31
«Dlina» - faska tomonlarining o‘lchamlarini kiritish buyrug‘i.
«Obrezka»-faskasi bajarilgan burchakni kesib tashlash yoki uni kesmay qoldirish
imkoniyatini berish buyrug‘i.
Burchakning birinchi tomoni ekranda paydo bo‘lgan kvadrat nishoncha bilan ko‘rsatiladi.
2. Shunda, muloqotlar oynasida burchakning ikkinchi tomonini ko‘rsatish so‘raladi. Ikkinchi
tomoni ham ko‘rsatiladi va shu ondayoq burchak tomonlari kesilib faskasi bajariladi, 59-rasm, chap
tomonidagi chizma.
Agar, faska qiymatini o‘zgartirish zarur bo‘lsa, yuqoridagidek,
avval buyruq tugmasi
yuklanib, «Dlina» so‘zini D harfi kiritiladi. Shunda, so‘ralgan birinchi tomonni faska o‘lchami va
undan keyin so‘ralgan ikkinchi tomon o‘lchamlari kiritiladi. So‘ngra, yangi faska qiymatlarida
faska bajarish uchun so‘ralgan tomonlar ketma-ket kiritiladi va faska o‘lchami
kiritilgan
qiymatlarga teng bo‘lib bajariladi.
Agar, ko‘purchakning hamma burchaklarini birdaniga faskasini olish zarur bo‘lsa,
qo‘shimcha «Poliliniya» buyrug‘idan quyidagicha foydalaniladi:
1. «Faska» buyrug‘i yuklanadi. Muloqatlar qatoridagi so‘rovga «Poliliniya» so‘zini
to‘laligicha terib kiritiladi va «Enter» bilan qayd etiladi;
2-rasm
2. Ekrandagi ko‘pburchakning biror tomoni kvadrat nishoncha bilan «Sichqon» yordamida
yuklanadi. Shunda, ko‘pburchakning burchaklari avval kiritilgan faska o‘lchamlarida faskasi
bajarilib qoladi, 2-rasm, o‘ng tomondagi chizma.
Dostları ilə paylaş: