Toshkent yangiyul poligraph service


Kimyoviy reaktorlaming klassifikatsiyasi



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə48/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Kimyoviy reaktorlaming klassifikatsiyasi. Kimyoviy reaktorlaming klassifikatsiyasi asosan kimyoviy texnologik jarayonlaming yuqorida ko‘rsatilgan klassifikatsiyasiga asoslanadi.
Ko‘pincha kimyoviy reaktorlami harorat rejimiga va aralashtirish darajasiga qarab sinflarga bo'linadi. Bundan tashqari reaktorlar xuddi kimyoviy jarayonlar singari past va yuqori haroratli, qo‘llaniladigan bosimga qarab yuqori, o‘rtacha, normal va past (vakuumda ishlovchi) bosimda ishlovchi apparatlarga bo'linadi. Reaktorlar yana reagentlarning fazoviy holatiga qarab gomogen va geterogen jarayonlami amalga oshiradigan apparatlarga, ishning davomiyligiga qarab davriy ishlovchi va uzluksiz ishlovchi apparatlarga bo'linadi.
Harorat rejimiga qarab kimyoviy reaktorlar va unda boruvchi jarayonlar adiabatik, izometrik va politermikka bo'linadi.
Adiabatik reaktorlarda reagenlar oqimi tinch holda borganda (aralashtirilmasa) uni o‘rab turgan atrof-muhit bilan issiqlik almashinuv jarayoni bormaydi. Yani issiqlik reaktordan reaktor devori orqali yoki issiq almashtirgichlar orqali tashqariga chiqmaydi va tashqaridan ichkariga ham kirmaydi, yaxshi izolyatsiyalangan (ajratilgan) bo‘ladi. Reaksiyaning barcha issiqligi reaksiyaga kimvchi moddalar oqimida (reaksion aralashmada) to‘planadi (akku- mulatsiyalanadi).
Reaktor balandligining xohlagan nuqtasiga harorat rejimi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi:
Q p
ta=th±G^'X (L38)
Bunda, ta , tb — sistemaning oxiri va boshlang'ich harorati; Q’p — geterogen jarayonlarda, asosiy komponantlar bir fazadan boshqa fazaga to‘liq o‘tganda reaksiya (jarayon)ning issiqlik efFekti;

G — reaksion aralashmaning massasi; Ctb — ta harorat oralig‘ida aralashmaning o'rtacha issiqlik sig‘imi; x — aylanish (dastlabki moddaning tayyor mahsulotga aylanish) darajasi.
Bu formula to‘g‘ri chiziq (24- rasmga qarang) tenglamasi bo‘lib, uni A ga almashtirish mumkin chunki Qp/G С = A, u holda yuqoridagi tenglamani bunday yozish mumkin:
t=tb±bc (1.39).
Tenglamadagi « + » belgisi ekzotermik, « » belgisi endoter- mik jarayonning borishiga talluqlidir. x — mahsulot unumi 1 ning qiy- matini (kattaligini) to‘g‘ri chiziqdan og‘ish burchagi tangensi sifatida aniqlash mumkin (24- rasm).
Vaqt bo‘limi (r) reagentning kelishi (reaksiya tezligi) adiabatik reaktorlarda apparatning balandli- giga H(r = HW), aylanish darajasi va haroratiga proporsional bo‘lib, murakkab, egri chiziqlarda o'zgaradi.
reagenlarning to‘g‘ri chiziqli tezligi (25- rasm). Bunda haroratning past bo‘lganligidan reaksiya tezligi ham kichik bo‘ladi, rasmda egri chiziqning ostki qismiga to‘g‘ri keladi. Egri chiziqning yuqori qismi nolga intiladi, chunki dastlabki olingan moddaning tayyor mahsulotga aylanish darajasi birga yaqinlashadi.

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin