Tovarlar moddiy zahiralar auditi xususiyatlari va undagi audit amallari. Reja: «Ehtiyojlar»



Yüklə 318,76 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix30.09.2023
ölçüsü318,76 Kb.
#150920
1   2   3   4
Tovarlar moddiy zahiralar auditi xususiyatlari va undagi audit amallar

Menat ehtiyojining
mavjudligi faqat mehnatsiz nozu-ne’matlar yaratib 
bo’lmasligidan emas, balki mehnatsiz inson hayotining bo’lmasligida, mehnatsiz 
inson shaxsi kamol topa olmasligidadir. Mehnat ehtiyoji insonni o’zida 
mujassamlangan, uning doimiy shakli yo’q, u ishlashga bo’lgan ishtiyoqda ifoda 
etiladi. Mehnat ehtiyoji insonda mehnat qilish, ijod etish qobiliyati borligidan kelib 
chiqadi. Inson mehnatda o’z o’rnini topishi, o’z qobiliyatini ishga solib, elga tanilishi 
kerak. Mehnat ehtiyojining o’zi moddiy shaklda bo’lmasada, ma’lum moddiy shart-
sharoitni talab qiladi. Mehnat ehtiyoji moddiy jihozlangan ish joyi bo’lishini talab 
qiladi. Ehtiyojlarning uchala turi bir-birini taqozo etadi, ular faqat uzviy birlikda 
ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni bildiradi. 
Ehtiyojlarning o’sib borishi — iqtisodiy qonun.
Inson har doim baxtli 
bo’lishga intiladi. Baxtga qachon erishishi mumkin? Qachonki uning ehtiyojlari 
to’laroq qondirilganda. Kishi o’z organizmiga zarur energiyani bera oladigan xilma 
xil oziq-ovqatlarni yesa va ichsa, uning salomatligi ta’minlanadi. Salomat odam 
yaxshi kiyinsa, yaxshi uy-joylarda yashasa, yaxshi transport vositalaridan foydalansa, 
o’z vaqtida bilimini, kasb-xunarini oshirib borsa, yaxshi ish joylarida faoliyat 
ko’rsatsa, yaxshi dam olsa, jamiyat a’zolari o’rtasida yaxshi obro’-e’tibor topsa yana 
ham yaxshidir. Ehtiyojlarni shunday yo’sinda qondirilib borilishi kishini tetik qiladi, 
kayfiyatni yaxshilaydi, umrni uzaytiradi, u inson bo’lib dunyoga kelganidan rozi 
bo’lib yashaydi. Shuning o’zi baxtlilikdir. Ammo baxtlilikning chegarasi yo’q. 
Baxtlilikning chegarasi yo’qligi — inson ehtiyojlarining cheksizligida namoyon 
bo’ladi. Nima uchun barcha jonli mavjudotlarning ehtiyojlarini chegarasi bor-u, 
inson ehtiyojlari chegarasiz? Gap shundaki, insonda boshqa barcha jonli mavjudotlar 
tabiat bergan ne’matlarni iste’mol qilib, o’z ehtiyojlarini yetarli darajada qondira 
oladi. Ularda faqat fiziologik, tabiiy ehtiyoj bor. Inson esa o’z ehtiyojlarini qondirishi 
uchun tabiat bergan ne’matlarni iste’mol qilishi bilan kifoyalana olmaydi. Bu hakda 
Abu Ali Ibn Sino ta’kidlagan edi. Chunki bu ne’matlar inson ehtiyojlari miqyosiga 


nisbatan juda oz. Qolaversa, inson faqat fiziologik ehtiyojgagina emas, aytib 
o’tganimizdek, yana iqtisodiy, siyosiy, ruhiy, ma’naviy, madaniy, huquqiy yakka 
ehtiyojlarga ham ega. Bu ehtiyojlarning har birini qondirilishi u yoki bu darajada 
moddiy ne’mat bo’lishini taqozo etadi. Binobarin, inson o’zining xilma xil 
ehtiyojlarini qondira olishi uchun moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishlari, ishlab 
chiqarganda ham kunlardan-kunlarga, yillardan-yillarga tobora ko’proq ishlab 
chiqarishlari kerak. Inson ehtiyojlari va ishlab chiqarish o’rtasida o’zaro bog’liqlik, 
o’zaro aloqadorlik bor. Ehtiyojlar ishlab chiqarishning rivojlanishining motori, uni 
xarakatga keltiruvchi kuch. Chunki ishlab chiqarishning maqsadi inson ehtiyojlarini 
qondirish. Inson ehtiyojlarisiz ishlab chiqarishning o’zi yo’q. Bir tomon-dan, jamiyat 
taraqqiy etib borgani sari har bir kishining yakka ehtiyoji o’sib, xilma xillashib 
boradi. Ikkinchi tomondan mamlakat va umuman dunyo aholisi sonining ko’payib 
borishi, inson ehtiyojlari hajmini yanada ortishi bilan birgalikda boradi. Bu ikki 
jarayonning qo’shilishi natijasida tobora o’sib boruvchi — umuminsoniy ehtiyojlar 
tarkib topadi va moddiy ne’matlar ishlab chiqarilishini uzluksiz ko’payib borishini 
talab qiladi. 

Yüklə 318,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin