Тransformaтorlar



Yüklə 130,15 Kb.
səhifə3/4
tarix18.05.2022
ölçüsü130,15 Kb.
#58490
1   2   3   4
transformatorlar

Uch fazali transformator
Uch fazali tokni transformatsiya qilish uchun bir fazali transformatorlarni qo‘llash mumkin. 1.54-rasmda transformator guruhlarini ulash sxemasi keltirilgan. Ularning o‘ramlarini yulduzcha yoki uchburchak shaklida ulash mumkin. Amalda uch fazali transformatorlar qo‘llaniladi. Uch fazali transformatorlarning yuqori kuchlanish tomonidagi o‘ramlarning uchlarini A, B, S bilan, oxirlarini X, Y, Z bilan belgilanadi. Ikkinchi o‘ramlarning uchlari a, в, s bilan, oxirlari esa x, y, z bilan belgilanadi. Тransformatorlarda, asosan, uchburchak va yulduzchali ulanish usullari qo‘llaniladi. Uch fazali transformatorlarning birinchi va ikkinchi o‘ramlari yulduzcha shaklida ulanishi eng arzon va sodda hisoblanadi, chunki ularning har bir o‘rami va izolatsiyasi (neytrali yerga ulanganda) faqat fazali kuchlanishga va lineyniy tokka hisoblangan bo‘ladi. Тransformatorlarning pastki kuchlanishi tomonida iste’molchilarga neytral simi kerak bo‘lmasa, u holda yulduzcha-uchburchak ulanishdagi katta quvvatli transformatorlar ishlatiladi. Тransformatorlarning lineyniy kuchlanishi nisbati uning o‘ramlarining ulanish turiga bog‘liq.

Avtotransformatorlar

1.56-rasmda avtotransformatorlarning prinsiрial sxemasi keltirilgan. Avtotransformatorlarda pastki kuchlanishning o‘ramlari yuqori kuchlanish o‘ramlarning qismi bo‘ladi.


Avtotransformatorlarda elektr energiya elektromagnit yo‘li bilan uzatishdan tashqari, o‘ramlarning bir-biriga ulanganligi orqali ham uzatiladi. Avtotransformatorda kuchlanish va tok kuchlarining o‘zaro bog‘lanishi odatdagi transformatorlarnikiga o‘xshash:

Avtotransformatorlar hamma sohalarda ishlatiladi.


Тransformatorlarda quvvatning yo‘qolishi va foydali ish koeffitsiyenti
Тransformatorga ulangan quvvat:
P1 = U1 I1 cos ϕ1 .
Тransformator tayyorlagan va iste’molchilarga berayotgan quvvat:
P2 = U2 I2 cos ϕ2 .
Ularning ayirmasi P1 – P2 quvvatning yo‘qolishi bo‘ladi. Katta quvvatli transformatorlarda quvvatning yo‘qolishi 1—5 % bo‘ladi. Тransformatorning foydali ish koeffitsiyenti:

1.57-rasmda transformator foydali ish koeffitsiyentining transformator yuklanish koeffitsiyentiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan. Kichik quvvatli transformatorlarda me’yorli foydali ish koeffitsiyenti 70 dan 90 % gacha bo‘lishi mumkin. 1.58-rasmda transformatorning tashqi tavsifi keltirilgan.




Yüklə 130,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin