Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yordamchi tarix fanlari


Amir Temur va temuriylar tangalari



Yüklə 5,12 Mb.
səhifə64/91
tarix20.09.2023
ölçüsü5,12 Mb.
#145931
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   91
erdamchi-tarih-fanlari

Amir Temur va temuriylar tangalari.
Amir Temurning iqtisodiyot islohotchisi sifatidagi o‘rni. XIV-XV asrlarning ikkinchi yarmida jahonning tarixiy maydonida siyosat va sarkardalik dahosi Sohibqiron Amir Temur tomonidan davlat tuzildi.
Amir Temur yirik bek va amirlarning mamlakat parokandaligiga qarshi kurashib, Markaziy Osiyoni yagona davlatga birlashtirdi. Shuningdek, Afg‘oniston, Eron, Iroq, Hindiston, Kavkaz orti, Anatoliya va Suriya xalqlarini yagona saltanatga birlashtirib, uni 35 yil davomida, ya’ni 1360 yildan 1405 yilgacha boshqardi.
Iqtisodiyot islohotchisi sifatida Amir Temur haqida afsuski shu kunga qadar kechirib bo‘lmaydigan darajada juda oz aytilganki, qaysikim uning shubhasiz dohiyligi - o‘zi tuzgan saltanatdagi yuritgan iqtisodiy siyosatida ham namoyon bo‘ldi, xususan uning pul-moliya tizimini rivojlantirish hamda pul siyosatining mintaqaning iqtisodiy yuksalish jarayoniga ta’sir etishdagi qo‘shgan hissasi beqiyosdir. Chunki aynan pul-moliya tizimi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishida, ichki bozor hamda tashqi dunyo bilan savdo-sotiqning rivojlanishida eng asosiy omillardan biri bo‘lgan edi.
Amir Temur saltanatgaqo‘shilgan hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ham katta ahamiyat bergan. “Temur tuzuklari”da u shunday jumlalar keltirgan: “Qandaydir hududni egallab olganimda yoki qandaydir hudud menga qo‘shilganda, men ifloslanib ketgan ariqlarni tozalashni, daryolarga ko‘priklar qurishni va tuzatishni, hamda bir kunlik oraliqda bo‘lgan masofalarga karvon-saroylar qurishni buyurardim. Karvon-saroylarda nazoratchilar va yo‘l soqchilari bo‘lishardi. Ular savdogarlarning xavfsizligiga va karvon-saroy ichidagi o‘g‘riliklarga javobgar edilar. Har bir shaharda masjid, madrasa va xonaqohlar qurishni, faqiru miskinlarga langarxona (g‘aribxona) solishni, kasallar uchun boshpana va shifoxonalar qurishni buyurar edim. Shuningdek shaharda davlat maslahatchilari va qozilar uchun binolar qurishni talab qilardim. Men ekinzorlar, hamda fuqarolar xavfsizligi uchun maxsus soqchilar tashkil qildim”.
O‘sha davr tarixiy haqiqati shundan iboratki, hududlarning Amir Temur saltanatiga qo‘shilish jarayonida ularda xo‘jalik faoliyatining hamma jabhalarida tiklanish bo‘lgan va ular saltanatning iqtisodiy yuksalgan viloyatlariga aylanganlar.
Amir Temur pul tizimining boshlanishi Chingizxonning birinchi avlodlariga to‘g‘ri keladi, qachonki tangalarda - pul, tanga, sommolar kabi pul - qiymati birligi nomlari paydo bo‘la boshladi. Bu nomlar hozirgi davrgacha saqlanib qolgan va Markaziy Osiyodagi bir qator yangidan tashkil bo‘lgan davlatlarning milliy pul birligini belgilamoqda.
Amir Temur tomonidan yagona va hamma uchun majburiy pul siyosati o‘tkazilib u doimo o‘zining shaxsiy nazorati ostida bo‘lgan. Ma’lumki, 1393 yilda Jaloyir G‘iyosiddin Ahmaddan (1382-1410) kelgan elchilarni qabul qilishda, Amir Temur o‘z qaramog‘ida bo‘lgan hududda o‘zi uchun “xutba” namozini joriy etishni va uning nomi bilan tangalar zarb etishni qat’iy talab qilgan.

Yüklə 5,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin