To‘siqlarga qaramay sevdik "Factor press" nashriyoti Toshkent-2021



Yüklə 154,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/75
tarix22.12.2023
ölçüsü154,05 Kb.
#190033
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
To\'siqlarga qaramay sevdik Mirach Chag\'riy Oqtosh

Bir kuni o'zing kabilarga 
yo'liqishingni tilab qolaman...
70


Mirach Chag'ri Oqtosh
O'limni sira xushlamadim
Ma'lumki, hammamiz bir kun kelib o'limni tatib 
ko'ramiz, ammo men bu jarayonni sira xushlamayman. 
Odamni sevgan insonlaridan judo qiladigan, bag'ridan 
yulib oladigan va og'ir sukunatni yuzaga keltiradigan 
o'limni sira xushlolmadim. Ayniqsa, hayotiga nuqta 
qo'yilgan yosh bolalarning o'limiga sira rozi bo'lolmadim. 
Hali bolalik davrini surib ulgurmagan, bahor kelganida 
qo'shnilarning eshigiga boychechak aj^ib borolmagan, 
maktabga borib, alifboni o'rganolmagan bolalarning 
yoqasiga yopishadigan o'limni sira hazm qilolmadim. 
Ayniqsa, eng a w a l begunoh va ma’sum insonlarni olib 
ketadigan o'limni sira xushlamadim. Va hammasidan ham 
bizga Allohning omonati bo'lgan ayollarga yopishgan o'lim 
balosini sira qabul qilolmadim.
Hayot ekanligiga qaramay men uchun bir o'likdan 
farqi bo'lmagan, hatto ota deyishimga ham arzimaydigan 
bir insonning bizni nochor holimizda tashlab ketganini 
qabul qilolmadim. Ota degan odamining mehrini bir 
kun ham his qilmagan insonlarning olgan jarohatlarini 
qabul qilolmadim. Ko'chalarda dir-dir titragan qarovsiz 
hajn^onlarning nochorligini qabul qilolmadim. Qo'shnisi 
ochlikdan o'lar holda ekan, o'zi to'q uxlaganlarni qabul 
qilolmadim. Baham ko'rmaydiganlarni qabul qilolmadim. 
Aslini olganda men ko'p narsani qabul qilolmadim. 
Hayotdan boshqa. Hayotni va hayotga doir narsalarni 
baham ko'rishni biladiganlardan boshqa.
Hayot qisqa. Qushlar parvoz qilar ekan, sev meni...
71


To'siqiarga qaram ay sevdik
Ba'zi bir voz kechishlar chorasizlikdan vujudga 
keladi
Hammadan ham ko'ra senga ehtiyojim bor paytlar- 
da boshqalarning yaralariga malham bo'lganing uchun 
seni kechirmayman. Sening barmog'ingga zirapcha kirsa 
mening jonim og'rirdi. Darding - dardim, baxting - baxtim 
edi. Ammo endi men juda charchadim. Meni hammasidan 
ham ko'ra nima charchatganini bilasanmi? 
Sendan 
kutadigan 
e'tiborimning yo'qligi meni ezishi... Senga 
bog'lagan umidlarimning 
ostida qolgan vaqtlarimda 
menga bir bor bo'lsa-da, qo'l cho'zmaganing... Eng ko'p 
sen bilan birgahgimda tinchlanishim kerak bo'lgan holda, 
eng ko'p sen bilan birgahgimda charchashim... Baxt va 
halovat tuyg'ularini sendan tuyishim kerak holda, eng og'ir 
azoblarni sendan totishlarim... Meni senga tegishli nima 
bo'lsa, hammasi charchatdi... Qolganini o'zing tushun. 
Senga nisbatan his qilgan sevgimga bo'lgan hurmatimdan 
juda ajoyib tarzda foydalanding. Bizni yarim qoldirib, 
o'zgalar bilan qanoatlanding. Bundan keyin shularning 
beradigan vijdon azobi bilan yasha. Bu dard senga yetib 
ortadi. Allohga omonatsan...

Yüklə 154,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin