Tranzaksiyalarni boshqarishda sql so’rovlari



Yüklə 235,91 Kb.
səhifə2/5
tarix22.12.2022
ölçüsü235,91 Kb.
#77307
1   2   3   4   5
2-mavzu (sinflar va dostona funksiyalar)

MB bilan ish jarayonida ma'lumotlar butligi muhim o'rin tutadl. Ma'lumotlar butligi deganimizda, ma'lumotlaming to'g'riligi va mazmunan qarmaqarshi ma'noga ega emasligi tushuniladi. Masalan, "O'qituvchi" jadvalidagi har bir o'zgarish "Yuklama" jadvalida ham qayd etilishi kerak. 0'qituvchining "Yuklama" jadvalida qayd etilmasligi ma'lumotlar butligining buzilishiga olib keladi.

Ko'pchilik hollarada MBning ma'lumotlari butligini saqlashni tashkillashtirish uchun tranzaksiyalardan foydalanishadi. Umuman olganda tranzaksiya - bu mantiqan bo'linmaydigan ish birligi. Bu jarayonda: yoki tranzaksiyaga kiruvchi barcha amallar MBda aks etadi; yoki bu amallar umuman bajarilmaydi.

Tranzaksiyaning bu xususiyati butlik shartining buzilmasligini ta'minlaydi. Ko'pgina MBBTda tranzaksiyalaming ikkita modeli ishlatiladi: Tranzaksiyalaming avtomatik bajarilish modeli. Tranzaksiyalaming bajarilishini boshqarish modeli. Tranzaksiyalaming avtomatik bajarilish modelida, tranzaksiya avtomatik ravishda ishga tushadi va quyidagi usullardan biri bilan tugaydi:

> COMMIT yo'riqnomasi bilan, bunda MBdagi o'zgarishlar doimiy bajariladigan bo'ladi va yangi tranzaksiya COMMIT buyrug'idan so'ng boshlanadi. > ROLLBACK yo'riqnomasi bilan, bunda tranzaksiyada bajarilgan barcha o'zgarishlar bekor bo'ladi va yangi tranzaksiya ROLLBACK buyrug'idan so'ng boshlanadi.

Tranzaksiyalaming bajarilishini boshqarish modeli SUBD Sysbase dasturida qo'llanilib, quyidagi yoriqnomalardan foydalaniladi: S BEGIN TRANSACTION yo'riqnomasi, tranzaksiyaning boshlanishini bildiradi. S COMMIT TRANSACTION yo'riqnomasi, tranzaksiyaning muvaffaqiyatli tuganini bildiradi. Bunda yangi tranzaksiya avtomatik ravishda ishga tushmaydi.

SAVE TRANSACTION yo'riqnomasi, bunda tranzaksiya ichida saqlash nuqtasi tashkillashtiradi va saqlangan saqlash nuqtasiga nom berish imkoniyati yaratiladi. ROLLBACK yo'riqnomasi, bunda barcha tranzaksiyadagi amallar bekor qilinadi va MB holati tranzaksiyadan oldingi holatga qaytariladi.


Yüklə 235,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin