83
xarajatlarning
kamayishi, mablag‘larning tejalishi va hokazolar qo‘yilishi
mumkin.
3.
Tanlangan teznologiyani, xizmatni, yukni harakatlantirish tizimini ishlab
chiqish va uni tajribada tekshirib ko‘rish. Mazkur bosqichni bajarishda ilmiy-
tekshirish va loyiha tashkilotlarini jalb qilish tavsiya qilinadi.
4.
Transport marketingi strategiyasini ishlab chiqish.
YAngi texnologiya,
xizmatlar, yukni harakatlantirish tizimi iste’molchilarining mumkin bo‘lgan
sonini, o‘zlashtirish hajmlarini, mumkin bo‘lgan mehnat sarfi va moddiy
xarajatlarni, foydani, atrof-muhitga ekologik ta’sir ko‘rsatish darajasini,
tashishlarning xavfsizligi va hokazolarni aniqlash zarur bo‘ladi.
5.
Texnologiya, xizmat, yukni harakatlantirish tizimini tajribada tekshirib
ko‘rish natijalari bo‘yicha to‘ldirish. Mazkur
bosqichda yangi teznologiya,
xizmat, yukni harakatlantirish tizimini joriy qilish bo‘yicha texnik, iqtisodiy,
tashkiliy va boshqa zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Bu
chora-tadbirlar bevosita transport korxonasining o‘ziga ham, yukni
jo‘natuvchilar va yukni qabul qilib oluvchilarning korxonalariga ham, va
albatta, ekspeditorlik korxonalariga ham taalluqli bo‘lishi mumkin.
6.
Yangi texnologiya, xizmat, yukni harakatlantirish tizimidan keng
foydalanish.
Dostları ilə paylaş: