- 4 -
chastotada chiyillagan tovush chiqarib uchadi va uning har xil hashoratlar, jismlardan
qaytishini ilg‘agan holda harakatlanib, ov qiladi.
Inson esa ultratovushni harbiy sohada va tibbiyotda keng qo‘llaydi. Bizning
tana to‘qimalarimiz ultratovushni yaxshi o‘tkazadi va
bu ichki organlarga tibbiy
tashxis qo‘yishda (UZI) muhim vositalardan biri hisoblanadi.
Eshitish chastotasidagi tovushlarni qog‘oz yoki metall diafragmaning o‘ta
tezkor tebranishlari orqali hosil qilinadigan oddiy dinamik yordamida olish mumkin.
Lekin diafragmani ultratovush chiqaradigan darajada tebrantirishni imkoni yoq. Bu
maqsadda maxsus qurilma - o‘zgartirgichda hosil qilinadi. Bunda o‘zgartirgich asosida
yotgan kristallning qirralariga o‘zgaruvchan elektr tokinin ta'siri ostida ultratovush
to‘lqinlari paydo bo‘ladi. Bunday usulada olingan ultratovush bilan masalan, oddiy
usulda tozalash qiyin bo‘lgan kiyimlarni tozalash yoki nozik mexanizmli soatlarni
tozalash mumkin.
Suv ostidagi tovushlar. Exolokatorar huddi ko‘rshapalaklar qo‘llaydigan
usulda ishlaydi. Kemalardan tarqatiladiga ultratovushlar
suvosti kemalaridan, dengiz
tubidan va baliq to‘dalaridan qaytadi va muhim axborot vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi kunda exlokatrolar tibbiyotda ham keng qo‘llanilmoqda. Ultartovish impulslar
odam tanasiga
chuqur kirib borib va qaytib, ichki organlarning tasviriy shaklini hosil
qilishi mumkin. Bundan tashqari ultartovushli teshiruvning Doppler effektiga
asoslangan turi orqali qon tomirlariga tashxis qo‘yish imkoniyati mavjud. Inson
tanasidagi har bir organning tashkil qiluvchi to‘qimalarining zichligiga
mos ravishda
ultratovushlarni o‘ziga xos ravishda qaytaradi. Zamonaviy tibbiyotda ultartovushli
tahlil orqali bunday organlarning, nafaqat organlarning, balki ona qornidagi
rivojlanayotgan embrionning ham tasvirini ko‘rish odatiy holga aylandi.