Har bir trigger asosida bir-biri bilan o’zaro kesishib ketgan teskari aloqali ikkita invertorli zanjir yotadi. Bu zanjir ikkita turg’un holatga ega. Invertorlar ( EMAS elementlari ) va teskari aloqa zanjirlari yordamida tuzilgan bo’lib, uning shartli tasviri 26-rasmda keltirilgan.
26-rasm. Ikki invertorga ega teskari aloqali zanjir tasviri.
Zanjir ma’lumotlarni ikkilik sanoq tizimida qayta ishlashga mo’ljallangan , chunki unda Q chiqish potensiali mantiqiy 0 va 1 qiymatlarni olishi mumkin. Unga yozilgan ma’lumot kuchlanish manbai ulangan vaqtda saqlanib turadi. Biridan ma’lumotni keyingisiga uzatish mumkin emas, chunki ularda tashqi boshqaruv zanjiri mavjud emas. Boshqaruv va ishga tushirish zanjirlarisiz unga ma’lumot kiritish (yozish) mumkin emas.
Trigger – ikkita teng kuchli, alternativ turg’un holatga ega bo’lgan (0 yoki 1) va axborotni yozish, saqlash va uzatish uchun xizmat qiladigan qurilmadir.
B oshlang’ich signallar ta’sirida trigger bir turg’un holatdan ikkinchisiga o’tishi mumkin. Odatda trigger ikkita chiqish yo’liga ega: birinchisi to’g’ri chiqish yo’li deyiladi va Q bilan belgilanadi. Ikkinchi chiqish yo’li teskari chiqish yo’li deyiladi va bilan belgilanadi.
Triggerning kirish yo’llari soni uning bajaradigan funksiyasiga bog’liq. Axborotlarni yozish bo’yicha triggerlar 2 ga bo’linadi:
- asinxron ( “ bir vaqtda emas ”) triggerlar;
- sinxron (“ bir vaqtda ”) triggerlar.
Asinxron triggerlarda axborotning o’zgarishi uchun istalgan paytda kirish signallarining berilishi bilan o’zgaradi.
Sinxron triggerlarning chiqish yo’lida signallarning o’zgarishi uchun uning kirish yo’liga qo’shimcha sinxrosignal (boshqarish signali) berish kerak. Aks holda bunday triggerlarda axborotlarni yozib bo’lmaydi.
EHM qurilmalarida turli funksional imkoniyatlarga ega bo’lgan triggerlar qo’llaniladi. Lekin barcha sxemalarning asosini asinxron RS – trigger tashkil etadi.