«Зеркало » - «Ko‘zgu» buyrug‘i Kompyuterda grafik axborotlarni biror chiziqqa nisbatan simmetrik tasvirlarini
«Zerkalo»-«Ko‘zgu» buyrug‘idan foydalanib osongana yasaladi. «Зеркало »-«Ko‘zgu» buyrug‘i
quyidagi algoritm asosida bajariladi:
1. Ob’ekt ajratiladi va «Зеркало »-«Ko‘zgu»
buyrug‘i «Sichqon» yordamida yuklanadi.
Shunda, muloqotlar darchasida navbatdagi «Simmetriya o‘qining birinchi nuqtasini kiriting»
so‘rovi paydo bo‘ladi. Bu so‘rovga, so‘ralgan nuqta kiritilgach, navbatdagi «Simmetriya o‘qining
ikkinchi nuqtasini kiriting» so‘rovi paydo bo‘ladi.
2. Ikkinchi so‘ralgan nuqta kiritilgach, so‘ngi «Berilgan tasvir yo‘qotilsinmi yoki
yo‘qotilmasinmi (Da\Net) so‘rovi paydo bo‘ladi. Bu qo‘shimcha buyruqlarni birortasini bosh harfi
kiritiladi. Agar
D harfi kiritilsa, berilgan tasvir chizmadan yo‘qolib, unga simmetrik bo‘lgan tasvir
paydo bo‘ladi. Agar
N harfi kiritilsa, berilgan tasvir chizmada o‘z o‘rnida qolib, unga simmetrik
bo‘lgan tasvir paydo bo‘ladi. Kompyuter har doim N harfini taklif qiladi. Shuninig uchun ikkinchi
so‘rovga simmetriya o‘qining ikkinchi nuqtasini kiritib,
«Enter» tugmasi yuklansa, berilgan
chizmaga simmetrik bo‘lgan tasvir, masalan berilgan ikki aylanaga, simmetriya o‘qi-tasvirdagi
to‘g‘ri chiziqqa nisbatan ikkita aylana chizilib qoladi.
«Подобие » - «Ob’ektni o‘zgartirmay berilgan masofaga surish» buyrug‘i va undan foydalanish
algoritmi
«Подобие »-«Ob’ektni o‘zgartirmay berilgan masofaga surish»
buyrug‘idan
foydalanib biror chizmani ekranning bir joyidan ikkinchi joyiga berilgan masofada o‘ziga parallel
holda, bir va bir nechta tasvirlarini yasash mumkin. Ekrandagi biror kesmaga 25 mm uzoqlikda
o‘ziga parallel bo‘lgan kesmani bir yoki bir nechta tasviri bu buyruqdan foydalanib, kuyidagi
algoritm asosida bajariladi:
1. «Подобие »-«Ob’ektni o‘zgartirmay berilgan masofaga surish» buyrug‘i «Sichqon»
yordamida yuklanadi.
Muloqatlar oynasida quyidagi so‘rov paydo bo‘ladi: «Surish masofasini kiriting». So‘ralgan
masofa, masalan, asosiy yozuv kataklarini bajarish uchun 5 mm (mm lar yozilmaydi) terib kiritiladi
va «Enter» bilan qayd etiladi. Shunda, muloqatlar qatorida navbatdagi so‘rov paydo bo‘ladi:
«Surish ob’ektini tanlang».
2. Kesma kvadrat nishoncha bilan ajratiladi. Shunda, navbatdagi so‘rov paydo bo‘ladi:
«Surish nuqtasini va yo‘nalishini belgilang». Surish nuqtasi va tomoni kursor yordamida «Sichqon»
bilan ko‘rsatiladi va yuklanadi. Natijada, kesmadan berilgan masofada unga parallel bo‘lgan kesma
chiziladi. Bu amallarni qayta-qayta bajarib, oraliqlari berilgan masofaga teng va o‘zaro parallel
bo‘lgan kesmalar dastasini chizish mumkin. Bunda har gal ohirgi chizilgan kesma surish ob’ekti
sifatida olinadi, (1-rasm).