Toshkent xalqaro molyaviy boshqaruv va texnalogiyalar unversiteti mustaqil ish


-maqsad: Tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish



Yüklə 145,84 Kb.
səhifə19/33
tarix20.11.2023
ölçüsü145,84 Kb.
#166464
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33
Otajonov Holbek3

57-maqsad: Tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. Davlat tibbiyot muassasalaridagi tibbiy asbob-uskuna va jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish. Tibbiy asbob-uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha alohida korxona va uning 13 ta hududiy bo‘limlarini tashkil etish. 58-maqsad: Dori-darmon va tibbiy buyumlar muomalasini tartibga solish hamda aholiga arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib berish tizimini takomillashtirish. Elektron retsept tizimini takomillashtirish va keng joriy etish hamda narxlarga rioya etilishini onlayn kuzatishning axborot tizimini yaratish. Farmatsevtika mahsulotlarini markirovkalash tizimini joriy qilish. Dori-darmon va tibbiy buyumlarni aholi uchun yetkazib berish tizimini olis hududlar va mahallalar ehtiyojlaridan kelib chiqib, zamonaviy mexanizmlar asosida takomillashtirish. 59-maqsad: Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatida aholiga malakali xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sohaga ajratiladigan mablag‘larni oshirish. Davlat budjetidan dori vositalari va tibbiy buyumlarga ajratilgan mablag‘larning 3 barobarga oshirilishini ta’minlash. Bunda asosiy e’tiborni xonadonbay tibbiy profilaktikani kuchaytirishga qaratish va “maqsadli” skrining o‘tkazish choralarini ko‘rish. Tibbiy-sanitariya xizmatining jozibadorligini oshirish va sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash. Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmati xodimlarining mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish. Birlamchi tibbiy-sanitariya xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash. Davlat tibbiyot muassasalarida dori-darmon va tibbiy buyumlar ta’minotini yanada yaxshilash hamda yetkazib berish va saqlash tizimini takomillashtirish. 60-maqsad: Reproduktiv yoshdagi va homilador ayollar, bolalar uchun yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. 46 ta tumanlararo perinatal markazlarni tashkil etish, ularni kadrlar, zarur tibbiy texnika va buyumlar bilan ta’minlash. Yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. 
Yüklə 145,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin