Transport vositalarini boshqarishni o'rgatish ustida amallar bajarish


Avtomobilni tejamli boshqarish ustida amallar bajarish



Yüklə 6,83 Mb.
səhifə13/28
tarix19.10.2023
ölçüsü6,83 Mb.
#157611
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
transport vositalarini boshqarish

Avtomobilni tejamli boshqarish ustida amallar bajarish
1. Dvigatelni o‘t oldirish va to‘xtatishni o`rganish
2. Avtomobilni o‘rnidan qo‘zg‘atishni o`rganish
3. Mavzuga oid testlar ishlash

Avtomobilni yoqilg‘i bo‘yicha iqtisodchanligini baholashda bosib o‘tilgan yo‘l yoki bajarilgan transport ishiga to‘g‘ri kelgan yoqilg‘i sarfidan foydalaniladi (l/100km yoki l/tkm). CHet ellarda yoqilg‘i iqtisodchanligi ma’lum xajmdagi yoqilg‘i bilan avtomobil qancha masofani o‘ta olishini aniqlash bilan ham baholash joriy etilgan.


Avtomobillarda yoqilg‘i sarfini katta bo‘lishi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘lib ularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
-transport vositasining va unga o‘rnatilgan dvigatelning konstruksiyasiga;
-transport vositasidan foydalanish qoidalari va ularni texnik xizmat ko‘rsatish sifatiga;
-har xil yo‘l sharoitida avtomobilni boshqarish texnikasiga;
-transport vositasining massasiga;
-dvigatelni foydali ish koeffitsientiga.
Yoqilg‘i sarfi transport vositasida qanday transmissiya qo‘llanilishiga, dvigatelning litrli xajmi,ssilindrlar soni va boshqa qism va agregatlariga qarab har 100 km uchun har xil bo‘ladi va u transport vositasini ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan uning texnik tasnifida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Engil avtomobilllarda 4 pog‘onali uzatmalar qutisi o‘rniga 5 pog‘onali uzatmani qo‘llanilishi ham yoqilg‘ini tejaydi.
Transport vositalaridan foydanish qoidalari va ularga texnik xizmat ko‘rsatish deganda, dvigatelь karteriga va boshqa qismlariga texnik pasportda ko‘rsatilgan moy va yoqilg‘ini belgilangan miqdorda quyish, yoqilg‘i uzatish tarmog‘ini bikirligini ta’minlash, ularni ifloslanishini oldini olish, karbyuratorlarni to‘g‘ri sozlash, o‘t oldirish tizimini va klapnlarni to‘g‘ri sozlash, chiqarish tizimini ifloslanib qolishi yoki boshqa turdagi shovqin o‘chirgichlarni o‘rnatish, buzuq termostatni qo‘llamaslik kabilar tushuniladi.
Har xil yo‘l sharoitlarida avtomobilni tejamli boshqarish texnikasi asosan haydovchiga, uning malakasiga va bilimiga bog‘liq bo‘ladi.
Avtomobilni har xil yo‘l sharoitlarida to‘g‘ri boshqarish 25% gacha yonilg‘ini tejash imkoniyatini beradi.
YOqilg‘i sarfi birinchi galda dvigatelni issiqlik temperaturasiga bog‘liq bo‘ladi. Dvigatel o‘t oldirilgandan keyin ma’lum muddat u qizdirilishi kerak. har xil turdagi dvigatellar uchun optimal temperatura uning texnik pasportida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar dvigatel sovuq bo‘lsa,ssilindrga yuborilayotgan yoqilg‘i qorishmasi bug‘lanmagan holda bo‘ladi va to‘liq yonmaydi. Dvigatelning temperaturasi 95S dan 75S ga tushganida yoqilg‘ini sarfini 3-5% ga, 65S gacha pasayishi esa 20% gacha yoqilg‘i sarfini ortishiga olib keladi.
Buning uchun haydovchi ruxsat etilgan tezlikkacha avtomobilni tezlashtiradi (bu vaqt oarlig‘ida yoqilg‘i sarfi ortadi) so‘ng uzatmalar qutisini betaraf holatga keltirib harakatni davom ettiradi. Bu vaqt oralig‘ida yoqilg‘i sarfi kamayadi, agar dvigatel o‘chirib qo‘yilsa, tejamkorlik yanada ortadi. Bu usuldan foydalanayotganda shuni unutmaslik kerakki, karbyuratorli dvigatellar salt holatda ishlaganida eng ko‘p zaharli gazlar chiqaradi, dizeli dvigatellar esa teskarisi, ya’ni kam zaharli gaz va qurum chiqaradilar.
Tezlanish-salt holatda harakatlanish asosan yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslarda keng qo‘llanladi. Bu usuldan bo‘ylama yo‘nalishda tik balandlik va nishabliklar bor joylarda foydalanish ham yaxshi natijalar beradi. Bunday yo‘l sharoitida haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlashni unutmasligi kerak.
Avtomobilni juda tez joyidan qo‘zg‘otadigan va tez tormozlab to‘xtatuvchi haydovchi yoqilg‘ini ko‘p sarflaydi.
Tog‘li joylarda harakatlanganda ham yoqilg‘i ko‘p sarf bo‘ladi. Buning asosoiy sababi balandlikni ortgan sari havo bosimi kamayadi. Masalan, 3-4 ming km. balandlikda dvigatelning quvvati 25-30% ga kamayadi. Bunday sharoitda tajribali haydovchilar qiyalikka avtomobil etib borguncha tezlikni kattalashtirib uning kinetik quvvatini oshiradi, pastga tushayotganda esa yaqin masofada keskin burilishlar bo‘lmasa, avtomobil o‘z og‘irligi kuchi va yig‘ilgan kinetik quvvati hisobiga harakatlanib boradi.
Agar avtomobilni to‘xtatish joyi avvaldan ma’lum bo‘lsa, haydovchi avtomobilning inersiyasi hisobiga harakatlanib borishi va iloji boricha tormoz tizimidan foydalanmaslik maqsadga muvofiq bo‘ladi.
SHahar sharoitida chorrahalarda harakatlanish svetafor yordamida boshqarilayotgan va ko‘chada «yashil chiroq» uslubi qo‘llanilgan bo‘lsa, haydovchi shunday tezlikni tanlash kerakki, u ko‘chani boshidan oxirigacha to‘xtamasdan harakatlansin.
Ma’lumki O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilayotgan va foydalanilayotgan avtomobillarning asosiy qismida avtomatik uzatmalar qutisi o‘rnatilmagan. Avtomatik uzatmalar qutisi avtomobilni boshqarishni osonlashtiradi, ammo shu bilan bir paytda yoqilg‘i sarfini 10-15% ga oddiy uzatmalar qutisi bor avtomobillarga nisbatan oshishiga olib keladi. Haydovchi oddiy (shesternyali) uzatmalar qutisidan to‘g‘ri foydalanganda yoqilg‘i sarfini bir muncha kamaytirish mumkin. Har bir uzatmada harakatlanish tezligining chegarasi har xil bo‘lgani uchun yoqilg‘ini tejalishi haydovchining mahorati va malakasiga bog‘liq bo‘lib yoqilg‘i sarfi 25% gacha bir-biridan farq qilishi mumkin. Haydovchilar uzatmalar qutisidagi pag‘onalardan foydalanganlarida har bir uzatmadagi maksimal tezlik iloji boricha minimal bo‘lishiga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatmada ko‘proq vaqt harakatlanishiga harakat qilishlari kerak. Bu usulda avtomobilga ortiqcha yuklanish tushmaslik asosiy omil bo‘lib qolishi kerak, aks holda yoqilg‘i sarfini kamaytirib bo‘lmaydi.



Yüklə 6,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin