Мантиқий масалаларни ечиш ва уларнинг тўғри фикрлашга бўлган таъсири Masalalarni yechish uchun chuqur matematik bilim emas, balki matematik mushohada yuritish va topqirlik ko’proq talab qilinadi.
Bu masalalardan o`qishdan tashqari mashg’ulotlarda, o’quvchilarni turli matematik musobaqalarga tayyorlash jarayonida foydalanilsa mantiqiy fikrlashga undovchi ko’plab masalalar har bir o’quvchida qiziqish uyg’otadi.
1. To’rtta 2 raqami hamda to’rtta arifmetik amal, qavslar yordamida 0; 1; 2; 3; 4; 5;
6; 7; 8; 9; 10 sonlarini hosil qilish mumkinmi?
2. 100 sonini a) oltita bir xil raqam yordamida, b) to’qqizta turli xil raqamlar
yordamida yozing.
9 sonini 10 ta turli raqamlar yordamida yozing.
Ikki xonali sonning raqamlar yig’indisi eng katta bir xonali songa teng. O’nlar xonasidagi raqam esa, bu yig’indidan 2 ga kam. Shu sonni toping.
Ikki xonali sonning raqamlari yig’indisi eng kichik ikki xonali songa teng. O’nlar xonasidagi raqam birlar xonasidagi raqamdan to’rt marta kichik. Bu sonni toping.