soniga mos keladi.
Dostları ilə paylaş: |