Qiziqarli savollardan iborat testlar asosan “Kenguru” Xalqaro intellektual olimpiadasi topshiriqlari asosida tuzilgan bo’lib, ularni bajarish uchun chuqur matematik bilim emas, balki matematik mushohada yuritish va topqirlik ko’proq talab qilinadi. Ushbu masalalardan o`qishdan tashqari mashg’ulotlarda, o’quvchilarni turli matematik musobaqalarga tayyorlash jarayonida foydalanish mumkin. Qiziqarli masalalar mantiqiy fikrlashga undash bilan birga har bir kishida qiziqish uyg’otadi.
3. Anvarda yettita sanoq cho’pi bor edi. U bu cho’plardan birini ikki bo’lakga
bo’ldi. Endi unda nechta sanoq cho’pi bor?
(A) 5 (B) 6 (C) 7
(D) 8 (E) 9
Ra’no «Men uyga ketdim» gapidagi har bir so’zdagi harflar sonini ko’paytirmoqda. U qanday javob olgan? (A) 18 (B) 30 (C) 36 (D) 150 (E) 72
Anvar va G’ulom ikkalasi 16 martda tug’ilgan va G’ulom tug’ilganda Anvar 3 yosh edi. G’ulom nechaga to’lganda, uning yoshi Anvarning yoshidan ikki barobar kichik bo’ladi? (A) 1 (B) 2 (C) 3 (D) 4 (E) 10
6. Rasmda qanday geometrik shakllar yo’q?
(A) to’g’ri to’rtburchaklar
(B) uchburchaklar
(C) kvadratlar (D)doiralar
(E) yuqoridagi hamma shakllar bor.