Hikoya Hikoya kichik hajmli badiiy asar bo’lib, unda kishi hayotidagi ma’lum bir voqea hayotning muhim tomonlari umumlashtirib tasvirlanadi. “Hikoya ko’pincha kishi hayotida bo’lgan bir epizodni tasvir etadi. Uning mazmuni ertakdagidan ortiqroq hayotiydir”. Hikoya mazmunan Kichik yoshdagi bolalarni qahramonning xatti-harakati, tashqi ko’rinishi, portret tasviri, voqea-hodisalar haqidagi hikoyalar ko’proq qiziqtiradi. SHuning uchun bolalarni badiiy asar turi bo’lgan hikoya bilan tanishtirish uning syujetini tushuntirishga bog’lab olib boriladi.
Hikoya mazmuni, odatda, savollar asosida tahlil qilinadi. Bunda savollar qatnashuvchi shaxsning xatti-harakati va xarakterini tahlil qilishga qaratilgan bo’ladi.
Hikoyani o’qishda hikoya mazmunini tahlil qilish va shu asosda bolalar nutqini o’stirish asosiy o’rin egallaydi. Hikoya o’qilgach, bolalar o’ylashi, o’z mulohazalarini aytishi uchun tayyorlanishga vaqt berish talab etiladi. O’qilgan asar yuzasidan beriladigan dastlabki savollardan maqsad hikoya bolalarga yoqqan-yoqmagani, undagi qaysi qaxramonning xarakteri bolaga ta’sir etgani, bolalar kim yoki nima haqida hikoya qilib berishni istashini bilishdan iborat. Shundan keyingina hikoya xarakterini tushunishga, nihoyat, asarning asosiy g’oyasini bilib olishga yordam beradigan savollardan foydalaniladi. Savollardan ikki maqsadda: hikoya mazmunini tahlil qilish hamda faktlar, mulohazalar, xulosalarni taqqoslash, voqea-hodisalar, xatti-harakat o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash va umumlashtirish uchun foydalaniladi
Maqollar Halq ogzaki ijodida maqollar etakchi o’rinda turadi.
Xalq yaratgan g’oyat ixcham, chuqur va tugal ma’noli gaplar maqol deb yurutiladi. Maqol halqning, bir necha avlodlarning aqlu farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir.
Maqollar chuqur ma’noni ifoda etishi, ihcham,pishiq va puhtaligi bilan halq ogzaki ijodining boshqa turlaridan farq qiladi. Shu sababdan maqollar bolalarni togri, mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ihcham va lo’nda bayon etishga o’rgatadi, ularning badiiy didini oshiradi.
Maqollar bolalarning ona-tilining eng nozik badiiy hususiyatlarini bilishga va so’z boyligini oshirishga ko’maklashuvchi vosita sifatida hizmat qiladi,
Maqollar mavzu jihatdan boy, xilma-xil va rang- barangdir.
Ona vatanni sevish va uluglash goyalari:
Bulbul chamanni sevar,
Odam - Vatanni sevar.
Ona yurting omon bolsa,
Rangi ruying somon bo’lmas.13 Do’stlik, birdamlik, ahillik goyalari:
Ko’kka boqma, ko’pga boq!
Do’st so’zini tashlama,
Tashlab boshing qashlama.
Mehnat va mehnatsevarlik goyalari:
Mehnat mehnatning tagi rohat.
Daraxt yaprogi bilan ko’rkam.
Odam mehnati bilan ko’rkam.
Yahshilik, halollik, to’grilik kabi goyalar uluglanadi.
Yahshi bilan yursang etarsan murodga,
Yomon bilan yursang, qolarsan uyatga.
Yahshidan ot qolar.
Yomondan dog qolar.