Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x d. t., oliy ma’lumotli hamshira fanlari kafedrasi Ichki kasalliklar propedevtikasi fani



Yüklə 88,84 Kb.
tarix25.03.2017
ölçüsü88,84 Kb.
#12265
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Davolash fakulteti ichki kasalliklar propedevtikasi, kasb kasalliklari, gematologiya va x.d.t., oliy malumotli hamshira fanlari kafedrasi

Ichki kasalliklar propedevtikasi fani

Tasdiqlayman ”

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

o’quv ishlari bo’yicha prorektor

professor O.R. Teshayev__________________

____”_________________2010 yil



Yagona metodik tizimga asosan tuzilgan amaliy mashg’ulot

uslubiy ishlanmasi III kurs talabalariga mo’ljallangan



25 Mavzu: Yurak soxasini ko`zdan kechirish.

Yurak soxasini paypaslash

T.T.A. M.U.X. tomonidan tavsiya etilgan

____”_____________2010 yil





2010-2011 o’quv yili

25 Mavzu: Yurak soxasini ko`zdan kechirish.

Yurak soxasini paypaslash

1. Mashg’ulot o’tkazish joyi: auditoriya,palatalar, kardiologiya bo’limi.

2. Mashg’ulotning davomiyligi - 2 soat.

3. Maqsadi va vazifalari.

Talabalarni yurak soxasini ko`zdan kechirish va paypaslash qo`llanmasi bilan o`rgatish. Kasallarda savol-javob, ko`zdan kechirish va paypaslash usuli bilan yurak-qon-tomir patalogiyasi vaqtida yuzaga kelgan simptom va sindromlarni aniqlashni o`rgatish.

Mashg`ulotning vazifalari.

- Talabalarni yurak-qon-tomir sistemasi bilan og`rigan kasallarni ko`zdan kechirish usullariga o`rgatish, ya`ni shikoyat va anamnezlarni yig`ishni o`rgatish.

- Yurak-qon-tomir patalogiyasi bilan og`rigan kasallarni umumiy ko`zdan kechirish usuli va tizimi bilan talabalarni tanishtirish.

- “Bir ko`rishda” to`g`ri diagnoz qo`yishga imkon beradigan kasallikning patologik belgilarini aniqlashga o`rgatish.

- Yurakning va periferik tomirlar atrofini ko`zdan kechirish qoidalarini muhokama qilish.

- Talabalarga mulyajda yurak soxasini paypaslash uslubini namoyish etish.

Talaba:


  1. Kasallarning so`rovini mustaqil o`tkazishni;

  2. Yurak-qon-tomir sistemasi bilan og`rigan kasallarni umumiy ko`rikdan o`tkazish qoidalari va ketma-ketligini bilishni;

  3. Umumiy ko`zdan kechirishda vaqtida tipik u yoki bu yurak qon-tomirlari tizimi simptomlari patologiyasini aniqlashni bilishi;

  4. Yurakning va periferik tomirlar atrofini paypaslash usulini o`zlashtirishi;

  5. Yuqori itarishning barcha xususiyatlarini aniqlashni bilishi zarur.


4. Motivasiya.

Yurak-qon tomir kasalliklarida yurak soxasini ko’rish va paypaslash muhim axamiyatga ega,chunki ayrim yurak kasalliklari tashxisini ko’rish yoki paypaslash orqali aniqlash mumkin.



5. Fanlararo bogliqlik.

Vertikal integracia

Gorizontal integracia

Quyidagi fanlar bo‘yicha integrallash:

Vertikal bo‘yicha :

Lnormal anatomiya

2. normal fiziologiya

3. gistologiya



Normal anatomiya

Yurak muskuldan tuzilgan a'zo bo‘lib ,ko‘krak qafasida joylashgan .chap bo‘lmacha bilan chap qorincha yurakning chap yoki arterial bo‘lagini,ong bo‘lmacha bilan o‘ng qorincha esa yurakning o‘ng yoki vena bo‘lagini tashkil etadLyurak bo‘lmachalari bir-biriga nisbatan o‘rtada joylashgan devor-septum irtteratriarum bilan , qorinchalar esa septum interventricularis bilan ajralib turadi. Lekin o‘ng bo‘lmacha bilan o‘ng qorincha va chap bo‘lmacha bilan chap qorincha o‘zaro ostium atrioventriculare dextrum et sinistrum vositasida tutashgan bo‘ladLyurakning o‘tkazuvchi yo‘li quyidagi tugun va tutamlardan iborat;

1. sinus bo‘lmacha tuguni (Kis-Flyak tuguni) yurakning o‘ng qulog‘l bilan yuqori qavaq venasi o‘rtasjda epikard ostida joylashgan.

2.atrioventrikulyar tuguni (Ashoff-Tavar tuguni) uning o‘ng bo‘lmachasi devorida (uch tavaqali klapanning cuspis septalisiga yaqinroq joylashgan bo‘lib,qorinchalarga-Giss tutami nimi bilan kiradi.

Yurak devor valvula semilunaris ning tepa qirrasi pastrog‘idan chiqqan birjufttoj arteriyadan qon oladi. A.coronaria dextra yurakning o‘ng qorinchasiga yirikroq va o‘ng bo‘lmacha devoriga maydaoq tarmoqlar beradi. Chap toj arteriya aortaning boshlanish joyidagi chap sinusidan chiqib chap quloqcha bilan o‘pka arteriyasining orasidan o‘tadi va ikkita tarmoqqa bo‘linadLyurak chap qorinchasi bo‘shlig‘l konus shaklida bo/lib ikki teshigi bor ,biri chap bo‘lmachani chap qorincha bilan qo‘shib turadigan oval shakldagi ikki tavaqali klapan , ikkinchisi chap qorinchani aorta bilan qo‘shadigan uchta yarimoysimon klapanlidir. Atrioventrikular klapan (mitral) ikki tavaqalj bo‘lib , chap tomonda orqaroqda Jkkinchisi kattarog‘l o‘ng tomonda oldinda joylashgan.sistola vaqtida tavaqali klapanlar yopilib qonni qaytib o‘tishiga to‘sqinlik qiladi

Normal fiziologiya

Yurak ishlagan vaqtda har xil tovushlar hosil bo‘ladi,bu tovushlarni yurak tonlari deb ataladi.auskultatsiya usuli bilan ko‘krakqafasining chap tomonidan 2ta tonni eshitish mumkin .Iton(sistolik) va 2 ton (diastolik).bu tonlarning hosil bo‘lish mexanizmlari yuqorida aytib o‘tildi. tonlarni eshitishda bir-biridan farqi shuki :birinchi ton sistola vaqtida hosil bo‘ladi ,ikkinchiton diastolaning boshlanishida hosil bo‘ladi. Birinchi ton bo‘g‘iqroq eshitiladi,lekin davomiyroq , ikkinchi ton esa

jarangli lekin qisqa davom etadi. Birinchi ton bilan ikkinchi ton orasidagi pauza , ikkinchi ton bilan keying birinchi ton orasidagi pauzadan qisqaroq bo‘ladi. Elektron apparatlarni qo‘llash yordamida yurak tonlarini o‘rganish yanada osonlashadi.

Buning uchun ko‘krak qafasini yurak joylashgan sohasiga kuchaytirgichlarga ulangan maxsus mikrofon ulab qo‘yilsa , yurak tonlarini qayd qilish mumkin bo‘ladi. Yozib olingan egri chiziq fonokardiogramma deb ataladi. Usulni o‘zi fonokardiografiya (FKG) deb ataladi. FKG da va lva 2 tondan tashqari yana 3va4 tonlarni ham yozib olish mumkin.

Yurak tonlari ;1 toh mitral klapanning proyeksiyasida aniqlanadi. 1 tonningtebranishlari atrioventrikulyar klapan yopilishi bilan bog‘liq .bunda past chastotali tebranishlar qorinchalar muskullari qisqarishi tufayli paydo bo‘ladLbirinchi tonning susayishi miokardning qisqarish funksiyaning kamayishi tufayli-infarkt miokardi,miokardit kabi asosan mitral klapanining yetishmasligi kasalliklarida kuzatiladi. 1 tonning amplitudasining ortishi-mitral stenozda aniqlanadi ,bunda mitral klapan tavaqa qalinlashadi.

Atrioventrikulyar blokada vaqtida 1 ton juda jarangli eshitiladi ,chunki bo‘lmachalarva qorinchalarsistolasi birvaqtda bo‘ladi. 2 tonning kelib chiqishi aorta klapanlarining yopilishi bilan bog‘liq FKGda uning 2komponentini ajratishadLbirinchi komponentning davomiyligi ikkinchisidan ikki marta ko‘p bo‘ladi .ular orasida interval 0.06 sek.tashkil etishi mumkin , bu auskultatsiyada ikkinchi tonning parchalanishiday qabul qilinadukkinchi tonning asosiy xarakteristikasi bo‘lib – uning nafas olish fazalari bo‘ylab o‘zgarishi hisoblanadi.bu tonning susayishi aortal klapanningtavaqalari parchalanishi bilan bog‘liq ,bu holat aortal stenozda kuzatiladi.

Uchinchi ton -past chastotali - auskultatsiyada bo‘g‘iq tovushday eshitiladi. Bolalar va sportsmenlar FKGsida aniqlash mumkin. Mitral sternozda mezodiastolik ritm sabachisi hisoblanadi.

To‘rtinchi ton -bo‘lmachaga tegishli bo‘lib ,uning qisqarganida paydo bo‘ladi. Bu ton EKG da P tishining yakunida registratsiya qilinadi .uchinchi va to‘rtinchi tonning birikishi taxikardiyada kuzatiladi.

Gistologiya

Tipik mushaktolalari ayrim qisqaruvchi mushak hujayralari shaklini silindrga o‘xshatish mumkin. Uning uzunligi 50-100 mkm ; diametric 17-20 mkm ga yetadi. Kardiomiositlarning markaziy qismida oval shaklida yadro joylashadLyurak mushagi sarkolemma bilan qoplangan. Electron mikroskopda sarkolemma ichki -plazmolemma va tashqi bazal membranadan iboratligai aniqlangan. Sarkolemma oraliq plastinkalarning shakllanishida ishtirok etadi. Oraliq plastinkalar mushaktolasiga nisbatan ko‘ndalangiga yo‘nalib ,odatdagi preparatlarda to‘q bo‘yaluvchi chiziqlar tarzida ko‘rinadi. Ular yurak mushagining eng xarakterli tuzilmalaridir.disklar yordamida kardiomiositlar bir-biri bilan bog‘lanadi. Yuraktipik mushagi mitoxondriyalarga boy. Ular cho‘ziq,oval shaklda bo‘lib , miofibrillalar orasida tizilib yotadLyurakda tipik mushak tolalaridan tashqari –atipik kardiomiositlarva ishchi kardiomiositlar mavjud.yuzak"i EKGda faqat ishchi kardiomiositlar aktivligi yaqqol namoyon bo‘ladi.

To‘qima bazofillari sitoplazmasida yirik donachalarni tutgani uchun semiz hujayralar nomini olgan donachalar o‘zida biologic aktiv bo‘lgan moddalar: geparin, gistamin, serotoninlartutadi. Ular asosan qon tomir kapillyarlari atrofida joylashadi. Bu hujayralar yirik noto‘g‘ri dumaloq shaklga ega bo‘lib ,fiziologik holatlarda miqdori o‘zgarib turadi. To‘qima bazofillariga tuzilishi va kimyoviy tarkibi jihatidan qondagi bazofil leykositlar juda yaqin turadi. Ammo bazofil leykositlarning qizil suyak ko‘migidagi o‘zak hujayralardan kelib chiqishi tasdiqlangan bo‘lsa,to‘qima bazofillarining kelib chiqish manbai hozirgacha aniq ko‘rsatilmagan.

Joylashishiga qarab to‘qima bazofillarni 3 turini ajratishadi:

l.qon tomirlari atrofidagi to‘qima bazofillari

2. biriktiruvchi to‘qimaning massivqavatlarida joylashgan to‘qima bazofillari

3.miositarya'ni alohida kardiomiositlarning oralig‘ida joylashgan to‘qima bazofillari

Bu topografik variantlar o‘lchamlari va formasi bo‘yicha ham farqlanadi.

ltur to‘qima bazofillari -14-24 mkm , oval shaklda

2 tur to‘qima bazofillari -12-17 mkm,cho‘zinchoq shaklda 3 tur to‘qima bazofillari -6-10 mkm, yumaloq shaklda .



6. Darsning mazmuni.

6.1 Nazariy qism

Yurak atrofini ko`zdan kechrish.

Yurak soxasini ko`zdan kechrishda yurak do`ngligini ko`rish mumkin, ya`ni yurakning kengayishi va gipertrofiyasiga bog`liq bo`lgan, ushbuning bo`rtib chiqishi, agar ular xali ko`krak qafasi yumshoq bo`lgandagi yoshlik davrida rivojlangan

Suyakning o`zgarishlari bilan yuzaga kelgan (masalan, raxitda) yurak do`ngligini yurak atrofi ko`krak qafasining deformasiyasidan farqlash kerak.

Yaxshi rivojlanmagan klechatkali, zaif gavdaning 5 qovurg`a orasi, o`rta suyak chizig`i odamlarda, yurakning yuqori qismida yurak uchi turtkini – chegaralangan ritmik pulsatsiyani ko`rish mumkin. U yurak yuqori qismining ko`krak qafasiga kelib urilishidan yuzaga keladi. Patologik sharoitlarda yurak uchi turtki qattiq va keng ko`lamli pulsatsiyani berishi mumkin. Agarda yurak atrofida ko`krak qafasining bo`rtib chiqishi o`rniga tortilib turishi kuzatilsa, unda yuqori itarishning salbiy ekanligini aytish mumkin. U perikardning pariental va visseral qavatlarning o`sishi oqibatida yopishqoq perikardit vaqtida uchratish mumkin.

Ba`zan kuzatish davomida podlojechnaya atrofiga tarqaladigan – yurak turtki deb ataladigan to`sh suyagining chap tomonda va ancha keng maydonda pulsatsiya aniqlanadi. U o`ng qorinchaning nisbatan kattalashganligi bilan torayishi sababli yuzaga kelgan.

Ba`zi hollarda kuzatish davomida yurakning asosi atrofida pulsatsiyani qayd qilish mumkin. 2 qovurg`a orasida to’sh suyagidan o`ng tomonda aortaning pulsatsiyasini aniqlash mumkin, qaysikim aortaning birdan kengayishi yoki uni o`rab turgan chap o`pkaning qisqarishi natijasida pulsatsiyani paydo bo`ladi. Boshqa vaqtda boshlang`ich aortaning anevrizmasi qovurg`a va to`sh suyagining yemirilishiga olib kelishi mumkin. Bunda o`sha joyda elastik pulsatsiya qiladigan o`smani kuzatish mumkin.

Ikkinchi va uchinchi qovurg`a oralig`idagi ko`zga ko`rinuvchan pulsatsiya o`pka tomiri kengayishi hisobiga yuzaga keladi. U kichik xalqaning yuqori gipertoniyasi vaqtida mitral stenoz bilan og`rigan, ochiq arterial yo`lli katta bosimli qonning aortadan o`pka ustuniga chiqarishi bilan og`rigan, boshlang`ich o`pka gipertoniyasi bilan og`rigan kasallarda yuzaga keladi. O`pka suyagining chap tomonidagi uchinchi va to`rtinchi qovurg`a oralig`ida paydo bo`ladigan pulsatsiya infarkt miokardini boshidan kechirgan kasallarda yurak anevrizmasini yuzaga keltirishi mumkin.

Yurak atrofini paypaslash.

Yurakni paypaslash yurak turtkisini aniqroq tavsiflash, yurak turtkisi borligini aniqlash, pulpatsiya muqarrarligini aniqlashtirish yoki ularni namoyon qilish, simptom “mushuk hurillashi” – ko`krak qafasining titrashini aniqlash imkonini beradi.



Yurak uchi turtkini aniqlash. Yurak chap qorinchasi ishi haqida xulosa qilishga imkoniyat yaratadigan yurak uchi turtkisini aniqlash uchun izlanuvchi o`ng qo`li kaftini kasalning ko`krak qafasiga shunday qo`yadiki, uning barmoqlari yurak uchi turtki atrofini yopib turishi kerak.Palpatsiyada ancha aniq lokalizatsiyasini, kengligini, ya`ni yurak uchi turtkisining maydoni, hajmi, kuchini aniqlash lozim. Yurak uchi turtkining me`yorda ekanligi beshinchi qovurga orasida, o`rta o`mrov suyagidan 1-2 sm ichkarida joylashganligidir. Diafragmaning yuqori turishida qorin bo`shlig`ida (astit, meteorizm, yog` bosish, xomiladorlik) bosimning yuqoriligi bilan ifodalanadi, yurak ancha gorizontal xolatiga keladi va yurak uchi turtkisi tepaga siljiydi va birmuncha tashqari tomonga, diafragmaning xolatining pastligi (qorin bo`shlig`ida bosimning pasayishi, o`pkaning emfizemasi) yurakning ancha vertikal xolatiga kelishiga olib keladi va bunda yurak uchi turtkisi pastga ichkari tomonga siljiydi.

Yurak uchiturtki kengligining 2 sm bo`lishi me`yor hisoblanadi. Agar atrof kichik maydonni egallagan bo`lsa, unda turtkini chegaralangan deb, agar katta maydonni egallagan bo`lsa yoyilgan deb ataladi.

Yurah uchi turtkining hajmi va balandligi yurak uchi turtki atrofida tebranish amplitudasi bilan xarakterlanadi. Baland va past yurah uchi turtkilar farqlanadi. Qoida tariqasida, yurak katta sirtining ko`krak qafasiga tutashganida, shuningdek yurak ancha tezlik bilan kichiklashganda yurak uchi turtki baland, agarda yurak orqaga surilsa va ba`zi boshqa sharoitlarda yurak uchi turtki balandligi qisqaradi.

Yurakning uchi paypaslanayotgan barmoqlarga ta`sir etishdagi bosimi bilan yurak uchi turtki kuchi o`lchanadi. Birinchi ikkita xususiyat singari turtkining kuchi ko`krak qafasining qalinligi va yurak uchining paypaslanayotgan barmoqlarga joylashish yaqinligi bog`liq bo`ladi, ammo eng asosiysi chap qorinchaning qisqarish kuchiga bog`liq bo`ladi. Kuchli yurak uchi turtkisi chap qorinchaning gipertrofiyasida kuzatiladi, vaxolanki, kontsenrik gipertrofiyada turtki kuchi kuchayishi uning kengligining kattalashmagan xolida bo`lishi mumkin.

Paypaslash vaqtida aniqlanadigan yurak uchi turtkisining chidamliligi yurak muskuli o`zining zichligi to`g`risida tasavvur qilish imkonini beradi. Chap qorincha muskuli zichligi uning gipertrofiyasi vaqtida ancha kattalashadi va yurak uchi turtkisining chidamliligi to`g`risida gapirish mumkin. Shuday qilib, chap qorinchaning gipertrofiyasi uchun yurak uchi turtkisining yoyilganligi, yuqoriligi, kuchayganligi, chidamligi xarakterlidir. Chap qorinchaning kengayishi bilan ifodalanadigan kuchli gipertrofiya vaqtida yurakning uchida konus tuzilishiga ega bo`ladi va zich tarang qubba xolida (qubbaga o`xshash turtki) qo`l bilan seziladi.

Mushuk hirillashini aniqlash. Yurak uchi turtkisidan tashqari yurakning o`ng qorinchasi ishining katta qismini aks ettiruvchi yurak turtkisiga ahamiyat bermoq zarur. Sog` odamlarda uni aniqlashga ilojisi bo`lmaydi. “Mushuk hurillashi”ni simptomini aniqlash uchun kuch va chidamlilik yo`qdir. Bu simptomni sistola vaqti ham singari diastola vaqtida ham aniqlash mumkin. Uni aniqlash uchun qo`l panjasini keng yoyib barcha nuqtalarga qo`yib, diastola vaqtida yurakning yuqorisida ushbu alomatlarni sezib yurakni eshitish qabul qilingan bo’lib, ko`proq oxirida sistola oldi “mushuk hurillashi” nomini olgan va mitral stenoz uchun xarakterli hisoblanadi.



Jigar pulsatsiyasi: jigar pulsatsiyasini jigarning chetini qamrab olib aniqlash mumkin. Bunda jigar xar bir puls urishida barcha yo`nalishlarda ijobiy simptomali tebranish bilan kengayadi. Jigar pulsatsiyasi uch tavaqali klapandagi kamchilik bilan og`rigan kasallarda uchrab, bunda o`ng yurak old bo’lmachasidan pastki kovak venalari va jigar venalari tomon regurgitatsiya bo`ladi. Shuning uchun har bir yurak qisqarishida jigarning shishishi kuzatiladi.

Amaliy mashg`ulotlarni o`tish vaqtida birinchi navbatda asosiy fanlar – anatomiya, qon aylanish organlarining fiziologiyasi bo`yicha talabalarning baza bilim darajasini baholash zarurdir.

Buni yechish uchun ushbu qismni odatdagi didaktik forma shaklida (savol berish va javob olish) yoki intaraktiv pedagogik texnologiyasi shaklida («kuchsiz zveno», «galereya bo`yicha tur», «qor yumalog`i» ) o`tkazish zarur.

Savollarni u yoki bu spetsifika bo`yicha berishga, ya`ni boshlanishida barchaga anatomiya bo`yicha, keyin esa fiziologiya bo`yicha va h.k. ahamiyat berish kerak. Masalan:



  • Yurak qayerda joylashgan?

  • Vena tomirlariga qancha miqdorda qon kelib tushadi?

  • Yurakning asosiy funksiyalari? Va hokazo.

Ba’zi bilim darajasi past bo`lganda asosiy tomonlarini qisqa formada tushuntirish kerak, busiz materialni keyinchlik o`tishda qiyinchilik tug`iladi. Ushbu muammoni yechish uchun past darajali ikkinchi variant savollardan foydalanish taklif etiladi. Masalan:

  • Odamda yurak kamerasi qancha?

  • Katta qon aylanish doirasi qayerdan bilan boshlanib qayerda tugaydi?

Ushbu qism doirasida ancha tayyorgarlik ko`rgan (kuchli) talabalarni va bilim darajasi o`rtacha (past) talabalarni aniqlash zarur. Ushbu keyinchalik kuchli + kuchsiz talabalar kuchli + kuchsiz talabalarga qarshi – interaktiv pedagogik texnologiyalarni o`tkazishda guruhni uch-to`rt kichik guruhlarga ajratishga imkon beradi. Shundan keyin ushbu amaliy mashg`ulot mavzusini ko`rib chiqib o`tish mumkin. «Suhbat orqali tekshirish» va «qor yumalog`i» usuli yordamida amalga oshirish. Talabalarning tayyorgarligini «qor yumalog`i» usuli bo`yicha tekshirish. Ushbu usulni o`tkazish uchun bu mavzu bo`yicha savollar tayyorlanadi. Auditoriya kichik guruhlarga (3–4 ta odam) bo`linadi. Har bir guruh berilgan savollarga 3 daqiqa mobaynida o`zining javob variantini muxokama qiladi, keyin har bir guruhda o`zining savollariga javob beradi. Tog`ri javob bergan guruhda bir balga teng bo`lgan bitta «qor yumalog`i»ni oladi. Ko`p «qor yumalog`i»ni yiqqan guruh ko`p balga ega bo`ladi.

6.2.Analitik qism.

TESTLAR

1.To’sh suyagining chap tomonida 3-4qovurg’a orasi pulsatsiyasi ko’zdan kechirish va paypashlashda quyidagi holatlar

a)arterial yo’lning ochiqligi

b)aorta yoyining ko’tariluvchi qismining anevrizmasi(kengayishi)

v)chap qorinchaning gipertrofiyasi

g)mitral klapan stenozi

d)chap qorincha old devori anevrizmasi aniqlanadi
2.Yurak urishi aniqlanadi:

a)normada

b)chap qorincha gipertrofiyasi

v)tomirlar tutamining kengayishi

g)o`ng qorinchaning gipertrofiyasi

d)chap qorincha va o`ng bo’lmachaning kengayishi

3.Yurak soxasining shishishi va ovurg’alar orasining tekislanishini xarakterlaydi:

a)ekssudativ perikardit

b)chap qorinchaning gipertrofiyasi

v)o`ng qorinchaning gipertrafiyasi

g)aorta anevrizmasi

d)miokardit


4.Ko’p xollarda yurak qon tomiri patalogiyasida teri rangining o`zgarishi:

a)oqimtir

b)”sutli kofe”

v)markaziy sianoz

g)akrosianoz

d)giperemiya


5.Perikard bo’shlig’ida shish suyuqligining to’planishi:

a)istisqo

b)perikardit

v)gidroperikard

g)pankardit

d)revmakardit,deb ataladi


6.Yurak soxasini me’yordagi ko’rinishi:

a)aorta pulsatsiyasi

b)yurak urishi

v)pulsatsiya soxasi

g)yurak uchi turtkisi

d)yurak bukrisi


7.O’pka stvol shoxlarining torayishida:

a)”oqargan sianoz”

b)”qora sianoz”

v)akrosianoz

g)oqargan

d)sianoz yo’qligi


8.Ortopnoy(nafas qisishning yuqori darajasi)da kuzatiladi:

a)qon miqdorining sirkulyatsiya paytida ko’payishi

b)qon miqdorining sirkulyatsiya paytida kamayishi

v)pastki bo’limlarda tomirlardagi qonningushlanib qolishi

g)diafragmaning ko’tarilishi

d)diafragmaning tushishi


9.Barmoqlarning baraban tayoqchasi sifatida ko’rinishi:

a)septik endokarditda

b)mitral sianozda

v)aortal stenozda

g)tetrada Falo

d)Batalov yo’lining bitmay qolishi
10.”mushuk xurillashi”simptomi kuzatiladi:

a)paypaslash

b)tukillatish

v)kuzatuvda

g)eshitishda

d)xamma kuzatuv uslublarida

11.Yurak uchi turtkisini qaysi holatda paypaslab aniqlash mumkin?

a)nafas chiqargan holatda

b)yotgan holatda

v)chuqur nafas olganda

g)turgan holatda
12.Yurak atrofini tekshirganda normada quyidagi aniqlanadi:

a)aorta pulsatsiyasi

b)yurak urishi

v)qilichsimon o`siq atrofida pulsatsiya

d)yuqori yurtki
13.Yurak turtkisi aniqlanadi:

a)normada

b)chap qorincha gipertrafiyasida

v)qon-tomir tutamlari va o’ng qorinchaning kengayishi holatida

g)o`ng qorinchaning gipertrafiyasi

d)chap qorincha va o`ng bo’lmachaning kattalashishi


14.Yurak uchi turtkisini paypaslashda aniqlanadi:

a)resistentligi

b)kuchi

v)amplitudasi



g)kattaligi

d)maydoni


15.Yurak uchi turtkisi normal holatda paypaslanadi:

a)xar doim

b)2/3holatda

v)1/3holatda


g)paypaslanmaydi
16.Yurak atrofi normal holatda aniqlanadi:

a)aorta pulsatsiyasi

b)o`ng qorinchaning qisqarishi

v)chap qorinchaning qisqarishi

g)sistolik tebranish

17.To’sh suyagining o`ng tomoni II qovurg’a orasi pulsatsiyasida quyidagilardan birida uchraydi:

a)aorta anevrizmasida

b)o`pka gipertenziyasida

v)aortal klapan yetishmovchiligida

g)aortal teshikning torayishi

d)mitral teshikning stenozi

Vaziyatli masalalar

1.Bemorni tekshirganda: lab va burun sianozi, uyqu arteriyasining pulsatsiyasining o`ta sezilishi “karotid o`yini”, boshning ritmik chayqalishi.

Qaysi patalogiyada ushbu holat kuzatiladi.

Javob: aortal klapan yetishmovchiligida


2.Klinikaga 42 yoshli bemor quyidagi shikoyatlar bilan murojat qildi: bir necha soat mobaynida to’sh orqasida kuchli og’riq,nitraglisirin qabul qilgandan keyin ham og`riq qolmagan, bu og’riq aorta va umurtqa pog’onasi bo’ylab beradi.

Qaysi patalogiyada ushbu shikoyatlar kuzatiladi?

Javob: aorta anevrizmasi qavatlanishi
3.Yurakni tekshirganda: o`mrov o`rta chizig’i 5-qovirg’a oralig’ida yurak uchi turtkisi ko’zga yaqqol ko’rinadi.Yurak turtkisi va epigastral pulsatsiya kuzatilmaydi.

Paypaslaganda: 5-qovirg’a oralig’i, chap o`mrov o`rta chizig’ida yurak uchi turtkisi o`ta sezilarli kuchaygan, ko’tariluvchi, rezistentli.

Bu belgi qaysi sindromda uchraydi?

Chap qorincha gipertrofiyasi,kengaymagan holatida(dilatatsiya).

Chap qorincha birmuncha kengayishi

Gipertrafiya kuzatilmaydi.

Chap qorincha gipertrafiyasi va kengayishi birmuncha sezilarli

O`ng qorincha gipertrafiyasi va kengayishi

O`ng va chap qorincha gipertrafiyasi va kengayishi.
4.Yurak tekshirilganda: yurak uchi turkisi va epigastral pulsatsiya ko’zga tashlanadi.Yurak uchi turtkisi kuzatilmaydi.

Paypaslashda:yurak uchi turtkisi 5-qovurg’a oralig’i, o`mrov o`rta chizig’idan 1 sm tashqarida joylashgan, absolyut bo’g`iq tovush va epigastriy soxasida kuchaygan va tarqoq pulsatsiya aniqlanadi.

Bemorda qaysi sindrom belgilari namayon bo’ladi.

Chap qorincha gipertrofiyasi kengaymagan holatida(dilatatsiya)

Chap qorinchaning birmuncha kengayishi(dilatatsiya)

Gipertrafiya kuzatilmaydi .

Chap qorincha gipertrafiyasi va kengayishi birmuncha sezilarli

O`ng qorincha gipertrafiyasi va kengayishi(dilatatsiya)

o`ng va chap qorincha gipertrafiyasi va kengayishi(dilatatsiaya)
5.Klinikaga 47 yoshli A.bemor yurak shikoyatlari bilan murojat etdi.

Yurak soxasida yurak do’ngligiva qovurg’alararo soxa tekislangan,o`mrov o`rta chizig’idan ichkarida yurak uchi soxasida yurak uchi pulsatsiyasi ritmligi chegaralangan.

Qaysi usul qo’llangan?

a)Yurak soxasi ko’rigi

b)Periferik tomirlar ko’rigi

v)Ko’krak qafasi ko’rigi


6.53 yoshli yurak patalogiyasi bor bemorda:

Uyqu arteriyasi pulsatsiyasi ”karotid o`yini”. Uyqu arteriyasi pulsatsiyasi bilan birgalikda ritmik bosh chayqalish-simptom Myusse.Undan tashqari quyidagi arteriyalar pulsatsiyasi; o`mrov osti, yelka, bilak arteriyasi, arteriol va kapilyar pulsatsiyasi kuzatiladi.

Qaysi usul qo’llangan?

a)periferik tomirlar ko’rigi

b)ko’krak qafasi ko’rigi

v)yurak soxasi ko’rigi



6.3 Amaliy qism.

Ushbu qismda yurak atrofini paypaslashning qadamma-qadam bajarish usuli zarur. Boshlang`ich paytda o`qituvchi yurak uchi turtkisi xususiyatini ko’rsatgan holda yurak atrofini paypaslash usulini mulyaj yoki talabada ko’rsatib beradi.Keyin yurak uchi turtkisi xususiyatini aniqlashda guruxni juftliklarga bo’lib,bir-birlarida yurak paypaslash metodikasi bo’yicha o’rgatadi.Keyinchalik revmatalogiya bo’limida o’qituvchining kuzatuvi ostida talabalar bilan birgalikda bemorlarni kuratsiyani o’tkaish lozim.2-3ta har xil yurak qon tomir patalogiyasi bo’lgan bemorlar tayyorlanadilar.Ko’rik paytida talabalarning diqqat-e’tiborlarini bemorning shikoyatlariga:yurak atrofidagi og’riq, nafas qisishi,yurak urishi va boshqalarga jalb qilinadi.Shikoyatlar yig’ilganda detallashtirish to’liq bo’lishi kerak.

Anamnez to’plash ketma-ketligaga diqqat e’tibor qaratiladi.

Yurak qon-tomir patologiyasi belgilarini fizikal tekshirishga qaratiladi(lab sianozi,nafas qisishning yuqori daraja xolatini,yoyilgan kuchaygan yuqori yurak turtkisi,mushuk xurillashining borligi va h.k).Kasalni tekshirish bo’yicha barcha ma’lumotlar amaliyot daftariga yoziladi.

Keyinchalik bemor muhokama qilinadi:talabaning kommunikativligi muxorati,bemorni tekshirishda talaba xarakati va to’g’riligi,ushbu bemorning ma’lumotlarini interpretatsiyada talabaning analitik qobilayati baholanadi.Amaliy mashg’ulotni yakunlashda talabaning nafaqat og’zaki javobiga,balkim leksiya va amaliyot daftarlarini borligi, shuningdek bemorni tekshirishda uning ishtirok etishi hisobga olinadi.

7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari.

Interaktiv usul:

8. Joriy nazoratni baxolash mezoni



O’zlashtirish (%)va ballarda

Baho

Talabaning bilim darajasi

1.

86-100

A’lo «5»




2.

71-85

Yaxshi «4»




3.

55-70

Qoniqarli «3»




4.

0- 54

Qoniqarsiz «2»






9. Joriy nazoratni baxolash mezoni




Mashgulot bosqichlari

Mashgulot ko’rinishi

Davomiyligi

1.

O’qituvchining kirish so’zi




5 min

2.

Mavzuning o’rgatilishi

slaydlar va o’yinlar bilan. Talabalar bilimini baxolash



Surov va tushuntirish

25 min

3.

Mavzu yakuni




5 min

4.

O’qituvchi amaliy mashgulotlarni ko’rsatib, usullarini urgatishi. Bu usullarni talabalar o’zlarida,keyin esa bemorlarda o’rganishadi.

Talabalar,valantyorlar, kasallik tarixi, analizlar, UTT, rentgen sur’at

25 min

5.

Amaliy va nazariy ko’nikmalarni o’zlashtirshni baxolash va guruxning baxosini e’lon qilish.

Ogzaki surov,

testlar, vaziyatli

masalalar,

diskussiya.



20 min

6.







10 min

10. Tekshiruv savollari.

11.Foydalanilgan adabiyotlar:

Asosiy:

1. "Ichki kasalliklar propedevtikasi" Kasimov E.Y., 1996 yil

2.”Ichki kasalliklar propidevtikasi” kitobi.Vasilyenko V.X va Grebeneva A.L..,nashri ostida 1989-y.

3. Ichki kasalliklar propidevtika amaliyot mashg’ulotlari uchun qo’llanma.Dovgyallo.O.G. va b.sh.,1986-y.

4. Shelagurov A.A “Ichki kasalliklar propidevtikasi”.

5. ShishkinA.N “Ichki kasalliklar.O’rganish.Simiotika.Diagnostika”.2000-y.,Sankt-Peterburg.

6. Strutinskiy A.V.,Baranov A.P., “Ichki organlar kasalliklari semiotika asoslari.Atlas”.1997-y.,Moskva.

7.M.V Muxin, V.A.Moiseyev. ”Ichki kasalliklar propidevtikasi”. 2000-2005-y.



Qo’shimcha:

1."Rukovodstvo k prakticheskim zanyatiyam po propedevtike vnutrennix bolezney" O.G.Dovgyallo, Minsk, 1989.




Yüklə 88,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin