Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari
ONA TILI
1.
Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan
to‘g‘ri yozilgan?
A) xususiyat, tafsilot
B) daromad, sabzovot
C) saxovot, zokovat
D) halovat, forosat
Yozma savodxonlikni baholashga qaratilgan
ushbu test topshirig‘i abituriyentlardan
so‘zlarning talaffuzi va yozilishi bilan bog‘liq
bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishni talab
etadi. A javobda berilgan xususiyat,
tafsilot so‘zlarida hech qanday imloviy
xatolik uchramaydi.
B javobdagi sabzovot (sabzavot tarzida
yozilishi kerak), C javobdagi saxovot,
zokovat (saxovat, zakovat tarzida
yozilishi kerak), D javobdagi forosat
(farosat tarzida yozilishi kerak) so‘zlari esa
imloviy jihatdan xato yozilgan.
To‘g‘ri javob: A.
Manba:
N.M.Mahmudov va boshqalar.
Ona tili. 5-sinf uchun darslik. G‘afur
G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy
uyi. Toshkent−2020.
2.
Qaysi javobda qo‘shimcha qo‘shilishi bilan
bog‘liq imloviy xatolik mavjud?
A) Boshing ko‘kga yetgan bo‘lsa ham,
Ustozlar ilmiga quloq sol har dam.
B) Og‘ir yukdan zo‘riqqan qo‘llariga biroz
dam berdi.
C) Yuziga urilgan salqin shabada uni yana
ham tetiklashtirdi.
D) Boqqaning ikkita echki,
O‘shqirganing yer tebratar.
Yozma savodxonlikni baholashga qaratilgan
ushbu test topshirig‘i abituriyentlardan
so‘zlarning talaffuzi va yozilishi, asos va
qo‘shimchalar imlosi bilan bog‘liq bilim va
ko‘nikmaga ega bo‘lishni talab etadi.
Ma’lumki, jo‘nalish kelishigi (-ga)
qo‘shimchasi -k va -q undoshi bilan
tugagan so‘zlarga qo‘shilganda tovush
o‘zgarishi bilan (-ka yoki -qa tarzida)
aytiladi va yoziladi. Aks holda, imloviy
xatolik sanaladi. A javobdagi ko‘kga
so‘zida xuddi shunday holat kuzatiladi,
ya’ni imloviy xatolik mavjud. Boshqa
javoblarda qo‘shimchalar qo‘shilishi bilan
bog‘liq imloviy xatolik kuzatilmaydi.
To‘g‘ri javob: A.
Manba:
N.M.Mahmudov va boshqalar.
Ona tili. 7-sinf uchun darslik. "Ma’naviyat"
nashriyot uyi. Toshkent−2017.
1
Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari
3.
Qaysi gapda chiziqcha qo‘llash bilan bog‘liq
imloviy xatolik mavjud emas?
A) Sen-la baxtiyorman, aziz Vatanim,
Senga fido bo‘lsin shu jon-u tanim.
B) Senchi, sen bugun bormaysan-mi?
C) Bu ishlarni bugun-oq bitiring.
D) Gulzordagi och-sariq, qizil gullar nafis
tebranib turibdi.
Yozma savodxonlikni baholashga qaratilgan
ushbu test topshirig‘i abituriyentlardan
chiziqcha qo‘llash bilan bog‘liq bilim va
ko‘nikmaga ega bo‘lishni talab etadi. Bilan
ko‘makchisining she’riy uslubga xos
qisqargan shakli (-la) o‘zi bog‘langan
so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi va
A javobda ushbu ko‘makchining yozilishi
bilan bog‘liq xatolik kuzatilmaydi.
Qo‘shimcha yuklamalarning ayrimlari
o‘zidan oldin kelgan so‘zdan chiziqcha bilan
ajratib, ayrimlari esa qo‘shib yoziladi. Ya’ni
-mi, -dir, -oq(-yoq), -ov(-yov),
-gina(-kina, -qina) kabi yuklamalar
so‘zga qo‘shib yoziladi. -chi, -a(-ya),
-u(-yu), -da, -ku, -e, -ey(-yey) kabi
yuklamalar o‘zidan oldin kelgan so‘zdan
chiziqcha bilan ajratib yoziladi. Test
topshirig‘ining B va C javoblarida ushbu
yuklamalarning yozilishi bilan bog‘liq
imloviy xatolik kuzatiladi. D javobda ham
chiziqcha noo‘rin qo‘llangan, chunki
sifatning daraja shaklini hosil qiluvchi och,
to‘q kabi so‘zlar belgi bildiruvchi so‘zlardan
ajratib yozilishi kerak.
To‘g‘ri javob: A.
Manba:
N.M.Mahmudov va boshqalar.
7-sinf ona tili darsligi Toshkent
“Ma’naviyat”-2017.
4.
Qaysi gapda vergul qo‘llash bilan bog‘liq
xatolik mavjud emas?
A) Biz bugun, shubhasiz, g‘alaba
qozonamiz.
B) Bu fikrga qo‘shilmaydi balki, jon-jahdi
bilan qarshi chiqadi.
C) Bu safar na Nazira, na Nodira, kelmadi.
D) Bizga kitob, daftar, qalamlar, kerak.
Tinish belgilarini qo‘llash bilan bog‘liq
yozma savodxonlikni baholashga qaratilgan
ushbu test topshirig‘ining A javobida
xatolik kuzatilmaydi. Chunki kirish so‘z
(shubhasiz )lar gap bo‘laklaridan vergul
bilan ajratiladi. B javobda vergulning
qo‘llanish o‘rnida xatolik kuzatiladi, ya’ni
vergul balki zidlov bog‘lovchisidan keyin
emas, oldin qo‘llanilishi lozim. C va
D javoblarda uyushiq bo‘laklarda
vergulning qo‘llanishi bilan bog‘liq xatolik
kuzatiladi, ya’ni har ikkala gapda ham
uyushiq bo‘laklarning oxirgisidan keyin
noo‘rin qo‘llangan vergul mavjud.
To‘g‘ri javob: A.
Manba:
N.M.Mahmudov va boshqalar.
Ona tili. 9-sinf uchun darslik. "Tasvir"
nashriyot uyi. Toshkent−2019.
5.
Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘z
ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
A) buloqning ko‘zi
B) tog‘ cho‘qqisi
C) qalin taxta
D) shabadaning yugurishi
So‘z va uning ma’nosi bilan bog‘liq ushbu
test topshirig‘ining A javobidagi ajratib
ko‘rsatilgan ko‘z so‘zi ko‘chma ma’noda
qo‘llangan. Qolgan javoblarda esa ajratib
ko‘rsatilgan so‘zlar ko‘chma emas, o‘z
ma’nosida qo‘llangan.
To‘g‘ri javob: A.
Manba:
N.M.Mahmudov va boshqalar.
Ona tili. 11-sinf uchun darslik.
"O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat
ilmiy nashriyoti. Toshkent−2018.
2
Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari
6.
Qaysi javobda ot turkumi doirasida o‘zaro
shakldoshlik hosil qila oladigan so‘z
berilgan?
A) ot
B) qor
C) afzal
D) shoh
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun so‘z
va uning atash ma’nosi hamda ularning
shakldoshligi haqida bilim va ko‘nikmaga
ega bo‘lish talab etiladi.
A javobdagi so‘z ot turkumi doirasida
shakldoshlik hosil qila oladi, ya’ni ot −
hayvon, ot − nom, ism ma’nolarini
bildirgan holda omonimlik xususiyatiga ega
bo‘la oladi.
C va D javobdagi so‘zlar esa paronimlik
xususiyatiga ega so‘zlar hisoblanadi: afzal
(soz, yaxshi, tuzuk) – abzal (anjom), shoh
(podsho) – shox (daraxt shoxi, butoq).
B javobdagi qor so‘zi ot va fe’l so‘z turkumi
doirasida omonimlik hosil qiladi.
To‘g‘ri javob: A.
Manba:
N.M.Mahmudov va boshqalar.
Ona tili. 5-sinf uchun darslik. G‘afur
G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy
uyi. Toshkent−2020.
7.
Qaysi javobda zid ma’noli so‘zlar juftligi
berilgan?
A) tor − keng
B) qalin − yo‘g‘on
C) hiyla − xiyla
D) xotirjam − bemalol
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun zid
ma’noli (antonim) so‘zlar haqida bilim va
ko‘nikmaga ega bo‘lish talab etiladi.
A javobdagi tor va keng so‘zlari o‘zaro zid
ma’noli so‘zlar, B va D javobdagi so‘zlar
o‘zaro sinonim so‘zlar, C javobdagi so‘zlar
o‘zaro paronim sanaladi.
To‘g‘ri javob: A.
Manba:
N.M.Mahmudov va boshqalar.
Ona tili. 5-sinf uchun darslik. G‘afur
G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy
uyi. Toshkent−2020.
8.
Qaysi javobda tasviriy ifodaning izohi
to‘g‘ri berilgan?
A) o‘rmon qiroli − sher
B) kumush tola − makkajo‘xori
C) dala malikasi − paxta
D) mo‘yqalam ustalari − shoirlar
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun so‘z
va uning tasviriy ifodasi haqidagi bilim va
ko‘nikmaga ega bo‘lish talab etiladi.
O‘rmon qiroli tasviriy ifodasi sher
(yirtqich hayvon) so‘ziga nisbatan, kumush
tola tasviriy ifodasi ipak , pilla so‘zlariga
nisbatan, dala malikasi tasviriy ifodasi
makkajo‘xori so‘ziga nisbatan,
mo‘yqalam ustalari tasviriy ifodasi
rassomlar , suratkashlar so‘zlariga
nisbatan qo‘llanadi.
To‘g‘ri javob: A.
Manba:
B.Mengliyev va boshqalar. Ona
tili. 11-sinf uchun darslik. "O‘qituvchi"
nashriyot-matbaa uyi. Toshkent−2020.
9.
Qaysi javobdagi yomon so‘zi gunoh, ayb
ma’nolarida qo‘llangan?
A) Hay, Xadichaxon, o‘ylab
gapiring-a, birovga tuhmat qilish
yomon-a!
B) Bolalikda o‘tgan yomon kunlari esiga
tushib xo‘rligi keldi.
C) Yarasi juda yomon, juda qiynalib
yotibdi.
D) Yomon xabarning qanoti yengil bo‘ladi,
tez tarqaladi.
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun so‘z
va uning atash ma’nosi haqidagi bilim va
ko‘nikmaga ega bo‘lish talab etiladi.
Yomon so‘zi A javobda ayb, gunoh
ma’nolarida, B javobda tashvishli ,
behalovat, notinch ma’nolarida,
C javobda og‘ir , xavfli , xatarli
ma’nolarida, D javobda noxush,
yoqimsiz , sovuq ma’nolarida qo‘llangan.
To‘g‘ri javob: A.
Manba:
N.M.Mahmudov va boshqalar.
Ona tili. 11-sinf uchun darslik.
"O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" davlat
ilmiy nashriyoti. Toshkent−2018.
3
Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari
10.
Fe’lning birgalik nisbat shakli qatnashgan
gapni toping.
A) Yetishibdi mozorga
Ketmon-u bel ushlashib.
B) Men unga hazillashgan edim, ishonib
o‘tiribdi-ya.
C) Chaqimchilik qilish yaxshi odat emas.
D) Nasibaxon kirishini ham, qaytib
ketishini ham bilmay qoldi.
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun
abituriyentlardan fe’l va unga xos bo‘lgan
xususiyatlar haqidagi bilim va ko‘nikmaga
ega bo‘lish talab etiladi. Mazkur
topshiriqning A javobida harakat-holatning
bir emas, bir necha kishi tomonidan
bajarilganligini bildiruvchi yetishibdi ,
ushlashib fe’llari mavjud. Bunday fe’llar
birgalik nisbatdagi fe’llar sanaladi. Boshqa
javoblarda esa bunday xususiyatga ega fe’l
mavjud emas.
To‘g‘ri javob: A.
Manba:
N.M.Mahmudov va boshqalar.
Ona tili. 6-sinf uchun darslik. "Tasvir"
nashriyot uyi. Toshkent−2017.
11.
Qaysi javobda ot va sifat turkumiga oid
juftlik berilgan?
A) sevgi − kuzgi
B) muattar − iforli
C) chiroy − ko‘rk
D) chiziq − qiliq
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun
abituriyentlardan so‘z turkumlariga oid
bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish talab
etiladi. Mazkur topshiriqning A javobida
berilgan so‘zlar juftligidagi birinchi so‘z
(sevgi ) faoliyat-jarayon ma’nosini bildirib,
nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va ot
turkumiga mansub so‘z sanaladi. Ikkinchi
so‘z (kuzgi ) esa paytga xos belgini bildirib,
qanday? so‘rog‘iga javob bo‘ladi va sifat
turkumiga oid so‘z sanaladi. B javobdagi
har ikkala so‘z qanday? so‘rog‘iga javob
bo‘ladi va sifat turkumiga oid so‘zlar
hisoblanadi. C va D javoblardagi har ikkala
so‘z ot turkumiga mansub so‘zlar sanaladi.
To‘g‘ri javob: A.
Manba:
N.M.Mahmudov va boshqalar. Ona
tili. 6-sinf uchun darslik. "Tasvir" nashriyot
uyi. Toshkent−2017.
12.
Qaysi gapda undov so‘z mavjud emas?
A) “Albatta, mehnatning rohatini
ko‘rish yoqimli”, − dedi bobosi.
B) “Oh-oh, buncha mazali ekan bu
muqaymoq!” − dedi u.
C) “Hey, menga qara, Gulchehra”, − dedi u.
D) “Chuh jonivor”, − dedi Qosimjon otiga.
Ushbu test topshirig‘ini bajarishda
abituriyentlardan nutqimizda qo‘llanadigan
undov so‘zlar , ya’ni his-hayajon yoki
buyruq-xitob ma’nolarini bildiruvchi so‘zlar
va so‘zlovchining o‘zi aytayotgan fikriga
qo‘shimcha munosabatini ifodalovchi so‘zlar
(modal so‘zlar ) haqidagi bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lish talab etiladi. B,
C, D javoblardagi oh-oh, hey , chuh
so‘zlari undov so‘zlar hisoblanadi.
A javobdagi albatta so‘zi esa ishonch
ma’nosini ifodalaovchi modal so‘z sanaladi.
To‘g‘ri javob: A.
Manba:
N.M.Mahmudov va boshqalar.
Ona tili. 7-sinf uchun darslik. "Ma’naviyat"
nashriyot uyi. Toshkent−2017.
13.
Otli so‘z birikmasi berilgan javobni
aniqlang.
A) bajarilgan ish
B) akamni ko‘rmoq
C) chiroyli kiyingan
D) ishni tezlatish
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun
abituriyentlardan so‘z birikmasi va unga oid
bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish talab
etiladi. A javobdagi so‘z birikmasining
(bajarilgan ish) hokim qismi (ish so‘zi) ot
bilan ifodalangani uchun otli so‘z birikmasi
sanaladi. B, C, D javoblardagi so‘z
birikmalarining hokim qismi (ko‘rmoq ,
kiyingan, tezlatish so‘zlari) fe’l bilan
ifodalanganligi uchun fe’lli so‘z birikmasi
sanaladi.
To‘g‘ri javob: A.
Manba:
M.Qodirov va boshqalar. Ona tili.
8-sinf uchun darslik. "Tasvir" nashriyot uyi.
Toshkent−2019.
4
Majburiy fanlardan namunaviy test topshiriqlari
14.
Hol qatnashgan gapni toping.
A) Noshud ketganda maqtanar,
Botir − qaytganda.
B) Men yoz faslini yaxshi ko‘raman.
C) Aytar so‘zni ayt,
Aytmas so‘zdan qayt.
D) Urushning boshi − o‘yin,
Oxiri − o‘lim.
Ushbu test topshirig‘ini bajarishda
abituriyentlardan gap bo‘laklari haqidagi
bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish talab
etiladi.
Test topshirig‘ining A javobidagi gapda
payt ma’nosini bildirib kelgan ketganda va
qaytganda so‘zlari qachon? so‘rog‘iga
javob bo‘lib, fe’l so‘z turkumi bilan
ifodalangan kesim (maqtanar )ga bog‘lanib
kelishi kuzatiladi, ya’ni payt holi vazifasini
bajargan. B javobdagi payt bildiruvchi so‘z
(yoz ) qaysi? so‘rog‘iga javob bo‘lib, ot
so‘z turkumi bilan ifodalangan (faslini )
to‘ldiruvchiga bog‘lanib kelgan va gapda
sifatlovchi aniqlovchi vazifasini bajargan.
C javobdagi gap aniqlovchi, to‘ldiruvchi va
kesim bo‘laklaridan tashkil topgan (aytar ,
aytmas so‘zlari sifatlovchi aniqlovchi,
so‘zni , so‘zdan so‘zlari to‘ldiruvchi, ayt,
qayt so‘zlari esa kesim). D javobdagi
urushning so‘zi qaratqich aniqlovchi,
boshi va oxiri so‘zlari ega, o‘yin va o‘lim
so‘zlari kesim vazifasida kelgan. Demak, B,
C, D javoblarida holning qatnashishi
kuzatilmaydi.
To‘g‘ri javob: A.
Manba:
M.Qodirov va boshqalar. Ona tili.
8-sinf uchun darslik. "Tasvir" nashriyot uyi.
Toshkent−2019.
15.
Bog‘langan qo‘shma gap berilgan javobni
toping.
A) Ish ishtaha ochar, dangasa esa
ishdan qochar.
B) Shuni bilingki, Vatan muqaddasdir.
C) Tegishmagin ko‘pga,
Teng bo‘lasan cho‘pga.
D) Bir vaqt qarasam, oyoqlarim o‘z-o‘zidan
yurib ketyapti.
Ushbu test topshirig‘ini bajarish uchun
abituriyentlardan qo‘shma gap va uning
turlari haqida bilim va ko‘nikmaga ega
bo‘lish talab etiladi.
Bo‘lsa, esa so‘zlari qo‘shma gapning
ikkinchi qismida kelib, qismlar orasida
qiyoshlash-zidlash munosabatlarini aks
ettiradi va bunday gaplar bog‘langan
qo‘shma gap sanaladi.
Qismlari -ki , -sa kabi ergashtiruvchi
bog‘lovchilar bilan bog‘langan qo‘shma
gaplar ergashgan qo‘shma gaplar sanaladi.
Qismlari faqat ohang yordamida
bog‘langan, ya’ni maxsus bog‘lovchi
vositalarsiz bog‘langan qo‘shma gaplar
bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar sanaladi.
To‘g‘ri javob: A.
Manba:
N.M.Mahmudov va boshqalar.
Ona tili. 9-sinf uchun darslik. "Tasvir"
nashriyot uyi. Toshkent−2019.
5
Dostları ilə paylaş: |