Toshkent yangiyul poligraph service


qog‘oz sanoatlarida (oqartirish va tozalash uchun), ichimlik va oqova suvlarini tozalash, sterillash va boshqalarda juda keng qo‘llaniladi



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə135/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

qog‘oz sanoatlarida (oqartirish va tozalash uchun), ichimlik va oqova suvlarini tozalash, sterillash va boshqalarda juda keng qo‘llaniladi.

Elektrolizning ikkinchi mahsuloti natriy gidrooksidi bo‘lib, muhimligi jihatidan asosiy mahsulotdan (xlordan) qolishmaydi. Natriy gidrooksidi qattiq, oq rangli suvda yaxshi eriydi, 328°C da suyuqlanadi. Natriy gidrooksidi organik sintezda, sun’iy tola ishlab chiqarishda, sellyuloza va qog‘oz olishda, sovun va aluminiy ishlab chiqarishda, neftni qayta ishlash sanoatida keng ko'lamda ishlatiladi.
Elektroliz qilish uchun osh tuzining to‘yingan eritmasidan (305-310 g/1) sho'robadan foydalaniladi. Elektroliz ikki xil apparatda qattiq po'latli diafragmali yoki diafragmasiz suyuq simob katodli apparatlarda (elektrolizyorlarda) olib boriladi. Har ikkala holda ham uglerodli (grafitli) anod yoki sirti ruteniy oksidi bilan qoplangan titanli anod ishlatiladi. Bu ikkala usul katod bo‘shlig‘ida boradigan jarayonlar bilan bir-biridan farq qiladi. Elektroliz paytida qo'shimcha reaksiyalar ketishining oldini olish hamda elektroliz mahsulotlarini

ajralishi uchun qattiq katodli elektrolizyorlardan anod va katod fazasi bir-biridan g‘ovakli diafragma bilan ajratilgan bo‘ladi.
Oshtuzi eritmasini qattiq katodli elektrolizyorlarda elektrolizi.
Osh tuzining suvdagi to‘yingan eritmasida Na, H+, СГ va OH+ ionlari bo'ladi. Eritmadan doimiy tok o'tkazilganda bu ionlaming zaryadsizlanib ajralib chiqish tartibi elektrod potensiallarining kattaligi va bir-biriga bolgan nisbati bilan aniqlanadi. Natriy ionlarining po‘lat katodlarida qaytarilishi (zaryadsizlanishi) mumkin emas, chunki, bu jarayonning potensiali katta manfiy qiymatga ega (- 2,71 V). Shuning uchun katodda muvozanat potensiali kichik (- 0,415 V ga teng) bo‘lgan vodorod ajralib chiqadi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin