Nebulayzerlar (lotincha nebula, ae f — bulut, tumanlik) – suyuq preparatni
aerozolga aylantirish uchun ishlatiladigan, stasionar (ko‘chma bo‘lmagan) nafas olish
qurilmasi. Suyuqlikni aerozolga aylantiradigan energiya turiga qarab quyidagi
nebulayzerlar chiqariladi:
26 | 30
•
oqimli yoki bosimli (kompression) – gaz
oqimidan foydalaniladi;
•
ultrtovushli – pezokristal tebranishlar
energiyasidan foydalaniladi;
•
membranali – hilpillovchi membranadan
foydalaniladi.
Nebulayzerning afzalliklari:
•
harakatlar
va
nafas
olishni
muvofiqlashtirish zaruriyatining yo‘qligi;
•
og‘ir bronxial astma xurujlarida ko‘p marotabalik yuqori dozali terapiya
o‘tkazish imkoniyati;
•
harakat buzilishi va ongi buzilgan keksa yoshdagi bemorlar va bolalarda
foydalanish mumkinligi;
•
bir xil yuqori dispersli aerozol hosil bo‘lishi;
•
propellent va laktoza saqlamasligi.
Kamchiliklari:
•
olib yurish noqulay, beso‘naqay, shovqinli;
•
dori moddasining yuqori konsentrasiyasi (portativ qurilmalarga nisbatan 5-
10 marotaba yuqori);
•
doimiy elektr ta’minoti talab qiladi;
•
jihoz bilan ishlashni o‘zlashtirish uchun maxsus trening o‘tkazish zarur;
•
ingalyasiya jarayoni juda uzoq davom etadi;
•
uskunalarning mikrob bilan ifloslanish imkoniyati;
•
yuqori narx.
Suyuqliklarni
dozalovchi
ingalyator
–
respimat
ingalyatsion
terapiya
sohasidagi
so‘nggi
texnik
yangiliklardan
biridir
.
U
dori
eritmasining
dozalangan
hajmidan
sekin
aerozol
buluti
hosil
qilish
uchun
mexanik
energiyadan
foydalanadi
.
Qurilma
almashtiriladigan
kartrijlarga
ega
.
Qurilmani
ishga
tushirish
uning
korpusini
aylantirish
orqali
amalga
oshiriladi
.
Ingalyator
faollashtirilganda
,
preparat
eritmasi
ikkita
tutashuvchi
kanalga
yuza
orqali
o‘tadi
.
Suyuq
oqimlar
to‘qnashganda
sekin
harakatlanadigan
aerozol
bulutini
hosil
qiladi
.
Qurilma
doza
hisoblagichi
bilan
jihozlangan
.
Bo‘sh
ingalyator
avtomatik
ravishda
bloklanadi
.
Afzalliklari
:
• sekin
hosil
bo‘luvchi
,
barqaror
va
uzoq
muddatli
aerozol
buluti
;
27 | 30
• mayda
zarrachalarning
yuqori
fraksiyasi
;
• propellent
saqlamaydi
;
• etkazib
berishni
yaxshilash
orqali
preparatning
dozasini
kamaytirish
imkoniyati
(
kichik
zarralar
og‘iz
bo‘shlig‘ida
kamroq
ushlanib
qoladi
);
• organizmga
bir
xil
dozalarni
muntazam yetkazib
berish
.
• Shuni
hisobga
olish
zarurki
,
aerozol
sifatida
faqat
dozalangan
aerozol
ingalyatorlari
,
ko‘p
dozali
blister
ingalyatorlar
,
ayrim
hollardi
esa
rezervuar
tipidagi
ko‘p
dozali
ingalyatorlar
(
unda
almashtirilmaydigan
rezervuarlar
ishlatiladi
)
buyuriladi
.
Aerozol yetkazib berish tizimlarining
boshqa turlari uchun ushbu tizimlarda aerozolga
aylanish uchun ishlatiladigan dori shakllari
buyuriladi (masalan, spinhaler uchun – kukunli
kapsulalar, respimat va nebulayzerlar uchun –
eritmalar va h.k.).
Oddiy
tarkibli
aerozollar
–
bitta
dori
moddani
o‘z
ichiga
oladi
.
Buyurish
qoidalari
: Rp.:
belgisidan
so‘ng
,
dori
shakli
nomi (Aёrosoli) va
dori
moddaning
nomi
qaratqich
kelishigida
katta
harf
bilan
,
aerozolning
miqdori
ml
yoki
grammlarda
yoziladi
.
Ikkinchi
satr
– Da. Signa.
va
signatura
yoziladi
.
Rp.: Aёrosoli Becotidi 15 ml
D.S. Kuniga 1 ingalyasiyadan 2 mahal kiritilsin.
Tijoriy nomdagi murakkab tarkibli
aerozollar bir nechta dori moddalarni o‘z
ichiga oladi.
Buyurish qoidalari: Ularga resept oddiy
tarkibli aerozollar bilan bir xil tarzda yoziladi,
faqat shuni hisobga olish zarurki, agar aerozol
miqdori ko‘rsatilsa dori shaklining nomi
qaratqich kelishigida (Aёrosoli), miqdori
ko‘rsatilmagan taqdirda tushum kelishigi birlik
sonda
(Aёrosolum)
yoziladi.
Keyin
preparatning tijoriy nomi bosh kelishikda katta
harf bilan
qo‘shtirnoq belgilari ichida,
aerozolning miqdori ml, grammlar yoki
flakonlarda ko‘rsatiladi. Ikkinchi satrda — Da.
Signa va signatura yoziladi.
Rp.: Aёrosoli «Ephatinum» 15 ml
D.S. Kuniga 1 ingalyasiyadan 3 mahal kiritilsin.
Yoki
28 | 30
Rp.: Aёrosolum «Ephatinum» N.1
D.S. Kuniga 1 ingalyasiyadan 3 mahal kiritilsin.
Mustaqil auditoriya mashg‘uloti uchun vazifalar
Quyidagilarga tibbiy reseptlar yozing:
1.
Atrovent (Atrovent) 15 ml dozalangan aerozol. Bronxial astma xurujlarining oldini olish
uchun kuniga 1 ingalyasiyadan 4 mahal qo‘llash uchun buyurilsin.
2.
«Berodual» («Berodual») 15 ml dozalangan aerozol. Bronxial astma xurujlarining oldini olish
uchun kuniga 2 ingalyasiyadan 3 mahal buyurilsin.
3.
«Nitrolingval» («Nitrolingual») 1 dozalangan aerozol. Stenokardiya xurujlarida 1 ingalyasiya
til ostiga sepish uchun buyurilsin.
4.
«Kameton» («Cametonum») 30 ml aerozol. Og‘iz bo‘shlig‘ining yallig‘lanish kasalliklarida
1 daqiqa davomida og‘izga purkash uchun buyurilsin.
5.
«Oksikort» («Oxycortum») 50,0 aerozol. Kuniga 2 marotaba terining zararlangan joylarini
davolash uchun tayinlansin.
6.
Salbutamol (Salbutamol) 12 ml dozalangan aerozol. Bronxial astma xurujlarini bartaraf etish
va oldini olish uchun 2 ingalyasiyadan kuniga 4 mahal qo‘llashga buyurilsin.
7.
«Ingalipt» («Inhalypt») 1 aerozol ballon. Tonzillitda bodomcha bezlarini kuniga 3 mahal
chayish usulida qo‘llash uchun buyurilsin.
29 | 30
SPREYLAR
(ingl. Spray — purkagichlar)
Spreylar – bu mexanik nasos tipidagi purkagich
yoki polimer o‘ramni siqish orqali yaratilgan havo
bosimiga
bog‘liq bo‘lgan, tarkibida propellant
saqlamaydigan aerozollardir. Aerozollarga nisbatan
spreylar dag‘al dispers tizim hisoblanadi. Ular bir fazali
(suyuq) yoki ikki fazali (suyuq va qattiq yoki suyuq
modda saqlovchi) tizimlardir.
Ushbu dori shakli bir tomondan iqtisodiy tejamli,
boshqa tomondan – juda qulaydir, chunki u preparatni
teri va shilliq pardalarning belgilangan joylariga
(sog‘lom yoki zararlangan) tegmasdan (kontaktsiz)
qo‘llashni ta’minlaydi. Sprey bilan instillasiya
preparatni nozik «tuman» shaklida purkalishini
ta’minlaydi. Nasos mexanizmi preparatni aniq dozalash
imkonini beradi. Shuningdek, dozalanmaydigan spreylar
ham bor. Spreylar og‘iz bo‘shlig‘i, burun, sirtga qo‘llash
uchun va mayda kukun saqlovchi spreylarga bo‘linadi.
Spreylar uchun resept yozish qoidalari: aerozollar uchun resept yozish bilan bir
xil.
30 | 30
ADABIYOTLAR
1.
Харкевич, Д.А. Фармакология / Д.А. Харкевич. — М., 2017. — С. 14-36; 691-733.
2.
Ловцова Л.В. Руководство к практическим занятиям по фармакологии / Ловцова Л.В. и
др. – Нижегород. Гос. Мед. Акад. 2016. – 166 с.
3.
Моисеева И.Я. Общая фармакология и рецептура / Моисеева И.Я., Кустикова И.Н.,
Родина О.П., Митишев А.В. – Пензенский гос. ун-т, 2017. – 68 с.
4.
Туровский А.В. Введение в общую рецептуру: учеб. пособие для студ., обуч. по спец.
леч. дело. / Туровский А.В., и др.; Воронеж. гос. ун-т; под ред. Туровский А.В. — Воронеж:
ИПЦ ВГУ, 2017. — 241 с.
5.
Машковский, М.Д. Лекарственные средства / М.Д. Машковский. ─ М., 2016. ─ С. 3-14.
6.
Харкевич, Д.А. Руководство к лабораторным занятиям по фармакологии / Д.А.
Харкевич. ─ М., 2004. ─ 450 с.
7.
Харкевич, Д.А. Фармакология (тестовые задания) / Д.А. Харкевич. ─ М., 2005. ─ 455 с.
8.
Виноградова И.А. Общая рецептура: учебное пособие/ И.А. Виноградова, А.И.
Шевченко, Е.В. Шурыгина. — Петрозаводск, 2001. — 92 с.
Dostları ilə paylaş: |