(Bazis plastmassasini tayyorlash va polimerizatsiya jarayoni). 5. Protez gipsdan tozalaniladi, so`ng shlifmator yordamida karborund toshlar,
egov, shtihel va shaberlar yordamida ortiqcha plastmassalarni belgilangan
chegaralargacha olinadi. Mahsus qog`oz ushlagichga qum qog`oz urnashtirilib,
shlefmator yordamida protez silliqlaniladi. So`ngra turli shakldagi filtslar
yordamida tishlar orasi va tishlarning o`zi silliqlaniladi, keyin protez asosining
tashqi yuzasi silliqlaniladi. Bunda protez yuzasi doimo pemza (gil tuprok) but-
kasi bilan hullab turiladi. Ohirida qattiq щetk orqali bur (mel) bilan yaltiroq
bulgungacha silliqlaniladi.
(Olib qo`yiladigan qisman plastinkalik tish proteziga ishlov berish). 6.
Protezga baho beriladi, ya’ni uning sifati, yaltirashi (silliqlik) darajasi,
qalinligiga ahamiyat beriladi. Protez asosining qalinligi 1,5 mm ko`p bo`lsa,
frez yordamida olib tashlanadi. (YUqori jag` uchun). Agarda protez asosining
(bazisning) chetlari (chegaralari) o`tkir qirralari bo`lsa olib tashlanib, silliq
yumalok shakl beriladi. Protezning «A» chizik sohasi qalin bo`lsa, uni
yupkalashtiriladi. Agarda tish bo`yin sohalarida notekisliklar va yaltiratish sifati
past bo`lsa, tish texnigiga qaytadan ishlov berish uchun yuboriladi. Ilmoqning
o`tkir qirrasilari yumaloqlashtiriladi. Tishlarni terish sifatiga e’tibor beriladi.
Bemorda tekshirib ko`rishda, tish protezini og`izga kiritilishida tabiy tishlar so-
hasida protez ushlanib qolishi mumkin. Bunday holatda qora qog`oz yordamida
tabiiy tishlar sohasida ortiqcha plastmassa frez yordamida, protez o`z o`rniga
to`la tushguncha olib tashlaniladi. Protez o`z o`rniga to`la tushgandan keyin
o`tuv burmasi buylab, harakatchan shilliq qavat holati aniqlaniladi. Ilmoqlar
tishning ekvator bilan buyin sohasi oraligida joylashuvini, butun yuza bo`yicha
tishga tegib turishini, ortiqcha bosim ko`rsatmasligi aniqlaniladi.
Protezning fiksatsiya va stabilizatsiyasi tekshiriladi. Prikus balandligi va
markaziy okklyuziya holati ko`riladi. Bunda tishlar bir-biri bilan maksimal
jipslashgan holatda bo`lishi kerak. Hato va kamchiliklar aniqlaniladi va bartaraf
qilinadi.