Toshkent tibbiyot akademiyasi ichki kasalliklar propedevtikasi kafedrasi bemorlarni tekshirish xaritasi



Yüklə 1,03 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/35
tarix11.11.2022
ölçüsü1,03 Mb.
#68668
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
ИКП (Lotincha)-конвертирован (1)

 
 


 
Haroratning sutkalik tebranishi tavsifiga mos ravishda harorat egri 
chizig‘i turlari
 
1- Doimiy isitma sutka davomida ertalabki va kechki tana harorati orasidagi farq 
1°S dan oshmasligi bilan tavsiflanadi; 
2- Bo‘shashtiruvchi isitma – tana haroratining sutkalik farqi 1°S dan yuqori, bunda 
ertalabki minimal harorat 37°S dan yuqori; 
3- Vaqti-vaqti bilan paydo bo‘ladigan isitma – tana haroratining sutkalik farqi 1°S 
dan yuqori, bunda uning eng pastki ko‘rsatkichlari - me’yor ko‘rsatkichlari 
doirasida; 
4- Gektik isitma – tana haroratining keskin oshishi (2-4°S) va uning me’yor yoki 
me’yordan past ko‘rsatkichlargacha pasayishi bilan tavsiflanadi; 
5- Isitmaning teskari turi – ertalabki tanga haroratining kechkiga nisbatan 
yuqoriligi bilan farqlanadi; 
6- Noto‘g‘ri isitma – tana haroratining turli va noto‘g‘ri tebranishlari bilan 
farqlanadi.
 
 
Tana harorati egri chiziqlarining alohida shakli 
1. Qaytuvchi isitma – isitmali davrlar isitmasiz davrlar bilan navbatma-navbat 
almashinadi; 
2. To‘lqinsimon isitma - tana haroratining davriy ko‘tarilishi va so‘nishi bilan 
tavsiflanadi.
 
 
 


 
 
 
Patologik nafas (spirogramma) turlari 
1 – Grokko nafasi – birmuncha Cheyn-Stoks nafasini eslatadi, biroq nafas pauzasi 
o‘rniga keyinchalik nafas harakatlari chuqurligining oshishi va so‘ngra uning 
kamayishi bilan kuchsiz yuza nafas olish kuzatiladi; 
2 - Cheyn-Stoks nafasi – uzoq davom etadigan (bir necha sekunddan 1 
daqiqagacha) nafas tanaffusidan so‘ng dastlab shovqinsiz, yuza nafas paydo 
bo‘lib, u chuqurlashib, shovqinli bo‘lib qoladi va u 5-7 nafasda maksimal 
darajaga etadi, keyin esa qayd etilgan ketma-ketlikda pasayadi va navbatdagi 
qisqa muddatli pauza bilan yakunlanadi;
3- Biot nafasi – uzoq (bir necha sekunddan yarim daqiqagacha) tanaffuslar bilan 
deyarli bir xil vaqt oralig‘ida almashinib turadigan ritmik, biroq chuqur nafas 
olish harakatlari bilan tavsiflanadi; 
4 - Kussmaul nafasi – baland shovqinli katta nafas olish harakatlari bilan 
kechadigan chuqur va siyrak nafas olish. 



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin