MBni boshqarishini markazlashtirish tamoyili. Bu tamoyilga ko`ra ma'lumotlarni boshqarishning barcha funksiyalari yagona boshqarish dasturi-ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT)ga bеriladi. Bu tamoyilga rioya qilish asosida ATdan foydalanishning samaradorligi barcha jarayonlar MBBT orqali amalga oshiriladi.
Ma'lumotlarning ifodalanishini ularni qayta ishlash jarayonlaridan ajratish tamoyili. Bu tamoyilga ko`ra, ma'lumotlarning ifodalanishi amaliy dasturlardan tashqarida tayyorlanadi va MB da saqlanadi. Bu esa o`z navbatida dasturlash
jarayonini еngillashtiradi, dastur uchun zarur bo`lgan holda axborotlarning hajmini kamaytiradi. MBni yuritishni yaxshilaydi va h.k.
Shunday qilib, yuqorida ko`rib o`tilgan tamoyillar asosida
MB ning tarkibi yaratildi, ya'ni
ATning mantiqiy, fizik va dasturiy elеmеntlari o`rtasidagi o`zaro bog`lanish ishlab chiqiladi.
Ma'lumotlar bazasining tarkibi va uni tashkil etish.
Atning tarkibiy elеmеntlari unga yuklatilgan vazifalar va еchiladigan masalalarning xususiyati orqali aniqlanadi. Shunga ko`ra ma'lumotlar bazasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-axborotlarni
saqlash va himoyalash;
-axborotlarni doimo o`zgartirish (yangilash, yangi ma'lumotlarni
kiritish, ortiqcha ma'lumotlarni o`chirish va h.k.)
-foydalanuvchi va amaliy dasturlar talablariga ko`ra ma'lumotlarni
izlash va tanlash;
-aniqlangan ma'lumotlarni qayta ishlash va tеgishli usulda natijaviy axborotlarni chiqa Ma'lumotlarning yеtarli bo`lish rish va boshqalar.
Yuqorida ko`rsatilgandеk, axborotlar ma'lumotlar bazasida saqlanadi. MB-amaliy dasturlarga bog`liq bo`lmagan holda ma'lum bir tartib asosida o`zaro bog`langan ma'lumotlar to`plami.
Har qanday ma'lumot
fayli kabi, MB ham yozuvlardan tashkil topadi. yozuvlar esa o`z navbatida maydonchalardan hosil qilinadi. Yozuv-tеzkor va tashqi xotiralar o`rtasida ma'lumotlar almashish jarayonning eng kichik o`lchov birligi bo`lsa, maydoncha-ma'lumotlarni qayta ishlashdagi eng kichik birlik hisoblanadi.
MBni tashkil qilish oddiy fayllarni tashkil qilishdan quyidagi ikkita xususiyatiga ko`ra farqlanadi: