Transport vositalarini boshqarishni o'rgatish ustida amallar bajarish


YTXni xisobga olish va taxlil qilish ustida amallar bajarish



Yüklə 6,83 Mb.
səhifə14/28
tarix19.10.2023
ölçüsü6,83 Mb.
#157611
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
transport vositalarini boshqarish

YTXni xisobga olish va taxlil qilish ustida amallar bajarish
1. YTXni xisobga olishni o`rganish
2. YTXni taxlil qilishni o`rganish
3. Mavzuga oid testlar ishlash
YTH o‘zining og‘irlik darajasiga, sodir bo‘lish mexanizmiga yoki joyiga (mesto proisshestviya) va boshqa belgilariga qarab bir qancha turlarga bo‘linadi.
YTH og‘irlik darajasiga qarab uch turga bo‘linadi:
- o‘lim bilan tugagan YTH;
- odamlarni tan jarohatini olishi bilan tugagan YTH;
- faqat moddiy zarar bilan tugagan YTH.
YTH sodir bo‘lish mexanizmiga qarab to‘qqizta turlarga ajratiladi:
1. To‘qnashuv. Bunga trasport vositalarining qarama-qarshi tomonidan, bir yo‘nalishda yoki yon tamondan harakatlanayotgan vaqtdagi to‘qnashuvi, shuningdek temir yo‘l transporti bilan avtomobil transportining to‘qnashuvi kiradi. Bu turdagi YTH ga to‘satdan to‘htagan transport vositasi bilan to‘qnashish ham kiradi.
2. Ag‘darilib (to‘ntarilib) ketish. Harakatlanayotgan transport vositasi o‘z turg‘unligini yo‘qotib ag‘darilishi. Bu turdagi yo‘l-tarsport hodisasiga to‘qnashuv, to‘xtab turgan transport vositalariga yoki to‘siqqa urilish natijasida transport vositalarining ag‘darilishi kirmaydi. Ag‘darilib ketish YTHda asosan bitta transport vositasi ishtirok etadi.
3. Turgan transport vositasini urib ketish. Harakatlanayotgan transport vositasining harakatlanmayotgan (V=0) transport vositasiga urilishi. Bu turdagi YTH ga birdaniga (to‘satdan) to‘xtagan transport vositasinig urilishi kirmaydi.
4. To‘siqlarga urilish. Transport vositalarining qo‘zg‘almaydigan to‘siqlarga (ko‘prik tayanchiga, stolba va machta tayanchiga, yo‘l to‘siqlariga, daraxtlarga va hakozo) urilishi.
5. Piyodalarni bosib (urib) ketish. Transport vositalari piyodalarni urishi yoki piyodalarni transport vositalariga urilishi, shuningdek, tashilayotgan yukdan (yog‘och, truba, plita va hakozo) piyodlarning shikastlanishi ham kiradi.
6. Velosipedchini bosib (urib) ketish. Transport vositasi velosipedchini bosishi (urishi) yoki velosipedchi trasport vositasini urishi;
7. Aravani bosib (urib) ketish. Hakatlanayotgan transport vositasi harakatlanayotgan aravani urib ketishi;
8. Hayvonlarni urib (bosib) ketish. Transport vositasi yovvoyi yoki uy hayvonini urib ketish.
9. Boshqa (qolgan) YTH. Bu turdagi YTHga tramvayning relьesdan chiqib trasport vositasini yoki piyodalarni urishi, yuk avtomobillaridan yuk tushib ketishi natijasida bo‘ladigan falokatlar, passajirning yiqilib tushishi va hakozolar kiradi.
YTH sonini ularning turlari bo‘yicha taqsimlanishi shuni ko‘rsatadiki eng ko‘p YTH bu piyodalarni bosib ketishi hodisalari ekan.
YTH ni sodir bo‘lgan joyiga qarab ham bir necha turlarga ajratish mumkin: shaharlarda, aholi yashaydigan punktlarda, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan avtomobil yo‘llarida, chorrahalarda va hakozo.
Barcha yo‘l harakati qatnashchilarining, harakatni tashkil qiluvchilarning, harakat xavfsizligi bo‘yicha xizmatchilarning (shu jumladan haydovchilarning) asosiy vazifasi YTH ni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlarni (shu jumladan avtomobilni xavfsiz boshqarish usullarini) ishlab chiqish va amalga tadbiq qilishdan iboratdir. Buning uchun avvalo har bir YTH ning kelib chiqish sabablarini aniqlash kerak bo‘ladi.
Har bir hodisaning kelib chiqish sabablarini aniqlash juda murakkab masaladir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki har 100 ta YTH 250 tadan ortiq har xil omillarning ta’siri natijasida sodir bo‘lar ekan.
YO’L TRANSPORT XODISALARINI TAHLIL QILISH.
Yo’l transport xodisalarini oldini olish, ularga qarshi chora tadbirlar belgilash uchun ularni kelib chikish sabablarini bilish zarur.
Korxona yoki tashkilot bu soxadagi ishini baxolash uchun YTXlari soni va kelib chikish sabablarini bilish muxim.
Yo’l-transport xodisalarini kelib chikish sabablarini. Taxlil kilish Yo’li bilan anikdash mumkin, qarama-qarshi xarakatlanishda, tuknashuvga xarakatlanish oralik masofasiga rioya kilmaslik yoki shinalarni eylanish me’yoridan oshgani, tezlikni oshirish, Yo’l koplamasini sirpanchik bulishi va boshkapar sabab bulishi mumkin.
Xar bir YTXda uni keltirib chixarishga sabab bulishi mumkin bulgan kuyidagi turt omil urganiladi. Avvalo xaydovchi, uning sogligi xolati, malakasi, ishdagi tavsifnomasi, xatti xarakati va amal kilishi, keyin Yo’l sharoiti va vaziyat taxlil kilinadi.
Xodisaga daxldor transport vositasining texnik xolati konstruktiv xususiyatlari muxim rol uynaydi. Xaydovchi va avtomobilь ishini tashkil kilish obdon urganiladi.
Taxlil natijasida ( xaydovchi yoki boshka xarakat qatnashchisi kaysi me’yoriy xujjat yoki koida talabini buzdi. Tashkilot ishidagi kaysi nuksonlar xodisa kelib chikishiga sharoit yaratdi, bu xolatlar urganilib nuksonlarni bartaraf etish tugrisidagi takliflap beriladi.
Xodisani xizmat yuzasidan tekshirish dalolatnomasida kursatilgan xodisaning kelib chikish sabablari, uni oldini olish uchun berilgan takliflar qilingan xulosalar xodisa tugrisitsa tuplangan ma’lumotlar tula taxlil xisoblanadi.
Taxlil xulosasi korxona umumiy yigilishida muxoxama kilinadi va korxona xarakatlanish xavfsizligi xizmati ish rejasiga kiritiladi. Uni bajarish buyruk bilan rasmiylashtiriladi.

Yüklə 6,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin