TRANZISTOR ASOSIDAGI BIR KASKADLI KUCHAYTIRGICH
Tranzistorlarda qurilgan bir kaskadli kuchaytirgichlar. Hozirgi vaqtda keng tarqalgan kuchaytirgichlarda kuchaytiruvchm element sifatida ikki qutbli yoki bir qutbli tranzistorlar ishlatiladi. Kuchaytirish quyidagicha amalga oshiriladi. Boshqariladigan element (tranzistor)ning kirish zanjiriga kuchlanish (U кир ) beriladi va kirish toki ( кир I ) hosil bo’ladi. Kichik kirish toki chiqish zanjiridagi tokda o’zgaruvchan tashkil etuvchini hamda boshqariladigan elementning chiqish zanjirida kirish zanjiridagi kuchlanishdan ancha katta bo’lgan o’zgaruvchan kuchlanish hosil qiladi. 1-rasmda umumiy emittorli (UE) kuchaytirish kaskadining chizmasi hamda kirish va chiqish tavsiflari ko’rsatilgan. Kuchaytirish kaskadlari UE, UB, UK chizmalar bo’yicha yig’iladi. Umumiy kollektorli (UK) chizma tok va quvvat bo’yicha kuchaytirish imkoniyatiga ega. Bunda u 1 k chizmaga asosan, kaskadning yuqori chiqish qarshiligini isteemolini aniqlash lozimdir. Tranzistorli kuchaytirgichning chizmasini ko’rib chiqamiz. Bu kuychaytirgich tokni ham, kuchlanishni ham kuchaytirish imkoniyatiga ega. Kuchaytirish kaskadining asosiy zanjiri tranzistor (VT); qarshilik R k va manba Ek dan iborat. Qolgan elementlar yordamchi sifatida ishlatiladi. C1 kondensator kirish sig’imini o’tkazmaydi, tranzistor bazasi U б va R2 qarshilikka bog’liq bo’lmaydi. Kondensator C2 iste’molchi zanjiriga chiqish kuchlanishning o’tkazish uchun xizmat qiladi. R1 va R2 rezistorlar kuchlanish bulib turib kaskadning boshlang’ich holatini ta’minlab beradi.