23
o'zlashtirishning eng samarali usullarini izlashni qo'llab-quvvatlaydi va
boshqaradi, qiziqarli kashfiyotlarni rag'batlantiradi, muvaffaqiyasiz urinishlarni
tahlil qiladi, o'quvchilarni mag'lubiyat va g'alabalarni amalga oshirishga
undaydi.
Demak, kreativlikni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari sinfda
maqsadli ravishda yaratilgan ijodiy tarbiyaviy muhitga bog'liq bo'lishi mumkin;
o'qituvchining ijodiy xulq-atvori namunasining mavjudligi va talabalarning
ijodiy qobiliyatlarini ifodalovchi sifatida o'qituvchining shaxsiyati; talabalar va
o'qituvchilarning birgalikda yaratilishi; ijodiy faoliyatdagi sub'ektiv o'rni; ijodiy
muhitni saqlash va muvaffaqiyat holatlarini yaratish.
Talabalar ijodining eng samarali rivojlanishi ijodiy ta'limning uzluksiz tizimi
sharoitida maqsadli, har tomonlama pedagogik ta'sir ko'rsatish orqali
ta'minlanadi. Bu va boshqa masalalarni ishlab chiqish bilan fundamental amaliy
pedagogika sohasi sifatida kreativ pedagogika shug'ullanishi lozim.
Shuningdek nostandrt fikrlovchi, qiyin vaziyatlarda xotirjam, muammoning
yechimini topishda bir tomonlama emas, turli tomonlama yondashadigan
salohiyatli mutaxassislarni yetishtirishdan iborat.
Kreativlik otasi" nomi bilan mashhur Pol Torrans to'rtta kreativlik
konikmasini aniqlagan. Uning olib borgan tadqiqotlari shundan dalolat beradiki,
mazkur kreativ ko'nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkun:
Dostları ilə paylaş: