102
Insert jadvali
Chizmani tahrirlash buyruqlari panelidan o‘rin olgan buyruqlar.
V
(men bilgan)
-
(men bilganga zid)
+
(men uchun yangi)
?
(menga tushunarsiz)
9-mavzu: 2D muhitda Proyeksion chizmachilikka oid chizma bajarish.
O‘quvchi va talabalar grafik ishi vazifasin
birinchi grafik ishi kabi, gurux
jurnaldagi tartib
raqamiga mos bo‘lgan vazifa variantini o‘z ustozlaridan oladilar. Bunda, bir nechta oddiy sirtlardan
tashkil topgan geometrik predmetning ikkita ko‘rinishi, ko‘p
hollarda oldidan va ustidan
ko‘rinishlari berilgan bo‘ladi.
Grafik ishini avvalgi mashg‘ulotlarda olingan bilim va ko‘nikmalar
asosida quyidagi
bosqichlarda bajarish tavsiya etiladi:
1. Bu vazifadagi o‘lchamlar
tahlil qilinib, II-grafik ishini bajarish uchun format tanlanadi.
Ko‘p hollarda vazifa A3 formatda bajariladi. Agar, A3 format xotiraga saqlangan bo‘lsa,
undan
foydalanish mumkin.
103
Chizmani xuddi qog‘ozda bajargandek, berilgan har bir ko‘rinishlarning, avval
simmetriya
o‘qlari bilan markaz chiziqlarini o‘tkazib olinadi. So‘ngra, predmetning bosh (oldidan), ustidan va
chapdan ko‘rinishlari ketma-ket bajariladi. Vazifani avval homaki variantini qog‘ozda bajarib,
uning to‘g‘riligini ustozidan tekshirtirib olingach, komp’yuterda bajarish tavsiya etiladi.
2. Kerakli kesim va qirqimlar bajarilib, kesilgan (qirqilgan) yuzalari shtrixlanadi.
3. Predmetning berilgan ikki ko‘rinishida ko‘rsatilgan o‘lchamlarini,
uning uchta
ko‘rinishiga taqsimlab, DST talablariga mos holda qo‘yib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: