SIFATIDA
l.l.
Ma`naviyat.
ma`naviy
barkamollik
inson
tarbiyasining
maqsad va vazifalari.
Ma`naviyat avlod-ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan bizlarga qolgan eng
katta, bebaho boylik, bitmas-tuganmas xazinalar konidir. Xalqimizning
ma`naviy
poydevori
juda
qadimiy
va
mustahkamdir.
Bugungi kunda ma`naviyat masalasi ijtimoiy hayotimizning asosiy
masalalaridan biriga aylanib qoldi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq bu
masalaga katta va uzluksiz e`tibor berib kelinmoqda.
Erksevar xalqimiz mustaqillik tufayli o’z eri, o’z tili, o’z diniga ega bo’ldi;
milliy g`ururi, izzat obro’si tiklanib, endilikda qadriyatlarimiz, ma`naviy
merosimizdan baxramand bo’lmokdamiz. Mustaqillik va ma`naviyat bir–biriga
g`oyat bog`liq tushunchalardir. Ma`naviyati buyuk xalqni qul qilish, abadiy
istibdod zulmi ostida saqlash mumkin emas. Bunday ma`naviyatning kamol
topishi, qalblarga singishi uchun Mustaqillikni mustahkamlash ham lozim bo’ladi.
Qudratli kelajagi buyuk davlat, buyuk ijtimoiy–iqtisodiy islohotlar qudratli
ma`naviyat zamirida vujudga keladi. Har bir alohida shaxsning va butun millatning
ma`naviy kamoloti orqali demokratik huquqiy davlat barpo etiladi. Davlatimiz
rahbari shu bois ham ma`naviyat va ma`rifatga doimo katta e`tibor berib kelmoqda.
SHu oqilona siyosat tufayli xalqimiz o’zligani tanib, o’z shajarasini idrok etmoqda,
tarix oldidagi vazifasini anglab olmoqda
Inson ma`naviyatini yuksaltirmasdan turib, xalqimiz hayoti va turmushi
yuksalishida, hamda mamlakatimiz taraqqiyotida muvaffaqiyatlarga erishish qiyin.
Islohatlarning birinchi bosqichida milliy ma`naviyatni yuksaltirish yo’lida
ko’zlangan maqsad to’la amalga oshirildi va ikkinchi bosqichda amalga oshirilishi
lozim bo’lgan vazifalarga zamin hozirlandi. Ma`naviy, mafkuraviy parokandalik
davriga barham berildi. Ijtimoiy hodisalar bilan birga milliy ma`naviyatimiz
yuksala bordi.Xalqning ma`naviyati va madaniyati, unish xaqiqiy tarixi va o’ziga
xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilanish va taraqqiy ettirish
yo’lidan muvaffaqiyatli olg`a siljishida hal qiluvchi, ta`bir joiz bo’lsa, belgilovchi
ahamiyatga egadir. Haqiqatan faqat ma`naviy erkin va ozod xalq teran va komil
tafakkur tufayli har sohada katta yutuqlarga erishishi mumkin. Boshqacha
aytganda, faqat ma`naviy sog`lom, kuchli jamiyatgina islohatlarga tayyor bo’lishi
mumkin.
- 6 -
Ma`naviy tarbiya sohasida ko’zbo’yamachilikka yo’l qo’yish nihoyatda
xatarli. Ma`naviyat jamiyat hayotining shunday bir nozik, ahamiyatli sohasiki, bu
borada xo’jako’rsinga ish qilish iqtisodiy va siyosiy sohalarda kugilmagan turli
inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ayniqsa, bu sohada o’zi bo’larchilik va
lo’ttibozlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi. Kishilarda, xususan yoshlarda yangi
ma`naviyatning shakllanishi ancha murakkab va mashaqqatli jarayon xisoblanadi.
Buni amalga oshirish uchun keng ko’lamli madaniy, tarixiy, ma`rifiy, tarbiyaviy
ishlarii amalga oshirish kerak bo’ladi. Eski tuzum sharoitida tarkib topgan
ma`naviy inqirozga barham berish, yangicha tafakkurga ega bo’lgan insonni
shakllantirish murakkab, muayyan davrni talab qiluvchi, asta–sekin amalga
oshadigan jarayon bo’lganligi sababli tarixning burilish davrlarida jamiyat
hayotida ma`na–viy bo’shliq holatlari ham yuzaga kelishi tabiiydir.
Bu bo’shliq jamiyat uchun iqtisodiy, siyosiy inqirozga nisbatan ancha
xatarliroq
kechadi.
Bunga
keyingi
vaqglarda
yuz
bergan
mudhish
voqealar yaqqol misol bo’la oladi. SHu sababli tarixiy burilish davrlarida ob`ektiv
tarzda yuzaga keladigan bunday holatlarni chuqur anglab, ularga to’g`ri
munosabatda bo’lish lozim. Mamlakatimiz rahbariyati buni to’g`ri anglab, bunday
holatlarning qalqib yuzaga chiqishining oldini faqat odamlarimiz, avvalambor
yoshlarimizning iymon–e`tiqodini mustahkamlash, irodasini baquvvat qilish, ularni
o’z mistaqil fikriga ega bo’lgan barkamol insonlar etib tarbiyalash orqaligina olish
mumkinligini, mustaqillik tafakkuri, ma`naviyatini shakllantirish, maqsad, vazifa,
vositalari yo’llarini izlab topish, hayotga joriy etish orqali hal etish mumkinligini
ta`kidlab kelmoqda. Zotan, yosh mustaqil mamlakatimizning kelajagi uchun
ma`naviyati
yuksak,
barkamol
insonlar
zarur.
Sharqona odob–axloq va umumbashariy g`oyalarni ongiga singdirib olgan
kishi yuksak ma`naviyatli, ya`ni ma`naviy barkamol, komil inson hisoblanadi.
Ma`naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e`tiqodi, ruhiyati, xulq–atvor
normalari, axloq–odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma`naviy
barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini
o’ylaydilar.
Ular
muteliqda,
qaramlikda
yashashni
istamaydilar.
Sog`lom deganda, biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni emas, balki
ma`naviy boy avlodni, aqliy rivojlangan, axloqiy pok, ma`rifatli farzandlarni,
avlodni tushunmog`imiz kerak. Bunday kishilar o’zlarida xalqimizning eng ardoqli
fazilatlari – iymon va insof, mehr–oqibat, shafqat va rahmdillik, uyat va andisha,
or– nomus, o’zaro hurmat, yuksak Vatanparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi
qadriyatlarni
va
g`oyalarni
mujassamlashtirgan
bo’lishlari
lozim.
Erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gap ketganda
quyidagi to’rt jihatga e`tiborni qaratish kerak, ya`ni har bir fuqaro:
- 7 -
– o’z haq–huququni taniydigan bo’lsin, buning uchun kurashsin;
– o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bo’lsin, imkoniyatlarini ishga
solib, samarasini ko’rsin;
– atrofda sodir bo’layotgan voqea–hodisalarga mustaqil munosabat bildira
olsin;
– shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg`un holda ko’rib,
faoliyat yuritsin.
Bular barkamol inson fazilatlari haqidagi aniq va to’liq ta`rifdir. Ma`naviy
barkamol inson shon–shuhrat, mansab, moddiy boylik ketidan quvmaydi, moddiy
qiyinchiliklarga duch kelganda qaddi bukilmaydi, ba`zan uyushtirilgan tuhmatu–
fitnalar uning ruxini tushira olmaydi. Demak, har qanday shum taqdir va qismat
pokiza, mard, ma`naviy barkamol inson ma`naviyatini buza olmaydi, balki
mustahkamlaydi, chiniqgiradi. Yuksak darajadagi ma`naviyatga ega inson –
fidoyilik, jasorat, mardlik, o’z xalqini sevish, Vatanni qadrlash, ajdodlaridan
faxrlanish kabi olijanob fazilatlari bilan ajralib turadi. Insonning insonligi, birinchi
navbatda uning ma`naviy–axloqiy jihatdan barkamolligi, pokligi bilan belgilanadi.
Ma`naviy–axloqiy
barkamollikning
asosiy
qirralariga
yuqorida
aytilganlardan kelib chiqib, quyidagilarni kiritish mumkin: ota–onasi, farzandlari,
qarindoshlari, xullas butun oila a`zolari, qo’ni–qo’shnilari, mahalla–ko’yi,
qishloqdoshlari va butun mamlakat xalq farovonligi haqida qayg`urish; tevarak–
atrofdagi insonlar unga kerak bo’lganligi singari, o’zi ham ularga kerakli bo’lishga
intilishi; odob–axloqi, fe`l– atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblash;
ota–bobolardan, ajdodlardan yodgor bo’lib qolgan madaniy merosni qadrlash;
milliy qadriyatlarni e`zozlash va ularga sodiq bo’lib qolish; vatanparvarlik,
xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg`ularining barqaror bo’lishi; o’zaro muomala–
munosabatda o’rnak bo’lishga moyillik, birovning og`irini engil qilishni odat
qilish; umumxalq ma`qullagan va hukumat tomonidan qonuniy qabul qilingan
Konstitutsiyani hurmat qilish va unga sadoqat namunalarini amalda ko’rsatish;
Vatanni himoya qilish, boshqacha aytganda, harbiy–vatanparvarlik tuyg`ulari bilan
yashash; diyonat va adolat, mexr– shafqat va ezgulikni himoya qilish; va`daga
vafoli
bo’lish
va
boshqalar
kiradi.
Ma`naviy barkamol inson fazilatlarining asosiy qirralari izohi kelgusi
ma`ruzalarimizda bayon qilinishini nazarda tutib, ushbu ma`ruza doirasida ular
haqida
to’xtashni
lozim
topmadik.
Ma`naviy–ma`rifiy barkamollikning qirralari va mezonlari qatoriga
mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor ham kiradi. Mustaqillik tafakkurini har bir
kishida, ayniqsa Siz kabi talabalarda shakllantirish nihoyatda zarur. Toki,
mustaqillik tafakkuri va milliy iftixor, g`urur bo’lmas ekan, fidokorlik,
- 8 -
vatanparvarlik,
millatparvarlik
kabi
xissiyotlar
jo’sh
urmaydi.
Ma`naviy–ma`rifiy barkamollikning qirralaridan biri milliy iftixordir. Milliy
g`urur bu milliy iftixordir. Milliy g`urur o’z xalqining bir necha ming yillar
davomida yaratib kelgan barcha moddiy va ma`naviy boyliklari, tarixiy merosi,
urf– odaglari, an`analari, odob–axloqi, turmush tarzi, yuksak ma`naviyati, barcha
tarixiy yutuqlari va saboklariga cheksiz hurmat va e`zoz bilan munosabatda
bo’lish,
avaylab–asrashdir.
O’z xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarini
bilmagan, qadrlamagan, milliy mansubligini unutgan, o’z millatining istiqboli
uchun qayg`urmaydigan, qurashmaydigan kishilarda milliy g`urur ham, millat
bilan faxrlanish ham, millatparvarlik ham bo’lmaydi. Bunday kishilarni ma`naviy
barkamol
inson
deya
olmaymiz.
SHunday qilib, yuqorida ma`naviy barkamol inson, uning mohiyati va asosiy
qirralarining ba`zi jihatlari ustidagina fikr yuritdik. Uning qolgan ba`zi qirralari
navbatdagi
savol
va
ma`ruzalar
bayonida
yoritib
boriladi.
Komil, barkamol insonni tarbiyalash, voyaga etkazish haqida musulmon
SHarqi axloqi tarixida inson hayoti uchun dasturulamal, qo’llanma vazifasini
o’tagan ko’p pandnomalar, xalq kitoblari mavjud bo’lgan. SHulardan ba`zilarini
sanab o’tamiz. CHunonchi, Kaykovusning «Qobusnoma», Sa`diyning «Guliston»,
«Bo’ston», Amir Temurning «Temur tuzuklari», Abdurahmon Jomiyning
«Bahoriston», Alisher Navoiyning «Mahbubul–qulub», Xusayn Voiz Koshifiyning
«Axloqi muhsiniy» va boshqalarni ko’rsatishimiz mumkin. Bu asarlarning
ko’pchiligida odil shoh va adolat, halollik, soflik, poklik, to’g`rilik, rostgo’ylik,
insonparvarlik, ma`rifatli bo’lish kabi insonning sharqona fazilatlari berilgan.
- 9 -
Dostları ilə paylaş: |