Tovushlarning nutqdagi pozitsion va kombinator o‘zgarishlari



Yüklə 23,69 Kb.
səhifə1/5
tarix06.05.2023
ölçüsü23,69 Kb.
#108884
  1   2   3   4   5
Tovushlarning nutqdagi pozitsion va kombinator o‘zgarishlari


Tovushlarning nutqdagi pozitsion va kombinator o‘zgarishlari
Reja:
1.Tovushlarning nutqdagi pozitsion o‘zgarishlari. Reduktsiya.
2.Nutqda tovushlarning kombinator o‘zgarishlari. Akkomodatsiya. Assimilatsiya.
3. O‘zgarishlarning boshqa turlari. Dissimilatsiya. Metateza. Inversiya. Diereza. epenteza. Proteza. Substitutsiya. Tovushlarning almashuvi.

1. Tovushlarning nutqdagi pozitsion o‘zgarishlari.Reduktsiya. Nutqdagi turli faktorlar natijasida tovushlar bir-biriga ta`sir qiladi. Bunday faktorlardan bin tovushning o‘rni, uning boshqa tovushga qo‘shni holatda bo‘lishi, tovushlarning birikuvi va urғuning tabiatiga boғliq. Tovushlarning pozitsion va kombinator o‘zgarishlari farqlanadi.


Ma`lum holatda ro‘y beruvchi tovushlarning o‘zgarishi pozitsion o‘zgarishshlar deb ataladi. Pozitsion o‘zgarishlar uch turga ega: 1) urғuga nisbatan urғuli va urғusiz unlilar farqlanadi; 2) bo‘ғin va uning tabiatiga ko‘ra ochiq va yopiq hamda berkitilgan va berkitilmagan bo‘ғinlar farqlanadi; 3) so‘zdagi o‘rniga ko‘ra so‘z boshi, o‘rtasi va oxiridagi tovushlar va ular-ning birikmalari farqlanadi.
Unli tovushlarning urғusiz bo‘ғinlarda kuchsizlanishi yoki o‘zgarishi reduktsiya deyiladi. Odatda sifat va miqdor reduktsiyasi farqlanadi. Urғusiz yopiq bo‘ғinlarda unlilar cho‘ziqligining qisqarishi va kuchli artikulatsiya qilinishining yo‘qolishi miqdor reduktsiya deb ataladi. Masalan, sanash so‘zining boshidagi urғusiz /a/, oxiridagi /a/ ga qaraganda ancha kuchsiz va qisqa talaffuz etiladi.
Tovushlarning urғuga nisbatan o‘rniga ko‘ra ikki xil pozitsiya farqlanadi: urғuli bo‘ғindagi holati - kuchli pozitsiya deb, urғusiz bo‘ғindagi holati - kuchsiz pozitsiya deb ataladi. Kuchli pozitsiyada unlilar o‘z artikulyatsion-akustik xususiyat-larini saqlab qoladi. Kuchsiz pozitsiyada unlilar miqdor va sifat belgilarini yo‘qotadi, ya`ni reduktsiyaga uchraydi.
YUqorida ko‘rsatilgan miqdor reduktsiyasidan tashqari sifat reduktsiyasi ham bor. Sifat reduktsiyasida bir yo‘la tovushning artikulatsiyasi kuchsizlashadi va tovushning sifati o‘zgaradi. Masalan, rus tilidagi voda, vodi, vodyanoy, vodavoz so‘zlaridagi urғusiz unlilar (o, a) tovushlari doirasida o‘zgaradi. O‘zbek tili-da bunday xususiyat etarli darajada ko‘zga tashlanmaydi. Reduktsiyaga uchragan tovushlar urғuli tovushlarga qaraganda aniq bo‘lmagan kuchsiz va qisqaroq talaffuzga ega.
Reduktsiya`ning darajasi faqat tovushning holatiga emas, balki talaffuz stiliga ham boғliq. Odatda to‘liq talaffuz stilida reduktsiya minimal darajada bo‘lib, oғzaki nutq stilida esa, u maksimal darajada ro‘y beradi. Undan tashqari reduktsiyaning darajasi unlilarning tilning ko‘tarilishiga ko‘ra belgilariga (yuqori, o‘rta, quyi) ham boғliq.
Undosh tovushlar ham pozitsion o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. O‘zbek tilida so‘z oxiridagi jarangli undoshlar jarang-sizlashishi bunga misol bo‘la oladi (kitob /kitop/, qand /qant kabi). Ba`zan ko‘p bo‘ғinli so‘zlarda so‘z oxiridagi jarangsiz undoshlar jarangli bo‘lib talaffuz etiladi (bilak-bilagi, kurak-kuragi, tilak-tilagi kabi).


Yüklə 23,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin