Moliya mexanizmi va uni moliya siyosatini amalga oshirishdagi o`rni.
Hozirgi kunda moliya siyosatining asosiy yo`nalishlar.
Moliya siyosati - bu moliyaviy resurslarni jamlash, ularni davlatning o`z funktsiya va vazifalarini amalga oshirish uchun taqsimlash va ishlatish shakl hamda usullarida tizimli namoyon bo`luvchi tadbirlar yig`indisidir.
Moliya siyosati quyidagi omillarga bog`liq:
tarixiy sharoitlar;
iqtisodiyotning rivojlanish darajasi;
siyosiy maqsadlar;
iqtisodiy maqsadlar;
ijtimoiy maqsadlar;
maqsadlarga erishish muddatlari;
milliy udumlar.
Moliya siyosatining mazmuni ko`p qirrali bo`lib, quyidagi muhim bo`g`inlarni o`z ichiga oladi:
moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan konseptsiyalarini ishlab chiqish;
istiqbolda va joriy davr mobaynida moliyadan foydalanishning asosiy yo`nalishlarini belgilab olish;
qo`yilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan amaliy xatti-harakatlar, chora tadbirlar ko`rish.
Moliya siyosati = moliya strategiyasi va moliya taktikasini belgilaydi
Moliya siyosati = moliya strategiyasi va moliya taktikasini belgilaydi
Moliyaviy strategiya deb korxonani moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun va ulardan samarali foydalanish uchun tuzilgan uzoq muddatli rejaga aytiladi.
Moliyaviy strategiya deb korxonani moliyaviy resurslar bilan ta’minlash uchun va ulardan samarali foydalanish uchun tuzilgan uzoq muddatli rejaga aytiladi.