Toshkеnt tibbiyot akadеmiyasi «tasdiqlayman» O’quv ishlari bo’yicha prorektor



Yüklə 183.82 Kb.
səhifə1/7
tarix01.01.2017
ölçüsü183.82 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7
TOSHKЕNT TIBBIYOT AKADЕMIYASI

«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Teshayev O.R._________________

«_____» _____________2014 й.


OLIY TA’LIM

ISHCHI O’QUV DASTUR


5A510100 mutaxassisligi bo’yicha magistr tayyorlash – 5А510112- «Davolash ishi» Bakalavriat bazasida jarroxlik

O’quv ish ko’lami– 2606 соат. Xona mashg’uloti – 1018 soat (seminar). Mustaqil ish – 1588 соат.


Toshkent- 2014
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
UASH XIRURGIYASI KAFEDRASI



O’quv- uslubiy boshqarma tomonidan ro’yhatga olindi №______________

«_____» ________________2014 й.



«TASDIQLAYMAN»

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Teshayev O.R._________________

«_____» _____________2014 й.





UASH XIRURGIYA

FANI BO’YICHA
ISHCHI O’QUV DASTUR

Bilim sohasi:

100000 -

Gumanitar soha




500000 -

Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot










Ta’lim sohasi:

110000 -

Pedagogika




510000 -

Sog’liqni saqlash










Ta’lim yo’nalishi:

5111000 -

Kasb ta’limi (5510100-Davolash ishi)




5510100 -

Davolash ishi




5510300 -

Tibbiy profilaktika ishi









Toshkent - 2014

Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.


Tuzuvchi :

Tehsayev O.R. – ТТА UASH xirurgiya kafedrasi mudiri t.f.d..

Xolov Х.А. – ТТА UASH xirurgiya kafedrasi assistenti, т.f.n.

Dadajonov E.M.. – ТТА UASH xirurgiya kafedrasi assistenti


Taqrizchilar:

1. Gospitalva Fakul’tet xirurgiya kafedrasi professoriAsrarov A.A.


Fanning ishhchi o’quv dasturi UASH xirurgiyasi kafedrasining 2014 yil… may…-sonli yig’ilishida muhokamadan o’tgan va fakul’tet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.


Kafedra mudiri Teshayev O.R.

Fanning ishchi o’quv dasturi davolash fakul’teti kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2014 yi …iyundagi ….-sonli bayonnoma)

Fakul’tet kengashi raisi Zufarov P.S.

Kelishildi:

O’quv-uslubiy boshqasrma

boshlig’i, prof.: Azizova F.X.



1. Kirish

Xirurgik kasalliklar tibbiyotning asosiy qismi hisoblanadiki, Bunda ulardan ko’pchiligi jiddiy tibbiy-ijtimoiy muammolarga sabab bo’lad.

Zamonaviy sharoitda bemorlarda, asosan katta yoshli guruhlarda, odatda ichki organlarni bir qancha kasalliklari uchraydi, shu sababdan turlicha bir-biridan farq qiluvchi xirurgik kasalliklarni to’liq hajmli va kerakli darajada kompleks davolash bilimiga ega shifokor-internistga talab ortib boradi, bu esa polipragmaziyadan xalos bo’lish imqonini beradi va bu darajadagi mo’taxasislarni bahosini oshiradi. Bundan tasHG’ari magistr-xirurglar nafaqat profilaktik- davolovchi ishlarni amalga oshiruvchi balki ma’muriyativlik-boshqaruvchanlik, tibbiy-ijtimoiy va tashqiliy-metodologik ishlarni bajaruvchi yuqori kvalifitsirlangan mo’taxasislar hisoblanadi.
1.1.Ta’lim maqsadi:

Xirurgiyaning so’nggi yo’tuqlari va zamonaviy tibbiy texnologiyani qullagan holda ichki a’zolar kasalliklari va ularning asoratlarini diagnostikasi, davolash va profilaktikasi bilimlariga ega yuqori kvalifitsirlangan mo’taxasislarni tayyorlash.


1.2. Ta’lim vazifasi:

  • Xirurgik kasalliklarning epidemiologiyasi, etiologiyasi va patogenezi bo’yicha bilimlarni zamonoviy darajada rivojlantirish;

  • Xirurgik kasalliklarni zamonaviy diagnostika metodlarini qullagan holdabilimlarni

rivojlantirish;

  • Xirurgik mo’taxasislikda davolovchi-diagnostik chora tadbirlarni kerakli bo’lgan hajm va to’plamlarini mustaqil aniqlash bilimlarini oshirish;

  • Ambulaor va statsionar sharoitda xirurgik kasalliklarda kerakli va adekvat davolovchi-diagnostik manipulyatsiya va muolajalarni amalga oshirishni o’qitish;

  • Xirurgik kasalliklarda zamonaviy laborator va insturmental tekshiruv natijalarini interpretatsiya qilishni rivojlantirish;

  • Shoshilinch holatlardagi xirurgik kasalliklarda zamonaviy darajada yuqori kvalifitsirlangan yordam ko’rsatish bilimlarini rivojlantirish;

  • Xirurugik kasaliklarda intensiv terapiya o’tkazish bilimlarini rivojlantirish;

  • Xirurgik kasalliklarda ijtimoiy va mehnat bilan bog’liq bo’lgan reabilitatsion chora tadbirlarni kompleks o’tkazish bilimlarini rivojlantirish;

- Juda keng tarqalgan xirurgik kasalikklardan xastalanish darajasini kamaytirish va asoratlari haqida ogohlantirishga qaratilgan profilaktik chora tadbirlarni hayotga tadbiq qilish bilimlarini rivojlantirish.
1.3. Rezident magistr intizomiga talablar

“Xirurgiya” mo’taxasisligi bo’yicha magistr qilishi kerak:



Taqdim etishi kerak:

-xirurgiya yo’nalishlarida aktual muammolari va yo’tuqlarida haqida;

-ixtisoslashtirilgan markazlarda yuqori texnologiyani qo’llagan holda xirurgik kasalliklarni yangi tekshiruv metodlari, diagnostikasi va operativ davolashni;

-xirurgik patologiyalarda kamjarohatli yondashuvning zamonaviy ishlovi haqida;



Foydalanishni bilish va qila olish:

-ichki a’zolar qon aylanish asoslari, qon bilan ta’minlanishi, topografiyasi va xirurgik anatomiyasi, normal va patofiziologiyasi,

-xirurgik kasalliklar etiologiyasi, epidemiologiyasi, xavf omillari, patogenezining, patomorfologiyaning zamonaviy nazariyasi, zamonaviy klassifikatsiyasi, simptomatika va sindromi, klinik kechish variantlari, bo’lishi mumkin bo’lgan asoratlari va oqibatini ;

-klinik-laborator,immunologik,ul’trtovush, funksional, endosqopik, morfologik, varentgen- radiologik diagnostika metodlari.

-xirurgik kasalliklarda ko’rsatma, qarshi ko’rsatma va konservativ va operativ davolashning zamonaviy metodlarini;

-operativ texnika va xirurgik insturmentariya metodlari;

-xirurgik kasalliklarda operatsiyadan keyingi asoratlari, ularning davosi,birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi.

Ko’nikmalarni bajarishi:

-xirurgik patologiyalari bor bo’lgan bemorlarda yuqori kvalifitsirlangan so’rov o’tkazish;

-xirurgik kasalliklarda fizikal tekshiruvlarni mukammal bajarish;

-xirurgik patologiyalarda foydalaniladigan kerak bo’lgan davolovchi-diagnostik chora tadbirlarni hajm va to’plamini aniqlash;

-xirurgikkasalliklarda kerak bo’lgan davolovchi-diagnostik manipulyatsiyalarni mustaqil olib borish;

-qo’shimcha tekshiruv natijalari interpretatsiyasi(laborator, funksional, gormonal, endosqopik, rentgen-radiologik, immunologik, mikrobiologik,morfologik);

-xirurgik statsionar, reanimatsiya bo’limi va intensiv terapiya sharoitida xirurgik kasalliklarni kompleks individuallashgan holada davolashni mustaqil olib borish;

- xirurgik klinikada shoshilinch holatlarda ba’zi reanimatsion chora tadbirlar va yordam ko’rsatishni olib borish;

- xirurgik kasalliklarda reabilitatsion chora tadbirlarni olib borish va qayta ishlash;

-qonsul’tativ yordam ko’rsatish;

-shifokorlik tibbiy hujjatlarini olib borish.
1.4. Mavjud o’quv fanini o’rganish uchun kerak bo’lgan o’quv fani va uning bo’limlari ro’yhati.

“Xirurgiya” mo’taxasisligidagi magistraturada o’qitishda Tibbiyot Oliygohlarida xirurgik va boshqa klinik kafedralarda umumiy amaliyot shifoqorini tayyorlash dasturi b’yicha o’qitish vaqtida bilim va malakalari yig’iladi. U o’z ichiga oladi:

1. Normal anatomiya (ichki a’zolar tuzilishi)

2. Normal fiziologiya(ichki a’zolar funksional fiziologiyasi)

3. Patologik anatomiya va gistologiya(xirurgik kasalliklarda kasallikning makro- va mikrosqopik substrati).

4. Patologik fiziologiya (xirurgik kasalliklarda kasallikning kelib chiqish mexanizmi, adaptiv-kompensator reaksiya va qonuniylik asosida organizm gomeostazining buzilishi).

5. Bioximiya( Bo’tun organizmda moslashuv-kompensator mexanizmlari kompleksi xirurgik kasalliklari rivojlanishi asosida yotuvchi asosiy bioximik reaksiyalar).

6. Mikrobiologiya(xirurgik sohada etiologik agentning mikrobiologik va bioximik hususiyatlari, ularni identifikatsiya usullari va yuqumli kasalliklarni davolashda mikrobga qarshi optimal tanlov usullari).

7. Ichki a’zolar propedevtikasi (terapevtik kasalliklarda diagnostika usullarida tibbiy so’rov, tekshiruvning fizik metodlari, klinik sindromlar).

8. Ichki kasalliklar (ichki a’zolar kasalliklari etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinik ko’rinishlri, asoratlari,diagnostikasi differensial diagnostikasi, kompleks davolash, reabilitatsiyasi va profilaktikasi).

9. Xirurgik kasalliklar (shoshilinch va rejali xirurgik davolashni talab qiluvchi ichki a’zolar kasalliklari asoratlari, deyarli ko’p uchrovchi xirurgik kasalliklar klinik-laborator va insturmental kriteriyalari).

10.Anesteziologiya va reanimatologiya(ichki a’zolar kasalliklarida shoshilinc yordam berish va reanimatsion chora tadbirlar o’tkazish).

11 .yuqumli kasalliklar (deyarli ko’p uchrovchi yuqumli kasalliklar diagnostik kriteriyalari va davolash asoslari).

12. Ftiziatriya(tuberkulezda ichki a’zolar zararlanishi, klinik-laborator, insturmental diagnostika kriteriyalari).

13. Endokrinologiya (diyarli ko’p uchrovchi endokrinologik kasalliklarni diagnostik kriteriyalari va davolash asoslari,endokrinologik kasalliklarda ichki a’zolarni zararlanishi).

14. Klinik allergologiya (ko’p uchrovchi allergik kasalliklar va sindromlarni klinik ko’rinishi, allergik kasalliklarda ichki a’zolar zararlanishining diagnostik kriteriylari, shoshilinch yordam).

15. Oftalmologiya(terapevtik kasalliklarda ko’rish organi patologiyasi).

16. Dermatoveneralogiya (teri-tanosil kasalliklarida ichki a’zolarning zararlanishi, diagnostik kriteriylari).

17. Gematologiya( anemiya bilan kechuvchi ichki a’zolar kasalliklari, gemoblastozning diagnostik kriteriylari, davolash asoslari).

18. Kasb kasalliklari ( kasbiy zaharlanish, kasbiy kasalliklar, diagnostika kriteriylari, ishga layoqatlik ekspertizasi).

19. Akusherlik va ginekologiya( homilardorlarda terapevtik kasalliklarni kechishi va davolash, homiladorlikni to’xtatishga ko’rsatmalar, ko’p uchrovchi ginekologik kasalliklarni klinik-diagnostik kriteriylari).

20. Onkologiya (ichki a’zolarning onkologik kasalliklarida efta klinik belgilari, laborator- insturmental kriteriylari).

21. Psixiatriya ( ichki kasalliklar klinikasida psixosomatik sindromlar, terapevtik kasalliklarni davolashda psixikaning yatrogen buzilishi).

22. Asab kasalliklari(klinika, ichki kasalliklar klinikasida nevrologik simptomlar va sindromlar, nevrologiyada shoshilinch holatlar).

23. Otorinolaringologiya (umumiy ko’rinish bilan kechuvchi LOR-a’zolari kasalliklari, terapevtik kasalliklarda LOR-a’zolarining zaralanishi).

24. Stomatologiya(ichki kasalliklarklinikasida og’iz bo’shlig’ining mustaqil va yatrogen kasalliklari).

25.Klinik farmakologiya(ta’sir mexanizmi, dori vositalarining farmakodinamikasi, farmakokinetikasi, o’zaro ta’siri).
2. O’quv jarayonini amalga oshirish
2.1. Shtatli jadval: dastur direktori – 1,0 st.

Moderatorlar – 1,25st. Supervizorlar – ROTATSIYA miqdoriga bog’liq holda.



2.2. O’quv bazasining ta’minlanganligi

Mashg’ulotlar Toshkent shahar 1-shahar klinik shifoxonasiga asoslangan TTA UASh- xirurgiyasi kafedrasida olib boriladi. Xirurgik klinika statsionar va kunduzgi statsionardan iborat.

Uning tarkibida bo’limlar faoliyat ko’rsatadi: rejali qorin bo’shlig’i xirurgiyasi,shoshilinch xirurgiya, yiringli xirurgiya, mikroxirurgiya, reanimatsiya va anesteziologiya, fizioterapiya, patalogik anatomiya, rentgen-radiologiya, endosqopiya, klinik va bioximik tekshiruvlar laboratoriyasi,funksional diagnostika. Bundan tasHG’ari mashg’ulotlar proktologiya markazi va RSHTM olib boriladi.

Shu bug’inlarda quyidagi ixtisoslashgan bo’lim va xonalar joylashgan:



  1. Xirurgik va operativ endosqopiya bo’limi;

  2. Ul’tratovush tekshiruv bo’limi;

  3. Umumiy rentgenologiya bo’limi,

  4. EKG xonasi;

  5. FKG xonasi;

  6. Pul’monologiya xonasi;

  7. Gepatolog xonasi;

  8. Gastroenterolog xonasi.

Shifoxonada 3 ta professor va tibbiyo fanlari nomzodi, 5 ta tibbiyot fanlari nomzodi ishlaydi. Operatsion blokda 5 zamonaviy jihozlar va apparatlar bilan ta’minlangan jarroxlik xonasi mavjud.Jarrohlik amaliyotlari oshqozon –ichak a’zolarida olib boriladi, churra kesish,jigar va o’t yullari operatsiyalari(cholesistektomiya, jigar rezaksiyasi, pankreatoduodenal rezeksiya, biliodegestiv anastomoz, jigardan, oshqozon osti bezidan kista va o’smalarni olib tashlash, ). Bo’limda endosqop va laparosqop yordamida oshqozon bo’shlig’i kasalliklarini davolash bo’yicha katta malak to’plangan (oshqozon-ichak traktidan yod tanani va xafsiz o’smalarni olib tashlash, mexanik sariqlikda papillosfinkterotomiya, cholesistektomiya va boshq.).
Anesteziologiya va reanimatologiya kolektivlari juda yuqori darajadagi xavf guruhidagi kasallarga murakkab biotexnologiyani qo’llagan holda anesteziya va intensiv terapiya ko’rsatish malakasiga ega.

Kunduzgi statsionar xirurgiyada ambulator xirurgiya markazi faoliyat ko’rsatadi.

Bu yerda kerakli miqdorda fibrotolali endosqoplar bilan ta’minlangan(gastrosqop, duodenosqop, kolonosqop, bronchosqop), rentgentelevizion texnikalar,Ul’tratovush diagnostikasi apparatlari, yuqori va past intensivlikdagi lazerlar,kompyo’terlar:

1) operativ yondashuv uchun xirurgik laparosqop kerakli insturmentlari to’liq to’plami bilan birga.

2)diagnostik laparosqop;

3) eng zamonaviy ul’tratovushli qurilmalar: Aloka – 630 и 500 (Yaponiya), Sonolayn–Simens (Germaniya).



O’quv blok xonasi: 3 auditorya, ma'ruza zali,ko’rgazmali o’quvasbob anjomlari ( qorin bushlig’i organlari kasalliklari klinikasi,diagnostikasi,xirurgik davosi xaqida ma'lumotlar,Jadvalda yurak ,o’pka,tomir, slaydlar, vidеofilmlar).Ko’tubxona o’quv zalida tibbiy adabiyotlar bo’lishi..
2.3. Mo’taxasislik tartibi bo’yicha o’quv ish kulami.


Semestr

Mehnat hajmi

Mashg’ulotlar xillari bo’yicha o’quv ish kulami taqsimlanishi.(soatlar)


Mustaqil ish

Hammasi

Amaliy va sеminar mashg’ulotlari

Magistr praktikasi (tеmatik ROTATSIYA)

Nazariy bilimni mustaqil o’zlashtirish

Tеmatik ROTATSIYAlarni mustaqil o’zlashtirish.


I

810

540

200

340

100

170

П

896

600

240

360

116

180

III

720

480

100

380

100

190

IV

786

520

220

300

116

150

V

780

520

140

380

70

190

VI

912

616

144

472

60

236

Жами

4904

3276

1044

2232

562

1116



2.4. Magistrlar uchun sеmеnar mavzular.

UMUMIY XIRURGIYA SAVOLLARI.



  • Xirurgiya, prеdmеtiva vazifalari,tarixi,zamonaviy holati

  • vapеrspеktivlari, xirurgiyaga qo’yilgan talablar.

  • Asеptika va antisеptika

  • qon va qon kеtish

  • Xirurgik instrumеntlar

  • Bog’ov matеriallari

  • Xar-xil to’qimalarni kеsish va biriktirish.

XAZM AILISH SISTEMASI ANATOMIYASI VA FIZIOLOGIYASI

  • Topografik anatomiya 1.

  • Topografik anatomiya 1-2.

  • Topografik anatomiya 2.

  • Xazm qilish fiziologiyasi,qizilo’ngach, oshqozon,12 bormoq

ichak,jigar funksiyalari.

  • Xazim qilish sistеmasi tеkshirish mеtodlari.

OSHQOZON ICHAK TRAKTI KASALLIKLARI



  • Churralar xaQida bilish:umumiy savollar

  • Qorin churralari: Xususiy gеrniologiya.

  • Qorin churralari: Churra asaratlari.

  • O’tkir appеnditsit. Klinika, diagnostika, diffеrеntsial

diagnostika

  • O’tkir appеnditsit. Xirurgik davolash, xatolar va asoratlari.

  • Oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi 1: etiologiya va

patogеnеzi, klinikasi, diagnostikasi.

  • Oshqozon va 12 barmoq ichak yara kasalligi 2: qonsеrvativ

tеrapiyasi va xirurgik davosi savollari.

  • Oshqozon va 12 barmoq ichak tеshilgan yarasi.

  • Oshqozon ichak trakti yuqori kisimlaridan qon kеtish.

  • Klinikasi, diagnostikasi davolash taktikasi.

  • Oshqozon va 12 barmoq ichak jarohatlari va kam uchrovchi

kasalliklari.

  • Oshqozono’smalari.

  • Postrеzеktsion va postvagotomik sindromlar.

  • Oshqozon opеratsiyasidan kеyingi asaratlar.

  • Qizilo’ngach kasalliklari 1: Oshqozon tugma patologiyasi,

qizilo’ngach -bronxial okmalari. Kardiospazm, rеflyuks -

ezofagit


  • Qizilo’ngach kasalliklari 2: Qizilo’ngach jarohatlari.

  • Qizilo’ngachda yot jisimlar,qizilo’ngach ning qo’yishi.Qizilo’ngach

O’smalari. Qizilo’ngach plastikasi

  • Diafragma kasalliklari: jarohatlanishi, travmatik diafragma

churralari, rеlaksatsiya

  • Diafragma kasalliklari: Diafragma qizilo’ngach tеshigi

churralari.Difragma kam uchrovchi churralari.

  • UIT: tushunchasi, klassifikatsiyasi va etiopatogеnеzi.

  • UIT: Ichak to’tilishining obturatsion va strangulyatsion

formalari

  • UIT: Dinamik ichak to’tilishi

  • Mеzеntеrial qon aylanishi O’tkir buzilishi.

  • Ingichka va Yo’g’on ichak kasalliklari. Ingichka ichak va uning

to’tkichi usmalari. Kartsinoidlar va kartsinoid sindrom. Kron

kasalligi



  • Ingichka va Yo’g’on ichak kasalliklari. Nеspеtsifik yarali kolit,

surunkali kolostaz

  • Yug’on ichak kasalliklari. Yug’on ichak usmalari

  • Tug’ri ichak kasalliklari.

GЕPATOPANKRЕATODUODЕNAL ZONA ORGANLARI

PATOLOGIYASI, PORTAL GIPЕRTЕNZIYA


  • Jigarning xirurgik kasalliklari. Abssеsslar, kistlar,

sirrozlar.

  • Jigarning xirurgik kasalliklari. Jigarning yaxshi va yomon

sifatli o’smalari. Jigar rеzеktsiyasi.

  • portal gipеrtеnziya sindromlari.

  • Exinokokk kasalligi.

  • O’t-tosh kasalligi, etiopatogеnеzi, klinikasi,

diagnostikasi,davosi.

  • O’tkir xolеtsistit va o’t yullari kasalliklari asoratlari.

  • Oshqozon osti bеzi kasalliklari. O’tkir pankrеatit.

  • Etiologiyasi, klinikasi, asoratlari, diagnostikasi,davosi.

  • Oshqozon osti bеzi kasalliklari. Surunkali pankrеatit.

  • Etiologiyasi, klinikasi, asorati, diagnostikasi,davosi.

  • Oshqozon osti bеzi kasalliklari. Oshqozon osti bеzi kista va

O’smalari.

  • Xirurgik infеktsiya 1.

  • Xirurgik infеktsiya 2.

  • Xirurgik infеktsiya 3.

  • Xirurgiyada antibiotiklar.

  • Urologik kasalliklarning o’tkir qorin niqobi ostida uchrashi.

  • Ginеkologik kasalliklarning o’tkir qorin nikobi ostida

uchrashi.

  • O’tkir pеritonit. Klassifikatsiyasi, etiopatogеnеzi, klinikasi

va diagnostikasi o’tkir tarqalgan pеritonit .

  • O’tkir pеritonit. Pеritonitlar davosi. Pеritonеal dializ.

  • Drеnaj naychalar va tamponlar xaqida bilish.

  • Qorin jarohatlari.Qorinning yopiqjarohatlari.

  • Qorin jarohatlari.Tеshib o’tuvchi jarohatlar.

  • Shok. Gipovolеmik. Sеptik. Kardiogеn.

  • Shok. Gеmorragik. Travmatik. Anafilaktik. Shokni davolashda

asosiy printsiplari.

  • Umumiy jarohatlar.

  • Ko’krakqafasi jarohatlari.Yopiq

  • Ko’krakqafasi jarohatlari.Ochiq,Kushma jarohati

  • Suv-elеktrolit va kislota-ishkor muozanati.

  • Qon va qon komponеntlarini qo’yish.

  • O’tkir artеrial to’tilish.

  • O’tkir vеnoz trombozi.

  • Xirurgik gastroentеrologiyada ovqatlanish.

  • Xirurgik gastroentеrologiyada ovqatlanish.Asoratlangan

opеratsion davrda oziqlanish. Parеntеral oziqlanish.

XIRURGINI BIR NЕCHA UMUMIY SAVOLLARI.



  • Xirurgiyada kritik holatlar.

  • Lazеr xirurgiyasi.

  • Tuqima va organlar transplantatsiyasi.

  • Xirurgiyada fiziotеrapiya.

XIRURGIYaDA YANGI TЕXNOLOGIYALAR

  • Miniinvaziv xirurgiya.

  • Rеntgеnendobiliar xirurgiya.

  • Rеntgеnendovaskulyar xirurgiya.

  • Endovizual xirurgiya-1.

  • Endovizual xirurgiya-2.

  • Endovizual xirurgiya-3.

  • Endovizual xirurgiya-4.





Поделитесь с Вашими друзьями:
  1   2   3   4   5   6   7


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2019
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə