Transport logistikasi kafedrasi



Yüklə 2,02 Mb.
səhifə71/86
tarix19.12.2023
ölçüsü2,02 Mb.
#186111
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86
MA\'RUZALAR

Janubiy yo’lak yoki uzunligi 2912 kilometrni tashkil etadigan Toshkent-CHarjou-Tejen-Meshxed-Bender Abbos yo’lagi.
Bu transport yo’lagining ishlatilishi asosan, yaqinda ishga tushirilgan uzunligi 300 km bo’lgan “Buyuk i’ak yo’li” ning mashrutidan o’tadigan Tejen-Seraxs-Meshxed temir yo’l magistrali uchastkasi bilan bog’liq.
Bu yo’lak O’zbekiston uchun juda muhim ahamiyatga ega. Bu yerda turkman hamda eron tomonlarining chegara terminallari tarkiblarni bir yo’ldan ikkinchi yo’lga olib o’tish (Turkmanistonda -1520mm va Eronda-1435 mm) uchun barcha zaruriy texnik vositalar bilan jihozlangan. Bu yo’lning hisoblab o’tkazish imkoniyati yiliga 5,3 mln.tonnadir.
Bu kunga kelib, Yevro’a va Osiyoga eksport qilinadigan o’zbek ‘axtasining 30% dan ko’prog’i avtomobil yoki temiryo’l transporti orqali Bender-Abbosga Eron ‘ortidan olib o’tiladi.
Bu yerda shuni belgilab o’tish kerakki, 1996 yil may oyida Tejen-Seraxs-Meshxed temir yo’l liniyasi qurilishining tugallanishi bilan bu liniya yevroosiyo statusini oldi va Xitoyni Yevro’a bilan Markaziy Osiyo davlatlari orqali bog’laydigan Transsibirga qo’shimcha liniya sifatida ko’rib chiqilmoqda. Xitoy, bu yo’lni Yevroosiyo yer usti transportining bir qismi hisoblab, uning rivojlanishiga katta ehtibor qaratmoqda.
Bu liniyani ishga tushirilishi bilan Xitoy ‘ortlaridan Istambulgacha bo’lgan masofa ancha qisqardi. Agar Transsibirg’ temir yo’li bo’ylab bu masofa 14000 km. ni tashkil etgan bo’lsa, hozir Markaziy Osiyo regionlari orqali –bu masofa 8500 km. tashkil qiladi.
Sifatli transport xizmatini ta’minlash maqsadida Turkman, Eron va Turkiya hududlaridagi ko’pgina uchastkalar to’liq rekonstruktsiya qilindi.
Bu temir yo’l yo’lagini ekspluatatsiya qilish O’Zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiy tomondan foydali bo’lsa ham, bir qator siyosiy, iqtisodiy va tashkiliy xarakterdagi sabablarga ko’ra to’xtatilib turibdi. Bu sabablarning bittasi O’zbekiston Respublikasiga ushbu magistralni ekspluatatsiya qilishga qatnashish imkonini beradigan shartnoma - huquqiy bazaning yetarli emasligi.
Aytilganidek, 2001 yil eksport yuklarni Bender Abbos ‘ortiga avtomobilda tashish 487 ming tonnani tashkil qildi, yahni 1996 yilga qaraganda 14 marta o’sish kuzatildi. Eron Islom Respublikasining O’zbekiston orqali o’tkazgan tranzit yuklari 2001 yilga qaraganda 1,5 marta oshgan.

Yüklə 2,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin