Toshkent yangiyul poligraph service



Yüklə 5,3 Mb.
səhifə85/207
tarix16.12.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#181000
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   207
Toshkent yangiyul poligraph service

Texnologik sistemasi. Temir kolchedanini kuydirishdan olinadigan S02 dan sulfat kislota ishlab chiqarishning texnologik sxemasi 61 - rasmda berilgan.
Kuyundi gazlari siklonlar va quruq elektrofiltrlardan qisman tozalanib kelgach, 300°C haroratda yuvish minorasiga kiritiladi, minora 75 % li sovuq sulfat kislotasi bilan sug‘orilib turiladi. Kuyundi gazlari sovitilgach, tarkibidagi ozroq miqdor S03 va suv bug‘lari kichkina tomchilar shaklida kondensatlanadi. Bu tomchilarda mishyak oksidi eriydi va sulfat kislota tumani hosil bo‘ladi. Bu tuman 7,6 minoralarda qisman ushlanib qolinadi. Bu minoralarda yana chang qoldiqlari, selen va boshqa qo‘shimchalar ham ushlab qolinadi.
Bunda ifloslangan sulfat kislota hosil bo‘ladi (u zavodda ishlab chiqarilgan kislotaning taxminan 5% i miqdoriga teng). Bu kislota nostandart mahsulot sifatida beriladi va kerakli joylarda ishlatiladi. Gazni (S02) sulfat kislota tumani va mishyakdan batamom tozalanadi. So‘ngra sulfat kislotani to‘liq ushlab qolish maqsadida (5) minora suv bilan ho‘llanadi.
Gazni (SOJ oksidlashga tayyorlash, uni suv bug‘laridan nasadkali (3) minorada konsentrlangan sulfat kislota bilan quritish orqali tugallanadi. Shu yergacha barcha gaz o‘tkazgich quvurlar, kislota yig‘gichlar, minoralar, hammasi oddiy po‘latdan yasalgan bo‘lib, kislotaga chidamli g‘ishtlar bilan yoki diabazli plitalar bilan futerovkalanadi (qoplanadi). Quritilgan gaz agressiv emas, shuning uchun keyingi barcha apparatlar uglerodli oddiy po‘latdan yasalib futerovkalanmaydi. Apparat va gaz o'tuvchi quvurlarning ko‘pligi gaz harakatiga to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun quritgich bo‘limidan keyin kompressor (2) o‘rnatiladi. U kuyundi gazlarini pech bo‘limidan tozalash va quritish sistemalari orqali surib olib, uni kontakt bo‘limiga yuboradi. Kontakt bo‘limi tokchali kontakt apparatini(lO) va quvursimon issiq almashtirgichlami (9) o‘z ichiga oladi. Issiq almashtiigichlar harorat rejimini me’yorda ushlab turadi.
Sulfat kislota ishlab chiqarishning eski kam quwatli sistemasida kontakt apparati ichidagi tokchalar oralig‘ida turg‘un issiq almashtirgichlar o‘matilgan bo'ladi (36- rasmga qarang). Tokchalarda esa katalizator bo'ladi. Bunda gaz ketma-ket barcha katalizator qavatlardan va issiq almashtirgichlardan o‘tadi, bu xil konstruksiya kichik o‘lchamli, kam quwatli apparatlar uchun rentabelli hisoblanadi. Ammo hozirgi zamon qudratli, diametri 10 m va undan ham ortiqroq bo‘lgan apparatlarda esa norentabelli bolib qoldi. Chunki katta diametrli apparatlarda, issiq almashtirgichlarda gaz oqimini bir tekisda borishini ta’minlash va uni buzilganda tuzatish qiyinchilik tug‘dirdi. Shuning uchun ham olib quyiladigan bo‘lak-bo‘lak issiq almashtirgichlar o‘rnatiladi.
Eski 5 tokchali kontakt apparatlarida S02 ning S03 ga aylanishi 98 % ni tashkil qilardi. Qolgan 2 % zaharli gaz — S02 atmosferaga chiqarib tashlanar edi. Bu esa atrof-muhitni zaharlar edi. Yirik zavodlarda esa bu juda xavffi (juda ko‘p gaz atmosferaga chiqib ketadi) va bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham keyingi yillarda 1K/IA sistemasiga o‘tildi. Bu 2 marta kontaktlash va 2 marta absorbsiyalash degan ma’noni anglatadi. 61- rasmdagi sxemada ko‘rinib turibdiki, gaz (S02) kontakt apparatining uch qavat katalizatoridan o‘tgach, oleum olish uchun birinchi absorbsiyaga oleumli adsorberga yuboriladi.

Bunda S03 ning absorbsiyalanishi tufayli S02 = S03 muvozanati buziladi va S02 ni oksidlanishini kuchaytiradi. Natijada keyingi ikki qavatdan o‘tgach, S03 ga to‘liq oksidlanadi (99,5— 99,8 % gacha).
Hozirgi paytda qo'llaniladigan vanadiyli katalizatorlar 400°C haroratda aktivlik ko‘rsatadi. 600°C dan yuqoriroq haroratda aktivligini yo‘qotadi, chunki qayta kristallanadi.
S03 ning absorbsiyalanishi uchun esa past harorat kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham gaz oxirgi qavat katalizatordan o‘tgach kontakt apparatidan chiqadi va awal issiq almashtirgichlardan, so‘ngra havo sovitgichlardan o‘tib adsorbentga borib kiradi. Absorberlar nasadkali minora bo‘lib, ichi keramik halqalar bilan to‘lg‘azilgan bo'ladi. Bu minoralar tepasidan kislota sachratib sug'oriladi, pastdan yuqoriga qarab esa, qarama-qarshi oqim prinsipida S03 gazi ko‘tariladi. Absorberdan absorbsiyalanmay qolgan chiqindi gaz (0,03 % S02 saqlaydi) atmosferaga chiqarib tashlanadi.
Hozirgi zamon kontakt apparatlarining quwati — mahsuldorligi sutkasida 15001. H2S04 ga tengdir. Bunday qudratli zavod juda yirik, to‘xtovsiz ishlovchi, mexanizatsiyalashtirilgan, ko‘p qismi avtomat- lashtirilgan ishlab chiqarish korxonasidir.
Ishlab chiqarishni jadallashning eng muhim yo'llari quyidagilar: % miqdori yuqori bo‘lgan konsentrlangan S02 olish, buning uchun kolchedan kuydirish jarayonidan boshlab toza kislorodni qo‘llash. Yuqori bosim va aktiv katalizatoridan foydalanish, qaynovchi qavatli katalizatorli kontakt apparatiga to‘liq o‘tish va boshqalar. Intensivlashning barcha ko‘rsatilgan bu usullari kelajakda qurilishi kerak bo‘lgan yoki rekonstruksiyalanadigagan barcha korxonalarda qo'llaniladi.
Kelajakda sulfat kislota ishlab chiqarishning istiqbolli yo‘li boshqa ishlab chiqarishlaming oltingugurtli chiqindilaridan xomashyo sifatida foydalanishdir. Yaqin kelajakda ancha miqdor sulfat kislotasi rangli metalluigiya korxonalarining oltingugurtli chiqindilaridan va elektro- stansiyalarining yoqilg'i gazlaridan ajralib chiquvchi S02dan ishlab chiqariladi. Bu tabiatni muhofaza qilishning muhim omilidir. Bu holat hukumatimizning atrof-muhitni muhofaza qilish haqidagi qarorlariga, g‘amxo‘rliklariga mos bo‘lib tushadi.
Ill BOB. BIRIKKAN AZOT TEXNOLOGIYASI

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin