Travma (yun trauma shikayet) tashqi muhit taʼsirida organizm toʻqimalari va organlar



Yüklə 69,43 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.06.2023
ölçüsü69,43 Kb.
#132671
Travma - Vikipediya



Travma
Travma (yun. trauma — shikayet) — tashqi muhit taʼsirida organizm toʻqimalari va organlar
faoliyatining buzilishi. Shikastlovchi omillarga koʻra mexanik, kimyoviy, elektrik, termik,
shuningdek, psixik T. boʻladi. Shikastlovchi omilning taʼsir etish vaqtiga koʻra, oʻtkir va surunkali
T.; T.ga sabab boʻlgan hodisa va shartsharoitga asosan, ishlab chiqarish., sport, turmush, koʻcha,
transport va boshqa travmalariga ajratiladi.
Oʻtkir T.da organizmdagi biror organ yoki toʻqima (turli darajada) shikastlanadi; ogʻirroq hollarda
travmatik shok, hatto oʻlim roʻy beradi. Surunkali T. organizmga tashqi muhitning astasekin uzoq
vaqt zararli (mas., vibratsiya, ishqalanish, bosim va boshqalar) taʼsir etishidan kelib chiqadi.
Mexanik T.da ochiq va yopiq suyak sinishi, miya silkinishi, suyak chikishi, ichki aʼzolarning
yorilishi, miya, yurak, oʻpka, qorin boʻshligʻi aʼzolari shikastlanishi, ezilishi,uzilishi mumkin.
Bunda qon ketishi, shish, yalligʻlanish, nekroz — toʻqimaning oʻlishi kabilar yuz berishi mumkin.
Termik T.da organizm toʻqimasi yuqori tra (kuyish) va past tra (sovuq olishi) taʼsirida zararlanadi.
Kimyoviy T. toʻqimaning turli kimyoviy moddalar (kislota, ishqor va boshqalar) taʼsirida
kuyishidan paydo boʻladi. Psixik T. koʻpincha toʻsatdan roʻy beradigan ogʻir ruhiy taʼsirotlar,
kuchli hayajon, baxtsiz hodisalardan gʻam chekish (qattiq qoʻrqish, vaqima, asab buzilishi)
oqibatida kelib chikali; bunda hushdan ketish, uzoq vaqt asabning buzilishi — nevrozlar,
depressiya ham vujudga kelishi mumkin.
Bemorga oʻz vaqtida birinchi tibbiy yordam berish bilan T. asoratlarining oldini olish mumkin
(yana qarang 
Travmatizm
).
Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada 
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Yüklə 69,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin