Gulchangi yig‘ish Asalarilar tanasining eng muhim tarkibiy qismlari asosan oqsil moddalaridan iborat. Asalarilarga oqsil moddali ovqat berilmasa, ularning vazni kamayadi, urchish qobiliyati yuqoladi, ari tobora nimjonlashadi va nobud bo‘ladi. Mana shuning uchun, oqsil moddalar asalari ovqatining eng zarur qismlaridan biri hisoblanadi. Asalari oilasi normal rivojlanishi uchun yetarli miqdorda gulchangni olib kelishi kerak. Ular oqsil moddani gulchangidan oladi. Oqsil moddasi yetarli bo‘lmasa, asalarilar tarbiyalayotgan avlodi ham kamayib ketadi. Asalarilar gulchang bilan asaldan ishchi va erkak asalarilarning uch kunlik qurtchalarini boqish uchun oziqa tayyorlaydi. Asalari gullardan shira yig‘ish vaqtida gulchangi uning tanasiga yopishib qoladi. Bu gulchangni asalarilar oyoqlari bilan supurib, uni shira bilan xo‘llab, so‘nga orqa oyoqchalardagi savatchalariga bir xil vaznda joylashtiradi.
Arixonaga keltirilgan gulchangni asalarilar mumkatakchalarga joylab, ustiga asal bostiradi. Ustiga asal bostirilgan perga aynimaydi. Asalari oilasi rivojlanishi uchun, bir mavsumda 25 kg atrofida gulchang iste’mol qiladi. Katakchalariga joylashtirilgan gulchang perga deb ataladi. Serchang gulli o‘simliklarni topib kelgan asalarilar ham raqs tushib bu haqida oilaga habar beradilar.
ASAL AJRATIB OLISH
Asosiy asal topish davrida, tabiatda shira va gulchangi mul bo‘lib, mumkatakli ramkalar 6-7 kun deganda asal bilan tuldiriladi. Asalga to‘lgan mumkatakli ramkalarni ajratib olib, asalarilarini uyasiga silkitib tushirib, ko‘chma yashikka qo‘yiladi. Olingan asalli ramkalar o‘rniga bo‘sh mumkatakli ramkalar, uyaga qo‘yiladi. Asalli ramkalarni arichining uyiga olib boriladi va asalajratkichga o‘rnatilib, asali ajratib olinadi. So‘nga asaldan bo‘shatilgan ramkalar, asalli ramkalari olingan ikkinchi arixonaga qo‘yiladi. Asalli ramkalar ichidan ochiq qurtchali ramka chiqib qolsa, asali olinmay o‘z uyasiga qaytariladi. Asosiy asal topish davrida asalni tez-tez olib turish, asal mahsulotini 20% oshishga imkon beradi, chunki arixonadagi asal kamaygan sari, asalarilar asal zaxirasini qoplash uchun zo‘r berib ucha boshlaydilar. Shu sababli ramkalardagi asalni o‘z vaqtida, ya’ni asalarilar hamma katakchalarini berkitib bo‘lishlarini kutmasdan olish kerak. Lekin mumkatakli ramkalar silkitilganida katakchalaridan asal oqib tursa, ya’ni asali xali yyetilmagan bo‘lsa ramkalarni olmaslik kerak.
Asosiy asal topish davrida, ilg‘or arichilar qishlovga oziqa uchun asalli mumkataklarni saqlab qo‘yadilar. Bu davrdagi olib qo‘yilgan asalli ramkalar qishlov uchun zararsizdir. Asalli mumkataklar ajratilganidan keyin yashikka solinib, asalini ajratib olish uchun arichining uyiga olib boriladi. Bu uyda asalni ajratib olish uchun kerakli asbob-uskunalar, asal ajratkich, mumkataklarning ustini ochish uchun stol hamda pichoq va pichoqni isitib turish uchun qaynoq suv solingan idish o‘rnatiladi. Mumkatakli ramkalarni asalajratkichga o‘rnatishdan oldin katakchalarning mum bilan berkitilgan qopqoqchalarini ochish kerak. Bu ishni maxsus stolda bajaramiz. Maxsus stol bo‘lmaganida manti qasqondan yoki ustiga sim to‘r o‘rnatilgan tunuka bakdan foydalanish mumkin. Katakchalarning mumqopqoqchalari dastlab qaynoq suvda isitilgan egi soplik o‘tkir pichoq bilan kesib olinadi. Bir pichoq ishlatilganida, ikkinchisi qaynoq suvga qizib turish uchun botirib qo‘yiladi. Asalni mumkatakdan ajratib olish uchun odatda to‘rt ramkali asal ajratkich ishlatiladi. Asal ajratkich yaxshi ishlashi uchun uni ishga tushirishdan oldin sinchiklab tekshirish va bo‘shashgan joylarini mahkamlash kerak.
Asalajratkichni soda eritmasi bilan toza yuvib quritiladi, so‘nga taxminari 25 sm balandlikda ishlangan maxsus taglikka o‘rnatiladi. Asalni oqizib olish uchun asalajratkichning jo‘mragi tagiga chelak yoki flyaga qo‘yiladi. Asalajratkichning o‘qi tikka holatda turishi shart. O‘qning podshipniklariga salgina asal surkash zarur. Shesternalariga xech narsa surkamay, artib tozalanadi. Har ikkala tomonidagi katakchalari ochilgan ramkalarning, ustki plankalari bilan ajratkichning aylanish tomoniga teskari qaratib qutiga o‘rnatiladi. Quti bir tekisda aylanishi uchun unga bir xil og‘irlikdagi ramkalarni qo‘yish zarur. Qutining to‘riga tegib turishlari va bu to‘r egilmaydigan tarang bo‘lishi shart. Asalli ramkalar o‘rnatilgan qutini bir tekisda aylantirib, aylanish sonini asta-sekin ko‘paytira borish kerak. Mumkataklarni sinib tushishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, mumkatakning birinchi tomonidagi asal qismangina ajratib olinadi. Undan keyin qutidagi ramkalar ikkinchi tomoni bilan qo‘yilib, ulardagi asal tamomari ajratib olinadi; so‘nga ramkalarning dastlabki holatiga ko‘yilib, mumkataklarning birinchi tomonida qolgan asal ajratiladi. Ish tamomlangandan keyin ajratkichni yuvib quritish, ayrim qismlarini moylab, quruq joyda saqlash kerak.
Mumkataklardan ajratib olingan asal tindirish uchun idishlarga qo‘yiladi. Bu asal asta-sekin tinadi: asalning kuyuk (og‘ir) qismi idishning tubiga chukadi, suyuqrok (engilrok) qismi esa idishning ustki qismiga joylashadi. Mum zarrachalari va boshqa aralashmalar asalning ustiga to‘planadi. Asalni tindirish vaqtida asalarilar va boshqa hasharotlarning idishga tushmasligi uchun, uning usti doka bilan yopiladi. Lekin idishga havo erkin o‘tib turadigan bo‘lishi shart.
Asalning eng quyuq qismi idishning tubi yoniga o‘rnatilgan jo‘mrakdan oqizib olinadi. Idishning yuqori qisninga joylashgan suyuq asal o‘rtadagi jo‘mrakdan oqiziladi. Asalning ustiga to‘plangan mum parchalari chovli bilan yig‘ib olinib, so‘nga but mumeritgichda eritiladi; bunday eritishda mum asaldan ajraladi.
Xali yetilmagan suyuq asaldagi ortiqcha suvni bug‘lantirib quyuqlantirish uchun, asal alohida idishga quyilib, iliqxonaning quyosh tushib turadigan joyiga o‘rnatiladi. To‘rt-besh kun o‘tgach asaldagi nam bug‘lanib quyuqlashadi va asal idishlarga joylash uchun yaraydigan holga keladi. Yetilmagan suyuq asalni ochiq idishlarga joylab tunuka tom tagiga quysa ham bo‘ladi. Bunday holda idishlarga asalari va boshqa hasharotlar tushmasligi uchun, ularning ustini doka bilan yopish kerak.
Asal tarkibida ikki xil mexanik aralashma bo‘ladi: tabiiy va keyin tushgan har xil aralashmalar. Chang va kraxmal zarrachalari achitqi va boshqa tabiiy mexanik aralashmalarga kiradi, ularning asalga tushishi asalarichiga bogliq emas.
Boshqa aralashmalar – mum parchalari, yog‘och, ulgan asalari tanachasi yoki uning qismlari, asalari qurtchasi, mayda-chuyda axlat zarrachalarining tushishi asalarichiga bog‘liq arizordan asal toza chiqishi va unda xech qanday aralashmalar bo‘lmasligi kerak. Aks holda, ifloslangan asal qayta isitiladi, bu esa uning sifatini anchagina tushiradi.
Asal ifloslanishining oldini olish uchun asalarichi bir qator qoidalarga rioya qilishi kerak: asalarilar uchib kirolmaydigan xonada asalni ajratish kerak; ramkalardan yog‘och, mum parchalari asalga tushib ketmasligi uchun asal qopqoqlarini ehtiyotlik bilan ochish kerak. Arixonalarni tekshirish vaqtida asalli ramkalarni erga qo‘ymaslik zarur, chunki unga tuproq o‘t, yog‘och parchalari va boshqalar yopishib qolishi natijasida ular asalga tushib qoladi.Ajratilayotgan asal albatta elakdan o‘tkazilib, asal tindiriladigan idishda saqlanishi kerak.