To'siqiarga qaram ay sevdik
Xotiralar burchagi
Insonning sog'inib, qo'msagan onlari bo'lgani kabi
o'sha damlarni endi ortga qaytarishning iloji yo'qligini
ham yaxshi biladi. Ba'zan chorasizlik ummonining tubiga
shu qadar chuqur sho'ng'ib ketamiz. Gohida o'zimga
"Hozir qo'limizda mavjud bo'lmagan narsalar balki biz
uchun yaxshilikkadir?" degan savolni beraman. Keyin
esa bir muddat sassiz qolib, o'ylashga tushaman. Ammo
aniq javobini topolmayman. Chunki ushbu savolning
javobini topgan taqdirimda ham hech narsa o'zgarib
qolmaydi. O'tkazib yuborilgan lahzalar qa
3
^ib kelmasUgini
yaxshi bilaman. Shunchaki hayot bilan hamohang qadam
bosyapman. Chunki hayot biz bilan o'yinlar o'ynaydi, biz
esa bor-yo'g'i u bilan birga hamqadam bo'lamiz. Bu yo'lda
ba'zan to'siqiarga uchraymiz, ba'zan pastga qulaymiz,
gohida esa keskin burilishlar qilamiz... Aslida, hayotning
yo'llari hamisha o'nqir-cho'nqir. Asosiysi, inson o'z yo'lini
topa olishidir.
Masalan, men doim bolalik davrimdagi biror
yerga mehmonga borganimizda yoki bir chekkada uxlab
qolganimda, ertalab ko'zlarimni ochsam o'zimni o'z
yotog'imda, ustim ko'rpa bilan yopilgan holatda ko'rgan
davrlarimni sog'inaman... Qo'msagan onlarimdan yana
biri maktabdan qaytayotib hovlimizga kirishim bilan
onam tushlik uchun pishirayotgan bo'g'irsoqlarining
isi
dimog'imga urilishi va butun hovlini shu is tutib
ketishi... Yozgi ta'tillarda sinfdosh do'stlarim bilan bolalar
oromgohlarida haftalab qolib ketishimiz...
Dostları ilə paylaş: