O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Olimpiya o’yinlarida, jahon chempionatlarida yuqori natijalarga erishgan mamlakat sportchilarini xar tomonlama qo’llab-quvvatlash yuzasidan qator chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Jumladan Olimpiya o’yinlarida birinchi o’rinni egallagan sportchiga 100 ming, ikkinchi o’rin uchun 50 ming va uchinchi o’rin uchun 25 ming AQSh dollori miqdorida mukofotlar belgilandi. Mamlakat terma jamoa a’zolariga jahonning nufuzli musobaqalariga sifatli tayyorgarlik ko’rishi uchun istalgan sport inshootlaridan bepul foydalanish xuquqi, shuningdek, boshqa shart-sharoitlar yaratib berildi. Ana shunday imkoniyatlar O’zbekiston sportchilarining Sidney, Afina, Pekin, London olimpiadalarida muvoffaqiyatli qatnashishini ta’minladi.

Mamlakatda faoliyat yuritayotgan 584 ta bolalar va o’smirlar sport maktablari va ihtisoslashgan bolalar va o’smirlar olimpiya zaxiralari maktablari, 11 ta olimpiya o’rinbosarlari bilim yurti hamda 8 ta Respublika oliy sport mahorati maktabida yuqori malakali, iste’dodli sportchilar tayyorlanmoqda. Malakali sportchilarni tayyorlash bilan birga, ommaviy sportni rivojlantirishda sport jamoalari, federatsiyalar va boshlang’ich sport jamoalari, tomonidan sezilarli ishlar amalga oshirildi. 1991 yilda yurtimizda 52 ta sport turi mavjud bo’lsa, 2000 yilga kelib ularning soni 70 taga yetdi. Bugungi kunda amalda bo’lgan 70 ta sport turidan 25 tadan ortig’i barcha hududlarda keng rivoj topib, ularni ommalashtirish uchup tegishli sharoitlar yaratilmoqda. Mazkur ishlar evaziga sport bilan shug’ullanayotganlarning soni yildan-yilga ortib bormokda