28
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Tadqiqot
Ikki tovushli so‘zlarda har bir unlining so‘z boshida qo‘llanish miqdori quyidagichadir: o‘ (24), e (14), o (12), i
(11), u (10), a (4). Ko‘rinib turibdiki, bunda o‘ (24) va e (14) unli tovushlari yetakchilik qilmoqda. Bu tovushlarning
talaffuzida lab artikulatsiyasi faol: lablar oldinga intilib, dumaloqlanadi (o‘), ikki lab yonga tortilib, yassilanadi (e).
Lablar artikulatsiyasidagi bunday kuchli anatomik-fiziologik harakat natijasida
o‘
va
e
unli tovushlari kuchli ovozga
ega bo‘ladi. O‘z-o‘zidan tushuniladiki, har qanday, xususan, ikki tovushli so‘zning boshi (birinchi tovushi) iloji boricha
kuchli, akustik sifati jihatdan aniq (to‘liq) aytilishi lozim. Shundagina akustik belgi (leksik nomema) tinglovchining
eshitish sezgisiga (qulog‘iga) ravshan va tezroq yetib boradi. Ikkinchi tomondan, kuchli va aniq aytilgan
o‘
va
e
unlilari, o‘z navbatida, o‘zlaridan keyin kelayotgan nutq tovushining ham kuchliroq va aniqroq aytilishi uchun xizmat
qiladi. Shu sababdan ham kuchli artikulatsiya harakatiga (talaffuziga) ega bo‘lgan
o‘
va
e
unlilari
ikki tovushli
so‘zlarning boshida joylashgan nutq tovushlari orasida yetakchilik qilmoqda.
Ikki tovushli so‘zlar nomemalarining oxirida (ikkinchi o‘rinda) unlilarning necha marta qo‘llanishi quyidagichadir:
u (10), a (8), o (8), o‘ (3), i (3), e (2). Bu o‘rinda undosh bilan birikuvchi unli tovushlardan lab artikulatsiyasi faol
bo‘lgan u (10), keng unlilar hisoblanuvchi a (8), o (8) lar yetakchilik qilmoqda. Ular so‘zning oxirini boshqa unlilarga
nisbatan cho‘ziqroq (u) va kengroq (a, o) aytilishini taʼminlaydi va, shu asosda, leksik nomemaning akustik quvvatini
(kuchini), taʼsirchanligini taʼminlab, uning
tinglovchiga aniq, ravshan yetib borishiga xizmat qiladi.
Ikki tovushli so‘zlarning boshida qatnashgan undoshlar: h, b, m, v, x, ch, y, n, t, d, k, sh (11 ta). Qatnashmagan
undoshlar: g, j (j, dj), z, l, p, r, s, f, q, g‘ (12 ta). So‘z boshida ishtirok etgan undoshlarning necha marta qatnashganligi:
h (11), b (4), m (4), v (3), x (3), ch (3), y (2), n (2), t (2), d (1), k (1), sh (1). Ko‘rinib turibdiki, bunda h (11)
tovushi yetakchilik qilmoqda. Qolgan hollarda jarangli va sonor tovushlar (b, m, v, y, n) ustun. Birinchi, yaʼni kuchli
pozitsiyada ovoz shovqindan ustun bo‘lgan tovushlarning mavjudligi ikki tovushli so‘z birinchi tovushining musiqiy,
aniq ifoda etilishini va shu asosda so‘zning tinglovchiga aniq, ekspressiv yetib borishini taʼminlaydi.
Ikki tovushli so‘zlarning oxirida (ikkinchi o‘rinda)
d, j (dj, j)
va
x
undoshlaridan boshqa undoshlar ishtirok etgan.
Ularning so‘z oxirida necha marta qo‘llanganligi quyidagichadir: t (11), r (10), y (8), ch (8), n (6), l (6), sh (5), q (5),
h (5), s (5), z (4), v (3), p (3), m (2), b (1), g (1), k (1), f (1), g‘ (1). Shunday qilib, ikki tovushli so‘zlar oxiri fonetikasi
qisqalik, cho‘ziqlik, ovozdorlik (musiqiylik) va shovqinlik kabi rang-baranglikdan tashkil topganki, bular ikki tovushli
so‘zlar ifodalovchisining tinglovchi eshitish sezgisiga rang-barang tusda aniq, taʼsirchan yetib borishiga xizmat
qiladi.
Ikki tovushli so‘z nomemasining tuzilishi masalasi ko‘rilar ekan, unda nomema yasalishining
asosi va hosil
qiluvchi (yasovchi)sini ajratish maqsadga muvofiqdir: b+u (b – asos, u – yasovchi) kabi. Buni hozirgi (sinxron)
aspektda ajratishdan maqsad qaysi undosh (yoki unli)ning qaysi unli (undosh) bilan bog‘lana olish imkoniyati
(valentligi)ga egaligini aniqlashdir. Shuningdek, bu yo‘l bilan asos akustik artikulatsiyasining qay holatda ekanligi
va uning yasovchi tovush akustik artikulatsiyasiga (yoki aksincha) taʼsirini to‘liq tavsiflashga erishishdir.
Xullas, ikki tovushli so‘zlar nomemalarining strukturasi, ularning fonemalardan qay yo‘llar bilan hosil qilinganligini
aniqlash, bunda har bir fonemaning nomema yasash imkoniyatlari, funksional qiymatlarini o‘rganish,
leksik
nomemalarning aynan shunday tuzilishi (yasalishi)ni uni tinglovchiga belgi sifatida yuborishdagi qaysi ehtiyojlar,
zaruriyatlar sabab bo‘lganligi tadqiq etilsa, bundan, bir tomondan, belgishunoslik yoki leksikosemiotika, ikkinchi
tomondan, fonologiya/fonetikaning funksional nazariyasi katta foyda ko‘radi.
Dostları ilə paylaş: