Tristorli kuchlanish rostlagichi-o'zgarmas tok motori


Dvigatel yakori shuntlangandagi mexanik tavsif­lari



Yüklə 234 Kb.
səhifə11/12
tarix09.06.2023
ölçüsü234 Kb.
#127830
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
BOSHQARILADIGAN TRISTORLI KUCHLANISH ROSTLAGICHI-O\'ZGARMAS TOK MOTORI TIZIMI TAXLILI

Dvigatel yakori shuntlangandagi mexanik tavsif­lari. Dvigatel tarmoqqa ulangandagi salt yurish tez­ligidan kamroq salt yurish tezligi olish uchun mashina yakorini shuntlab, sun’iy tavsif olish mumkin (11- rasm, b).
Yakor Rq + Rsh qarshiliklaridan tashkil topgan kuchlanish bo‘luvchisi yordamida dvigatel yakori kamroq kuchlanishga ulanadi. Bunday yuritma mexanik tavsiflarning shakli 11- rasm b dagi ko‘rinishga ega. Yakordagi kuchlanishni o‘zgartirishning bu usuli katta quvvat isroflari bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun amalda qo‘llanilmaydi.


11- rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli dvigatelning yakori shuntlangandagi ulanish sxemasi (a) va mexanik tavsiflari (b).
12- rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli dvigatelning
mexanik tavsifini qurish.

ozirda bu ko‘rinishdagi tavsiflarni olish uchun elektr mashina yoki statik yarim o‘tkazgichli kuchlanish o‘zgartkichlari vositasida elektromexanik tizim­lar qo‘llaniladi.




5. Mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli
dvigatel yakori zanjiriga ulanadigan qarshiliklarni hisoblash

Yuritmani loyihalashda ishga tushirish, dinamik tormozlash yoki teskari ulash rejimlarida turli mexa­nik tavsiflarni olishda dvigatel yakoriga ulanadigan qo‘shimcha (tashqi) qarshiliklarni hisoblash kerak bo‘ladi. Bunda o‘zgarmas magnit oqimida ishlayotgan mustaqil qo‘zg‘atish chulg‘amli o‘zgarmas tok dvigateli uchun absolut yoki nisbiy birliklarda keltirilgan elektromexanik tavsiflardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.


Yakor qarshiligi rya ning nisbiy qiymatini hisoblashda va uning qiymatini ordinata o‘qiga 13- rasm­da ko‘rsatilganidek = 1 holat uchun qo‘yib, nisbiy tabiiy elektromexanik tavsif 1 ni olamiz. Agar Mnom bo‘lgandagi yuritmaning w1 tezlikka ega bo‘lgan sun’iy tavsifini qurish kerak bo‘lsa, u holda bu tezlikning nisbiy qiymati n1(n1 = w1w0-1)ni aniqlash va grafikka ushbu qiymatni nisbiy tok i = 1 bo‘lganda qo‘yish kerak.


13- rasm. Mustaqil qo‘zg‘atishli dvigatelni ishga tushirish diagrammasi (a) va rezistor seksiyalarinihg ulanish sxemasi (b).

Hisoblayotgan mexanik tavsifga 2 to‘g‘ri chiziq mos keladi. Tenglik (24) asosida quyidagini aniq­laymiz:


rya + rqo‘sh= 1-n1 (36)


bu yerda:


rqo‘sh= 1-n1-rya (37)


qo‘shimcha qarshilikning absolut qiymati Rqush= = rqo‘shRnom.


Ishga tushirish rezistorlari seksiyalarini hisoblash uchun pog‘ona qarshiliklarini qayta ulashdagi toklarning eng katta I1 va eng kichik I2 qiymatlarini belgilaymiz (13- rasm, a). I1 ning qiymatini kommuta­t­siya shartidan kelib chiqqan holda maksimal tok qiy­matiga yaqin qilib tanlaymiz. Masalan, PBST rusumli dvigatellar uchun


I= (3,5ё4,0)Inom (38)

Tok I2 ning qiymati yuklamaning statik toki qiymatidan 10—50% ortiq qilib qabul qilinadi. Toklar­ning ushbu chegaralarda o‘zgarishiga qarab 13- rasm, a da ko‘rsatilgan dvigatelning ishga tushirish diagrammasi quriladi va bunda I1, I2 toklarni rezistorlarning har bir ulanishida bir xil qiymatga teng bo‘lishini ta’minlash kerak.


Shundan so‘ng yuqorida keltirilgan uslub asosida har bir pog‘ona qarshiliklarining nisbiy qiymati aniq­lanadi.
Bundan tashqari ishga tushirish qarshiliklari seksiyalarini hisoblahsning analitik usulini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun sxemaga 13- rasm b da ko‘rsatilgan belgilashlarni kiritamiz. Avval dvigatel yakor zanjirida Rya qarshilik bilan tarmoqqa ulanadi (13- rasm a dagi nuqta). Seksiya Rm-+ 1 v nuq­tada o‘chiriladi va dvigatel yakor zanjirida Rm-1 qarshilik bilan keyingi mexanik tavsifga o‘tadi (c nuq­taga). Shundan so‘ng ishga tushirish seksiyalarining ayrimlarini chiqarish davom etadi va oxiri­da dvigatel tabiiy mexanik tavsifga chiqariladi (lmw0, nuri).
Diagrammadan ko‘rinib turibdiki, m pog‘onadan o‘tishda quyidagini olamiz:


I1= (U-Em)/Rm-1; I2= (U-Em)/Rm, (39)

bu yerda: Em — dvigatelning B va c nuqtalaridagi EYK.


Shunday qilib, I1/I= Rm/Rm-1= l I1, tokining eng yuqori qiymati va I2 tokining eng pastki qiymatlari­ning tengligidan hamma pog‘onalar uchun qurilgan diagrammalardan quyidagilarni olamiz:


I1/IRm/Rm-1 Rm-1/Rm-2 = ... = R2/RR1/Rya (40)

(39) va (40) ifodalar asosida quyidagini aniq­laymiz:


, (41)

bu yerdan




(42)

yoki



(43)

Ishga tushirish qarshiliklarining seksiyalari quyida­gicha hisoblanadi: dastlab (37) va (38) tenglamalarga asosan l0 ning taxminiy qiymati beriladi. So‘ngra Rm =UI1-1 qiymati aniqlanadi. (43) tenglama bo‘yicha pog‘onalar soni m0 kasrli son chiqadi, uni butun songacha yaxlitlanadi. So‘ngra (42) tenglama bo‘yicha l ning keyingi hisoblashlarda qo‘llaniladigan yaxlit qiymati aniqlanadi. Shuni e’tirof etish kerakki, l qiymatini aniqlashda faqat I2 qiymatini o‘zgartirish mumkin va u Iq dan katta bo‘lishi darkor.


Har bir seksiyalar qarshiligi (13- rasm, b) quyi­dagi tenglamalar orqali topiladi:


(44)

Real elektr yuritmalarni loyihalashda turli tuzilish­dagi rezistorlarning issiqlik hisobi bajarilib, shunga asosan katalogdan mos kelgan elementlar tanlanadi.





Yüklə 234 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin